8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
такой

Ish haqi va foyda nazariyalari. D.Rikardoning ish haqi nazariyasi yoki uning 
yozishi  bo’yicha  “mehnatning  tabiiy  bahosi”  va  “mehnatning  bozor  bahosi” 
T.Maltusning  nazariy  qoidalariga  asoslanadi.  “Mehnatning  tabiiy  bahosi”    bu  
ishchining   yashashi   va   o’z   naslini   davom  ettirishi   uchun   zarur  bo’lgan  baho 
hisoblanadi.  U  olinadigan  pul  miqdoriga  emas,  balki  unga  sotib olinishi  mumkin  
bo’lgan    zaruriy    vositalar    miqdoriga    bog’liq.    “Mehnatning  bozor  bahosi” 
mehnatga  bo’lgan  talab  va  taklifning  real  nisbati  asosida  shakllanadigan      haq   
sifatida      tavsiflanadi.      D.Rikardo      bo’yicha,      ish      haqi  dinamikasi  ishlovchi 
aholining  soniga  bog’liq,  negaki  ishlovchi  aholining  soni  ishchi    kuchi    taklifiga  
ta’sir    ko’rsatadi.    Ishlovchi    aholining    tabiiy    o’sishiga  bog’liq  holda  mehnatga 
bo’lgan talab va taklif shakllanadi, demak ish haqi ham tebranib  turadi.  Aholining  
o’sish    sur’atidan    kelib    chiqqan    holda,    ish    haqi  pasayish  moyilligiga  ega  deb 
hisoblaydi, uningcha, ish haqi  talab va  taklif bilan tartiblanib turiladi, ishchilarning 
soni  esa  doimo  ko’payib  boradi,  ularga  bo’lgan  talab  esa  sekin  oshadi.  D.Rikardo 
o’zining  bu  pessimistik  qarashlarini  tasdiq-  lashga  urinib,  ish  haqining  oshishi 
tovarlar  bahosining  oshishi-dan  sekin  yuz  beradi,  natijada  ishchi  ish  haqi  va  baho 


oshgan  davrgacha  xarid  qilishi  mumkin  bo’lgan      tovarlarga      qaraganda      kamroq   
tovar   sotib   olishga   majburligini qo’shimcha ham qiladi. Lekin ish haqini tartibga 
soluvchi turuvchi  “omillarini” tadqiq qilgach, ish haqining pasayish  moyilligi faqat 
uning  davlat  tomonidan  tartibga  solinmaydigan  “xususiy  va  erkin  raqobat  bozori” 
sharoitida amal qilishi mumkinligiga izoh berib o’tadi. 
D.Rikardoda  foyda  ishchining  haq  to’lanmagan  mehnati  nati-jasi  sifatida 
tavsiflanadi.  Erkin  raqobat  sharoitida  foyda,  xuddi  ish  haqiga  o’xshab,  pasayish 
moyilligiga  ega,  chunki  jamiyat-ning  rivojlanib  va  boyib  borishi  bilan  qo’shimcha 
talab  qilinadi-gan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  ketadigan  mehnat  sarflari 
ko’payib  boradi.  Lekin  shu  erda  u  haqli  ravishda,  foydaning pasa-yish moyilligi 
muayyan  vaqt  o’tgandan  keyin  ishlab  chiqarishda  foydalanayotgan  mashinalarni 
takomillashtirish,  agronomiya  yutuq-laridan  foydalanish  tufayli  to’xtatiladi,  deb 
qayd qilib o’tadi. 
Kapital  nazariyasi.  D.Rikardo  bo’yicha,  kapital  ishlab  chiqa-rishda 
foydalaniladigan  mamlakat  boyligining  bir  qismi  bo’lib,  u  oziq-ovqat,  kiyim- 
kechak,  asbob-uskunalar,  xom  ashyo,  mashinalar  va  b.  iborat.  Uning  kapital 
to’g’risidagi  qarashlari  bu  muammo  bilan  shug’ullangan  klassik  iqtisodiy 
maktabning  boshqa  vakil-larining  iqtisodiy  qarashlari  bilan  ham  ohang  bo’lsa- da, 
ulardan  farqli  ravishda,  bir  xil  kapital  qo’yilmasidan  keladigan  daro-madning  har 
xilligi sababli kapital bir kasb turidan boshqasiga o’tib turishini ko’rsatib berdi. Har 
bir  kishi  ko’proq  foyda  olishga  intiladi,  shuning  uchun  u  kam  foydali  ish  joyini 
tashlab ko’p foyda keladigan joyga o’tishga harakat qiladi. Buning uchun fabrikachi 
o’z kasbini o’zgartirishi shart emas; u kapital qo’yil-masini kamaytirsa bas. Bundan 
kapitalning  yuqori  foydali  tarmoqqa  oqib  o’tishining  kuchayishini  D.Rikardo 
nazariyasidan ko’rish qiyin emas. 
Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi.  D.Rikardo  birinchilardan  bo’lib  ayrim  tovarlarni 
ishlab  chiqarishdagina  emas,  balki  mamlakatlar  o’rtasida  ham  xalqaro  mehnat
taqsimoti 
va 
ixtisoslashuvning 
foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro 
mehnat  taqsimotiga  asos-langan 
holda, 

qiyosiy 
ustunlik 
nazariyasini 
yaratdi. 
Bu 
nazariyaning 
asosiy 
qoidasi 
shundan  iboratki,  har  bir  mamlakat 
o’zining  muayyan  tovarni  ishlab 
chiqarishga  ketadigan  xarajatlari 
bilan  uni  sotib  olishga  ketadigan 
xarajatlari 
o’rtasidagi 
farqni 
hisobga 
olgan 
holda 
tashqi 
savdodan  foyda  ko’radi.  Muayyan 
tovarni 
ishlab 
chiqarish 
bir 
mamlakat 
uchun 
boshqa 
mamlakatlarga  nisbatan  qulayroq 
bo’lishi  mumkin.  Shu  bois,  qiyosiy 
ustunlik 
nazariyasiga 
binoan, 
mamlakatlar  xarajatlarni  hisobga  olgan  holda  u 
yoki 
bu 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashishi kerak. 
D.Rikardo  shunday  misol  keltiradi. 
Portugaliyada  muayyan  miqdordagi vinoni 
tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama 
ishlab chiqarish  uchun esa 
90  kishilik  mehnat  talab  qilinadi  (bir  yilga). 
Angliyada  shu  miqdordagi  vinoni  ishlab 
chiqarish 
uchun 
120 
kishilik 
mehnat, 
gazlamani  ishlab  chiqarish  uchun 
100    kishilik    mehnat    sarflash    zarur.    Garchi  
olib  kelingan  gazlama Portugaliyaning   o’zida   
Angliyaga      nisbatan      kam      xarajat      evaziga   
ishlab  chiqarilishi  mumkin  bo’lsa  ham,  bu 
sharoitda  Portugaliya  uchun  vinoni  gazlamaga 
ayirboshlash  foydali.  Gap  shundaki,  resurslarni 
gazlama 
ishlab 
chiqarishdan, 
Angliyaga 


nisbatan  katta  qiyosiy  ustunlikka 
ega 
bo’lgan, 
vino  tayyorlash 
tarmog’iga  o’tkazib,  Portugaliya 
vinoni  ayirboshlash  yo’li  bilan  80 
kishilik mehnat sarflari   hisobiga, 
ya’ni  10  kishilik  mehnatni  tejash 
evaziga, gazlama  olishi  mumkin.  
Bunday    ayirboshlash    Angliya  
uchun  ham  foydali, negaki u o’z 
kuchini 
gazlama 
ishlab 
chiqarishga  sarflab,  gazlamani 
sotish 
yo’li 
bilan 
muayyan 
miqdordagi  vinoni  120  kishining 
mehnati  hisobiga  emas,  balki 
faqat  100  kishilik  mehnat  evaziga 
olishi  mumkin  (ya’ni  20  kishilik 
mehnatni  tejash  hisobiga).  Bu 
misoldan  shu  narsa  ko’rinadiki, 
qiyosiy  ustunlik  mavjud  bo’lsa, 
ixtisoslashuv 
va 
ayirboshlash 
ikkala  mamlakat  uchun  ham 
foydalidir.  Bundan  mamla-katlar 
o’rtasida  mehnat  taqsimoti  va 
ishlab chiqarishning ixtisos- 
l
a
s
h
u
v
i
 
z
a
r
u
r
l
i
g
i
 
k
e
l
i
b
 
c
h
i
q
a
d
i

 
 
 
 
 
– klassik siyosiy iqtisod; 
– tabiiy baho; 
– bozor bahosi; 
– fiziokratizm; 
– qiymat nazariyasi; 
– sof mahsulot; 



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling