Mavzu: kuch momenti. Richag va uning muvozanat shartlari


Download 34 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi34 Kb.
#226837
Bog'liq
6 sinf richak


Sana: 6-sinf

MAVZU: KUCH MOMENTI. RICHAG VA UNING MUVOZANAT SHARTLARI

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: - o’quvchilarda kuch momenti haqida tushuncha berish; - richag, uning turmush va texnikada qo’llanilishini o’quvchilarga o’rgatish.

Tarbiyaviy: O’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish. Jismoniy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.

DTS talabi: Kuch momenti. Richag va uning muvozanat shartlari bilishi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars usullari suhbat, demonstratsion usul

Dars materiallari: Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.

2. Namoyish-tajriba jihozlari 3. Plakatlar, doska, bo’r. Kundalik turmushda ishlatiladigan asboblar ombur, qaychi



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilarga sonlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. Taqdimotda birdan yettigacha sonlar qatnashgan sanalarni topib gapiriladi. Maqol aytishi ham mumkin.


2. O’tilgan mavzuni so’rash.

1. Nima uchun orqasida qop ko’targan odam engashib yuradi?

2. Bir xil balandlik va radiusga ega bo’lgan silindr va sharlarning massalari teng bo’lsa, ulardan qaysi biri turg’unroq bo’ladi?

3. Dorbozchlar sim dorda nima uchun qo’llarida langar cho’p ushlab olishadi?


3. Yangi mavzuning bayoni.

Quyidagicha tajriba o'tkazib ko'raylik. G'ildirakni olib, undan qo'zg'almas o'q o'tkazaylik. G'ildirak o'qiga F kuchni ta'sir ettiraylik. G'ildirak harakat qilmaydi. Endi shu kuchni 2 nuqtaga qo'yaylik. G'ildirak harakatga keladi. F kuchni aylanish o'qidan yanada uzoqroqqa qo'ysak, g'ildirak shunchalik tez aylanadi.



Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti

Demak, aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning harakati, faqat unga qo'yilgan kuch kattaligiga bog'liq bo'lmasdan, balki kuchni aylanish o'qidan qancha uzoqlikka qo'yilganligiga ham bog'liq bo'lar ekan. Aylanish o'qidan kuch qo'yilgan nuqtagacha bo'lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo'nalishi bilan yelka o'zaro tik yo'nalgan deb qaraladi.

Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarda harakat qo'yilgan F kuchga hamda yelka L ga bog'liq bo'lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz:

M=FL

Uning o'lchov birligi M=lN-m. Siz kundalik turmushda og'ir toshni yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko'tarishganini ko'rgansiz (59-rasm). Bunda lom uchiga F kuch bilan ta'sir etib, ikkinchi uchidan F2 kuch olinadi. F2 kuch F dan bir necha barobar katta bo'ladi. Demak, bu qurilmada kuchdan yutish mumkin ekan. Qo'zg'almas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga richag deyiladi. 59- rasmda richagning aylanishi O nuqta atrofida bo'ladi.

Richagning muvozanatda bo'lish sharti Arximed tomonidan topilgan.

F1 L1= F2L2

M1=M2

bo'lganda aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlar muvozanatda bo'lishi kelib chiqadi.

Ko'rilgan tajribada Mx kuch momenti richagni soat strelkasi yo'nalishida aylantirishga harakat qilsa, M kuch momenti uni soat strelkasiga teskari yo'na- lishda harakat qildiradi.

Richaglar turmush va texnikada keng qo'llaniladi.

Masalan, oddiy qaychini olib qaralsa, unda qo'lning Fx kuchi dastasiga, F2 kuch esa matoga qo'yiladi. F kuch aylanish o'qiga yaqin joylashganligidan F dan katta bo'ladi. Shu tamoyilga asosan mix sug'uruvchi ombir, tunuka qirquvchi qaychilar ishlaydi. Oldingi mavzularda ko'rilgan shayinli tarozi - yelkalari teng bo'lgan richagdir. Agar tarozi yelkalarini turli uzunlikda olinsa, kichik massali tarozi toshlari bilan katta massali jismlarni o'lchash mumkin.

Inson va hayvonlarning tuzilishida richag tamoyili ishlaydigan qismlari ham mavjud. Qo'l va oyoq suyaklari mushaklar bilan birgalikda richag hosil qiladi.


4. Darsni mustahkamlash..

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1. Richagning uzun yelkasi 5 m, qisqa yelkasi 20 sm bo’lsa, massasi 50 kg bo’lgan bola ko’pi bilan qancha yukni ko’tarishi mumkin?

2. Nima sababdan yuk mashinalarining rul chambaragining diametri yengil mashinalarnikidan katta?

3. Kuch momenti bilan kuch orasida qanday farq bor?

4. Kuch momenti bilan mexanik ish o’rtasida qanday o’xshashlik bor?



5.O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.

6. Uyga topshiriqlar. Darslikda mavzu oxirida berilgan savollarga javob topish.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling