8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
такой

d) sinflar va daromadlar 
 
A.Smit  qarashlarida  jamiyat  uch    sinfga  ajratib  ko’rsatiladi:  er  egalari, 
tadbirkorlar, yollanma ishchilar
 
–   yer  egalari  qo’lida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  er  bo’ladi.  Ular 
ijaraga    bergan    eri   uchun    ijara   to’lovlari   sifatida   ushbu    erdan    olingan 
daromadning  bir  qismini  renta  ko’rinishida  oladi;  –  tadbirkorlar  ishlab  chiqarish 
vositalarining  ikkinchi  bir  turiga  (imorat-  inshootlar,    asbob-uskunalar,    fermalar,  
xom  ashyo    zaxiralariga)    egalik    qiladi,  ishchilarni  yollaydi  va  daromad 
ko’rinishida foyda oladi; 
 
– yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi 
emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi, 
 
A.Smit  bo’yicha  jamiyat  uch  sinfdan  tashqari  har  xil  guruh  va  qatlamlarni 
ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib 
turadi.  Boshqa  guruhlar-ning  daromadlari  esa  –  ikkilamchi,  ya’ni  qayta  taqsimlash 
nati-jasida shakllanadi. 
 
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi. 
 
Ish haqi nazariyasi.  Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo’yicha, 
mamlakatning  milliy  boyligi  darajasiga  bevo-sita  bog’liq.  A.Smitning  ish  haqi 
nazariyasining  e’tiborga  molik  joyi  shundan  iboratki,  u  U.Petti,  fiziokratlar  va 
keyingi  D.Rikardodan  farqli  ravishda  mehnatga  haq  to’lash  miqdori  yashash 
minimumi  darajasigacha  pasayadi  deb  atalmish  qonuniyatni  inkor  etgan.  Buning 
ustiga,  A.Smit  mehnatga  bo’lgan  qiziqishni  kuchay-tirish  maqsadida  ish  haqini 
oshirish  tarafdori  bo’lgan.  Uningcha,  past  ish  haqidan  ko’ra,    yuqori    ish    haqi  
amal  qilib  turgan  paytda  faol  faoliyat  yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga 
jalb etish mumkin bo’ladi. 
 
Foyda  nazariyasi.  A.Smit  bo’yicha,  tovar  qiymatining  bir  qismi  ish  haqi 
sifatida  ishchiga  tegadi,  qo’shimcha  mehnat  bilan  yaratilgan  qiymatning  qolgan 
qismi  tadbirkorning  daromadi  ko’rinishida  uning  foydasini  tashkil  etadi.  A.Smit 
foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani   
uchun      tadbirkorga      to’lanadigan      haq      deb      hisobladi,      undan  keyinchalik 
tadbirkorlik daromadining  adolatli  ekanli-gini isbotlashda keng foydalanildi.  Foyda 
miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki 
kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish 
moyilligi  qayd  qilib  o’tiladi,  bunday  moyillik  iqtisodiy  rivojlanish  bilan  bog’lab 


tushuntiriladi, negaki ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past 
bo’ladi. 
 
Renta  nazariyasi.  A.Smit  nazariyasiga  ko’ra,  renta  ishchining  haq 
to’lanmagan  mehnati  bilan  yaratiladi,  uning  mehnati  mahsulot-ning  bir  qismi 
hisoblanadi.      U      rentada      erga      bo’lgan      xususiy      mulk-chilik      monopoliyasi 
unsurlarini  ko’rgan,  lekin  absolyut  va  dif-ferentsial  renta  tushunchalari  ajratib 
ko’rsatib  bermagan.  Er  uchastkalari  ham  unumdorligi,  ham  joylashishi  bo’yicha 
farq  qilishi,  bu  farqlarning  ikkalasi  ham  turli  tavsif  va  miqdordagi  rentaning 
shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan. 
 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling