8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
Bog'liq
такой

Keyingi    merkantilizm    XVI    asrning    ikkinchi    yarmidan    XVII    asrning 
ikkinchi  yarmigacha  bo’lgan  davrni  o’z  ichiga  oladi.  (Uning  asosiy  vakillaridan 
biri  ingliz  Tomas  Man  hisoblanadi).  Bu  davrga  kelib  milliy  sanoat  va  savdoni 
rivojlanishining  davlat  tomonidan  rag’batlantirilishi  sababli,  mamlakatlar  o’rtasida 
savdo    aloqalari    keng    va    muntazam    rivojlana    boshladi.    Dastlabki 
merkantilistlarning  «pul  balansi»  o’rniga  keyingi  merkanti-listlarning  «savdo 
balansi»  nazariyasi  kelib  chiqdi.  «Savdo  balansi»  nazariyasi  (yoki  etuk 
merkantilizm)  Angliyada  keng  tarqala  boshladi.  Mazkur  kontseptsiya  vakillari 
dastlabki  merkan-tilistlarni  mamlakatdan  tashqariga  pul  chiqarishni  man  etgani, 
importni  haddan  tashqari  cheklagani  uchun  tanqid  qildi.  Ularning  fikricha, 
hukumatning  tashqi  iqtisodiy  siyosatdagi  asosiy  vazifasi  –  mamlakatda  imkoni 
boricha  ko’proq  pul  mablag’larini  jamg’arish  emas,  balki  aktiv  savdo  balansiga 
erishishdir  (eksport-ning  importdan  ustun  bo’lishi).  Eksport  va  import  o’rtasidagi 
farq  (ijobiy  saldo)  –  mamlakat  boyligining  o’sishidir.  Demak,  real  boylik    bu– 
«o’lik  pullar»  yig’indisi  emas,  balki  yangi  pullarni,  ya’ni  pul  kapitalini  vujudga 
keltiruvchi pullardir. 
Shulardan  kelib  chiqqan  holda,  keyingi  merkantilizm  vakil-lari  aktiv  savdo 
balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda 
bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; 
–  mamlakatda  faqat  aktiv  savdo  balansini  saqlab  turgan  holda,  tovarlar 
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari); 
–  qulay  savdo  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  oltin  va  kumushni  chetga 
chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish. 


Pulning  tovarli  mohiyatini  tan  olsa-da,  uning  qimmatini  keyingi 
merkantilistlar  ilgarigidek  oltin  va  kumushning  tabiiy  xususiyatidan  deb 
qaradilar.Ammo  aynan ular  metallistik naza-riyadan pulning miqdoriy nazariyasiga 
va  monometallizm  tizimiga    o’tishga    sabab    bo’lgan.    Agar    dastlabki  
merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi 
rivojlangan  merkantilistlar  –  muomala  funktsiyasini  asosiy  hisobladilar.  Keyingi 
merkantilistlarning  ishonchiga  ko’ra,  pulning  qimmati  uning  miqdoriga  nisbatan 
teskari  bog’liqlikda,  tovarlar  bahosi  darajasi  esa  pul  miqdoriga  to’g’ri  mutanosib- 
likda  bo’ladi.  Ular,  pul  taklifining  ko’payishi  unga  bo’lgan  talabni  oshirgach, 
savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling