9–Ma’ruza Mavzu: Gidrostatik va vibratsion zichlik o‘lchagichlar. Reja


-rasm. Pezometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi 4.6-rasm


Download 188.46 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi188.46 Kb.
#1393974
1   2   3   4
Bog'liq
9 ma

4.5-rasm. Pezometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi

4.6-rasm. PJS-II tipidagi silfonli zichlik o‘lchagichning sxemasi.

Silfonli, tenzometrik, ximotron va boshqa zichlik o‘zgartkichlari gidrostatik zichlik o‘lchagichlarning turlaridir.


Silfonli zichlik o‘lchagichlarda (4.6-rasm) o‘lchanayotgan muhit zichligining o‘zgarishi nazorat qilinayotgan idishda joylashtirilgan boshqa elementlarning deformatsiyasini vujudga keltiradi.
O‘lchash kamerasi ichida bir-biridan ma’lum masofada silfonlar 11 va 14 joylashtirilgan bo‘lib, ular koromislo 13 bilan birlashtirilgan bo‘ladi. O‘lchash kamerasi ichidagi suyuqlikning zichligi o‘zgarganida silfonlarning deformatsiyasi o‘zgaradi va koromislo o‘zining tayanch nuqtasi atrofida buriladi. Koromislo 13 burchakli richag 9 orqali unifikatsiyalangan pnevmo o‘zgartkichning T- simon richagi I bilan birlashgan. Richagning chiqishidagi germetiklikni membrana 10 ta’minlaydi. CHiqish konstruksiyasi richag 9 ning burilish ehtimolini ko‘zda tutadi.
Silfonlar 11 va 14 ning, shuningdek, o‘lchanayotgan suyuqlik temperaturasining o‘zgarishi keltirib chiqaradigan xatolikni kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan silfon 12 ning ichki bo‘shliqlari ketma-ket ventilli naycha bilan birlashtirilgan. Silfonlar zichligi minimal bo‘lgan nazorat qilinayotgan suyuqlik bilan to‘ldirilgan. PJS-P zichlik o‘lchagichi 500—2500 kG/m3 diapozonidagi zichlikni o‘lchashga imkon beradi.
4.7-rasmda tenzometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan. Nazorat qilinayotgan suyuqlik idish 1 ga shtutser 2 orqali uzluksiz tushib turadi va undan to‘kish shtutseri 3 orqali chiqib ketadi, bu esa idishda doimo bir xil sath bo‘lishini ta’minlaydi. Asosiy idish 1 ning ichida etalon suyuqlik bilan to‘ldirilgan idish 4 joylashtirilgan bo‘lib, uning zichligi nazorat qilinayotgan mahsulotning minimal zichligiga teng bo‘lishi kerak. Etalon suyuqlik tuynuk 5 orqali kiradi, ortiqchasi esa to‘qish trubasi 6 orqali chiqib ketadi. Bu bilan sathning doimiyligiga, ballast bosimning va temperatura o‘zgarishlarining kompensatsiya qilinishiga erishiladi.








Download 188.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling