8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


    D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Bog'liq
такой

5.2.    D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti 
 
David        Rikardo  (1772–1823)  klassik  iqtisodiy  maktabining  atoqli 
vakillaridan      biri      hisoblanadi.      U      Londonda  badavlat  birja  makleri  yahudiy 
Avraam  Rikardo  oilasida  tug’ilgan.  Oila-dagi  o’n  etti  farzandning  uchinchisi 
bo’lgan David yoshligida mun-tazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va 
universitetlar-da  ham  o’qimagan.  Lekin  u  otasi  yordamida  tijorat  sirlarini  yaxshi 
o’rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo’lib ishlagan. 
 
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. Chunki otasi 
uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5– 
6  yil  o’tgach,  D.Rikardo  birjada  o’ynab  yirik  boylik  orttirdi.  (bu  davrga  kelib 
uning    oilasida    uchinchi    farzand    tug’iladi,    keyinchalik    bu    oila    yana    beshta 
farzand  ko’radi).  D.Rikardo  1810  yilga  kelib  London  moliya  dunyosidagi  yirik 
shaxslarning biriga aylanadi. 
 
1799    yili    Bat    kurortida    D.Rikardo    A.Smitning    “Odamlar    boyligi    ...” 
asarini  o’qib  chiqqach,  unda  birinchi  bor  siyosiy  iqti-sodga  bo’lgan  jiddiy  qiziqish 
paydo  bo’ladi.  Shundan  keyin  u  siyosiy  iqtisod  bilan  shug’ullana  boshladi  va 
hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi. 
 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning  guvohlik berishicha, D.Rikardo  o’sha davrdagi 
iqtisodchi-olimlarning ko’pchiligi bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Ayniqsa, Jeyms 
Mill (Jon Styuart Mill-ning otasi) bilan D.Rikardo qalin do’st bo’lgan va unga qattiq 
ishongan. U D.Rikardoning  dastlabki  nashrlariga  yordam  bergan. P.Samuelsonning 
yozishicha  “...  Katta  Mill  deyarli  tahlika  ostida  D.Rikardoni  “Siyosiy  iqtisod 
tamoyillari  va  soliq  solish”ni  (1817)  yozishga  majbur  etdi  va  u  Rikardoga  shuxrat 
keltirdi”.  Lekin  D.Rikardoga  A.Smitning  ta’limotini  va  o’z  zamondoshlari 
T.Maltus,  J.B.Sey  va  boshqa  “klassik  maktab”  iqtisodchilarining    iqtisodiy  
qarashlarini    “tushunishga”    yordam    bergan,    har  holda,  J.Mill  emas,  balki  uning 
iste’dodi  va  amaliy  tajribasi  hisoblanadi.  Bunda  uning  asarlari,  ayniqsa,  “Siyosiy 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling