8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
такой

A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari 
a) boylikni ko’paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, kapital 
 
A.Smit  o’z  kitobida  jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishini  va  uning 
farovonligini  oshirishni  markaziy  o’ringa  qo’yadi.  Asar-ning  boshida  A.Smit 
boylikni chinakam yaratuvchi   bu – “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko’rsatib 
o’tadi. Demak, boylikning manbai – mehnat. A.Smit .bu fikrni rivojlantirib, mehnat 
taqsi-moti  boylikni  yaratishda  asosiy  omil  hisoblanadi,  degan  xulosaga  keladi. 
Chunki  mehnat  taqsimoti  asosida  uning  unumdorligi  osha-di. Muallif bu tezisni 
to’g’nog’ich  ishlab  chiqarish  ustaxonasi  miso-li  yordamida  asoslab  beradi. 
Ustaxonada  o’n  kishi  ishlaydi.  Ular  o’rtasida  mehnat  taqsimlangan:  biri  simni 
tortadi,  ikkinchisi  uni  to’g’rilaydi,  uchinchisi  kesadi,  to’rtinchisi  uchini  o’tkirlaydi 
va h.  Bir kunda  bu  o’n  kishi  48000  to’g’nog’ich,  ya’ni  har  bir  kishi  4800  donadan 
to’g’nog’ich  ishlab  chiqaradi.  Agar  ular  bir  –  birlariga    bog’liq    bo’lmagan    holda  
ishlaganlarida,    ularning    hech    qaysisi    bir  kunda  20  dan  ko’p  to’g’nog’ich 
tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 
baravardan ko’proq oshgan. 
A.Smitning  fikri  bo’yicha,  mehnat  taqsimoti  milliy  mahsu-lot  yaratish 
jarayonida  odamlar  o’rtasida  hamkorlikni  amalga  oshirishning  juda  qulay  shakli 
hisoblanadi. Ixtisoslashuv tu-fayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilarning 
chaqqon-ligi  ortadi;  ular  vaqtni  tejaydilar,  chunki  doimo    bir  ish  turidan 
boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini tako- millashtirish, ixtiro 
qilish  uchun  katta  imkoniyatlarga  ega  bo’la-dilar.  Taraqqiyot  va  jamiyat 
farovonligining 
haqiqiy 
manbai 
«ta-biat 
in’omi» 
emas 
(fiziokratlar 
hisoblaganlaridek),  balki  aynan  mehnat  taqsimotidir.  Shu  bilan  birga, 
ixtisoslashuvni  chuqur-lashtirish  imkoniyatlari  cheklangan  bo’ladi,  negaki 
birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni 
yanada  taqsimlashga  zarurat  bo’lmaydi,  ikkinchidan,    korxonalarning  ko’lami 
qancha  kichik  bo’lsa,  mehnat  taqsimoti  uchun  imkoniyatlar  shuncha kam bo’ladi 


(foydalanayotgan kapital miq-doriga qarab). Ushbu  nazariyadan,  milliy  boylikning  
ko’payishi    jamiyatdagi    ayrim  sinflar  faoliyati  natijasi  emas  (merkantilistlarda  – 
sav-dogarlar,  fiziokratlarda  – er egalari), balki mehnat taqsimotida qatnashayotgan 
barcha kishilar faoliyatining  natija-sidir,  degan  xulosa  kelib  chiqadi.  Boshqacha  
aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli mehnatdir. Ammo bu masala 
bo’yicha  A.Smitda  izchillik  bo’lmagan.  Birinchidan,  u  faqat  moddiy  narsalarni 
yaratish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnat hisoblangan. 
O’qituvchilar,  huquqshunoslar,  harbiy-lar,  ma’muriyat,  yozuvchilar  va  shu  
kabilarning    mehnati    esa  unumli    hisoblanmagan.  Ikkinchidan,  A.Smit 
iqtisodiyotda  qishloq  xo’ja-ligi  sohasining  ustunligi  g’oyasidan  qutula  olmagan.  U, 
hunar-mandlar va savdogarlar mehnatini  er  egalari mehnatiga nisbatan kam unumli 
bo’ladi, deb tasdiqlaydi.   Negaki er egalariga tabiat «yordam» beradi va 
«dehqonchilikka  qo’yilgan  kapital  haqiqiy  boylikka  va  daromadga  ancha  ko’p 
qiymat  qo’shadi».  Bunda  A.Smit-ning  ta’kidlashicha,  iqtisodiyotning  rivojlanib 
borishi  bilan  sanoat  tovarlari  bahosi  pasayib  borish  moyilligiga,  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlari  bahosi  esa  o’sish  moyilligiga  ega.  Shuning  uchun,  uning  fikricha, 
qishloq xo’jaligiga qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi. 
Agar  o’sha  davrda  Angliyada  manufaktura  sanoati  rivojlana  boshlaganini  va 
hatto  birinchi  yuqori  unumli  fabrikalarning  paydo  bo’lganligini  hisobga  oladigan  
bo’lsak,  A.Smitning  bu  xatosini  tushunish  yana  ham  qiyinlashadi. Uning unumli 
mehnat kontseptsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarayoni-dagi kapital 
mavqeini  etarlicha  tushunmaganligi  natijasidir.  A.Smitning  fiziokratik  bid’atlari 
jamiyat  o’z  resurslarini,  birinchi  navbatda,  qishloq  xo’jaligiga,  ikkinchi  navbatda, 
sanoatga  va  faqat,  uchinchi  navbatda,  savdoga  yo’naltirishi    kerakligini    tas-
diqlashida  o’z  ifodasini  topadi.  Bundan  A.Smit sanoat to’nta-rilishining dastlabki 
uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini 
ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi. 
A.Smit  boylikni  ko’paytirishda  pulning  o’rniga  alohida  urg’u  berib  o’tadi. 
Uning  tasdiqlashicha,          qimmatli      metallarning,      pul-ning      maxsus      ahamiyati 
to’g’risidagi    merkantilistlarning    fikri  noto’g’ri.  Agar  pulni    jamg’arish  asosiy 
maqsad bo’lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu esa ushbu pulga ishlab chiqarish 
yoki  sotib  olish  mumkin  bo’lgan  mahsulotlarning  kamayib  ketishiga  olib    keladi.  
Pul  jamiyat  boyligini  ko’paytirishda  muhim  omil  bo’lib  xizmat qiladi. 
A.Smit  kapitalni  tahlil  qilgach,  ishlab  chiqarishning  o’sishi,  manufaktura 
sanoatining  yaratilishi  kapital  faoliyati  natijasi  ekanligini    ko’rsatib  beradi.  U 
kapital  deganda  maxsus  ishlab  chiqarish  fondlarini,  ishlab  chiqarish  vositalari, 
ishlab  chiqarish-ning  moddiy  omillarini  tushungan.  A.Smit  kapitalni  asosiy  va 
aylanma kapital turlariga ajratib ko’rsatadi. Muomalada bo’ladigan kapital aylanma 
kapital, muomalada amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini  olgan.   A.Smit  
bo’yicha,  asosiy  kapital  ham,  aylanma  kapital  ham  boylik yaratadi.  Kapitalning  
o’sishi    –    millat    boyligini    ko’paytirishning    uchinchi  (mehnat    taq-simoti    va 
puldan    foydalanish    bilan    birga)    asosiy  omili.    Kapital  qancha  ko’p  bo’lsa, 
ishchilarni  boqish  va  ularni  ixtisoslashtirish  imkoniyati  shuncha  ko’p  bo’ladi. 
Buning  ustiga,  kapitalning  o’sishi  ayrim  vaziyatlarda  boylikni  ko’paytirishning 
yagona  vositasi  bo’lishi  mumkin.  Shuning  uchun  A.Smit  tejamkorlikni  qo’llab-


quvvatlaydi.  Uning  yozishicha,  «har  bir  isrofgar  –  jamiyat  boyligining  dushmani, 
har qanday tejamkor odam – jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir». 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling