8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817 y.)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Bog'liq
такой

iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817 y.) asaridagi mohirona mulohazalar, 
ilmiylik  tamoyillari  D.Rikardoni  bugungi  kunda  ham  hurmatga  sazovor  o’ziga  xos 
olim sifatida ko’rsatib turadi. 


 
Quyida biz D.Rikardoning nazariy qarashlarini ko’rib chiqa-miz. Qiymat 
nazariyasi. D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e’tibor 
qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo 
bo’yicha, siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko’rib 
chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni tanqidiy rivojlantirishga 
harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo’lgan ikki xil 
qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat 
bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U, qiymat birlamchi, shu bois daromadlar 
bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o’zini 
qiymatning meh-nat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi. 
 
Qiymatni  bunday  sarfli  tamoyil  asosida  tadqiq  qilish,  klassik  iqtisodiy 
maktabining  boshqa  vakillariga  ham  xos.  Lekin  D.Rikardoda  e’tiborga  molik  jihat 
shundaki,  u  ayrim  hollarda  tovar  qiymati  nafaqat  unga  sarflangan  jonli  mehnat  
bilan,    balki    kapital    va    xom    ashyoni    ishlab    chiqarish    uchun    ketgan  oldingi 
mehnat  sarflari  bilan  ham  aniqlanishini  qayd  qilib  o’tadi.  Erkin  takror  ishlab 
chiqarilmaydigan  tovarlar  qiymati  esa  nafaqat  mehnat  sarflariga,  balki  noyoblikka 
ham bog’liq bo’ladi. 
 
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab  chiqilgan qiymatning mehnat 
nazariyasi  sarfli  tamoyillarga  asoslangan.  Uning  bu  nazariyasini  birinchi  bo’lib 
tanqid  qilgan  o’zining  do’sti  T.Maltus  hisoblanadi.  U,  birinchidan,  savol  qo’yadi: 
agar  qiymat-ning  mehnat  nazariyasini  to’g’ri  deb  faraz  qilsak,  unda  mehnatga  haq 
to’lash  qanday  bo’ladi:  qiymat  bo’yichami  yoki  qiymatdan  past  baho  bo’yichami? 
Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekviva-lentli ayirboshlash tamoyili buziladi 
(foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga  ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) - bu 
klassik  iqtisodiy  nazariyaning  va  D.Rikardoning  asosiy  tamo-yili.  Ikkinchidan, 
T.Maltus  qiymatning  mehnat  nazariyasi  real  amaliyot  bilan  mos  tushmasligini 
ko’rsatib   beradi: agar qiymat- ning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, 
unda      mehnat  ko’p  sarflanadigan  tarmoqlardagi  tadbirkorlar,  kapital  ko’p  sarf-
lanadigan  tarmoqlardagi  tadbirkorlarga  nisbatan  ko’proq  foyda  olishlari  kerak. 
Amaliyotda  esa  barcha  tarmoqlarda  foyda  me’yori  deyarli  bir  xil.  Demak, 
D.Rikardo  nazariyasi  xato,  tovar  qiymati  faqat  mehnat  bilan  emas,  balki  boshqa 
ishlab  chiqarish  omillari  sarflari  bilan  ham  aniqlanadi,  deb  xulosa  qiladi  T.Maltus. 
D.Rikardo  o’limidan  sal  avval,  o’zining  qiymat  faqat  mehnat  sarf-lari  bilan 
o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan. 
 
Renta    nazariyasi.    D.Rikardoning    renta    to’g’risidagi    kontsep-tsiyasi 
bugungi  kunda  ham  o’z  faolligi  bilan  ajralib  turadi.  Erdan  foydalanilganlik 
uchun hamisha renta to’lanadi, bunda uning manbai, D.Rikardoning tasdiqlashicha, 
erga sarflangan mehnat hisoblanadi. 
 
Yer  resurslari  cheklanganligi  sababli,  xo’jalik  amaliyotida  unumdorligi  va 
joylashishi  bo’yicha  har  xil  bo’lgan  er  uchastka-laridan  foydalaniladi.  Buning 


natijasida  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  qiymati,  D.Rikardo  bo’yicha,  eng 
yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi. 
 
Faraz  qilaylik,  unumdorligi  yaxshi  muayyan  er  uchastkasida  ishlashga  10  soat 
ketadi  va  bozorda  mahsulot  bahosi  10  pul  birligiga  teng.  Aholining  o’sishi    oziq- 
ovqat  tovarlari  bahosi-ning  oshishiga  olib  keladi.  Bu  esa  ishlab  chiqaruvchilarni 
yomon      erlarda      ham      ishlashga      majbur      qiladi.      Bu      erlardan      ko’rsatilgan 
miqdordagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga  
muvofiq,   mahsulotning   bahosi  ham  15   pul   birligiga   oshadi.   Bozor bahosi bu 
summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda, yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan 
qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar  ishlab chiqarish  uchun  10  pul 
bir-ligiga  teng  mehnat  sarflaydilar,  o’z  mahsulotlarini  esa  15  pul  birlikka 
sotadilar.  o’rtadagi  5  birlik  farq  er  egasiga  tegadi.  Ana  shu,  D.Rikardo  nazariyasi 
bo’yicha,  renta  hisoblanadi.  Renta  qiymat  yaratmaydi.  Aksincha,  renta  miqdori 
bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat  emas, 
balki  non  qimmat      bo’lgani  uchun  renta  to’lanadi...  Agar  hatto,  er  egalari  barcha 
rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo’lar edi», - 
deb  yozadi  D.Rikardo.  Rentani  tashkil  etuvchi  omillarni  ham  ishonarli  qilib 
ko’rsatib berdi. Bunday omillar: tuproq unumdorligining har xilligi va er uchastka-
sining bozorga uzoq yaqin joylashishi hisoblanadi. 
Aholi    soni    oshib    borishi    bilan    milliy    daromadda    renta    hissasining 
ko’payib  borish  moyilligi  amal  qiladi.  Oziq-ovqat  mahsulotlari  narxining  oshib 
borishi  va  milliy  daromadda  renta  miqdorining  ko’payib  borish  moyilligi 
D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga   
o’xshab,   tug’ilishni   kamaytirish   deb   bilgan.   D.Rikardo   fikri bo’yicha, yomon 
erlarni ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita   xalqaro savdoni rivojlantirish, 
aholisi zich bo’lmagan mamlakat-lardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. 
Nihoyat,  D.Rikardo  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  kamaytirishga  imkon  beruvchi 
texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling