9- мавзу: Ўпкали моллюскалар кенжа синфи. Поячакўзлилар уруғи Поячакўзлилар


Download 0.97 Mb.
bet3/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1108422
1   2   3   4
Bog'liq
9-MA\'RUZA

1-rasm. Turanena reproduktiv organining joylashishi(Shileyko bo’yicha, o’zgartirilishi bilan): 1-vaginaning yuqoriga, 2-pastki qismi; 3- jinsiy teshigi; 4-pens; 5-tsekum; 6-appendiksni bazal qismi; 7-epifallus; 8-jinsiy retraktor; 9- appendiksni terminal qismi; 10-urug’ qabulqilgich divertikuli; 11-oqsil bez; 12-germafrodit bezi; 13-urug’ o’tkazgich; 14-germafrodit yo’li; 15-urug’ qabul qilgich; 16-ovidukt.

Pupilloidei kichik turkum vakillari ichida tuxum qo’yuvchilari va tuxumdan tirik tug’uvchilari ham bor. Tuxumdan tirik tug’uvchilarning “bachadonda” yosh mollyuska shakillanadi, qaysiki organizimdan chiqqandan keyin mustaqil hayot kechira boshlaydi.


Mollyuskalarda ko’payish jarayoni boshqa hayvonlar kabi, nasl qoldirish uchun o’ziga juft topishdan boshlanadi.
Kopulyatsiyaga tayyor bo’lgan o’ziga juft topilgandan keyin, ularda “nikoh o’yin” boshlanadi.
Kichik turkum vakillaridan Pseudonapaeus albiplicatus turida “nikoh o’yini” ikki bosqichda o’tadi(3-rasm), ya’ni tanishish va taqib qilish(qo’shilish uchun).
Tanishish jarayoni 2-3 daqiqa atrofida bo’ladi. Bu vaqt davomida ular og’iz oldiy paypaslagichlari bilan bir-birlariga bo’lgan hissiyotlarini aniqlaydilar(3-rasm, I).
Ikkinchi bosqich - taqib qilish, birinchi bosqichga nisbatan ancha uzoq davom etib, bunda mollyuskalardan bittasi boshini bir oz baland ko’tarib to’g’ri yo’nalish bo’yicha harakatda bo’ladi, ikkinchisi esa uni taqib qila boshlaydi, bu jarayonda og’iz oldi va ko’z paypaslagichlari bilan uni o’ng va chap tomoni, tanasining usti va orqa qismini paypaslaydi (3-rasm, II). Taqib qilish vaqti joy holatiga bog’liq holda davom etadi. Masalan ochiq joyda, qaysiki harxil to’siqlar (o’sib yotgan o’simlik va b.q.) kam bo’lsa taqib qilish 15-20 daqiqa davom etadi. Turli xil butali o’simliklar va tosh uyumlari orasida esa 25-28 daqiqa davom etadi.
30 daqiqadan keyin, birinchi mollyuska sekin-asta harakatni sekinlashtiradi va to’xtab o’roq shakilda o’nga qarab bukiladi(3-rasm, III,1), bu vaqtda ikkinchi mollyuska birinchiga yaqinlasha boshlaydi va sekin-asta reproduktiv organini chiqara boshlaydi (3-rasm, III,2). Shundan so’ng birinchi mollyuska ham tanasini to’g’rilab, reproduktiv organini chiqazib, ikkinchi mollyuskaga qulay masofani saqlagan holda yaqinlashadi(3-rasm, IV,1), ikkinchi mollyuska esa o’roqsimon shakilda harakatsiz holda turadi(3-rasm, IV,2). So’ng, birinchi mollyuska o’roqsimon shakilda egiladi(64-rasm, V,1) va chiqib turgan reproduktiv organga tutashadi (3-rasm, V). Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, Pupilloidei kichik turkumi vakillari reproduktiv organ tuzilishida fizologik jihatidan - murakkab tuzilishga ega bo’lgan organ – penial appendekisning borligi bilan, boshqa o’pkali mollyuskalardan ajralib turadi. Bu organ funktsional jihatidan erkaklik jinsiy mahsuloti harakati va kopulyatsiya jarayonida ishtirok etadi.





Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling