A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Qo‘llanmaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
«O‘zbek terminologiyasi» fani predmeti, vazifalari, terminologiyaning ijtimoiy va 
tabiiy fanlar orasidagi o‘rni va mohiyati, mavzuga doir tadqiqotlar bilan tanishish, 
terminologiya shakllanishi va taraqqiy etishida birinchi galda jamiyatning ijtimoiy 
darajasi, iqtisodiy vaziyati bilan bog‘liqligi,
o‘zbek tili leksikografiyasi va terminologiyasi taraqqiyotini uch katta bosqichga 
bo‘lib tahlil qilish zarurligi, o‘zbek terminologiyasining o‘zbek tili ichki resurslari, 
qonun-qoidalari negizida taraqqiy etishi, o‘zbek terminologiyasining boshqa tillardan 
so‘z-termin o‘zlashtirish hisobiga boyishi, terminologiyaning rivojlanishida ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotning o‘rni, terminlar tarkibidagi leksik-semantik jarayonlar
terminlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish; 
- kasbiy faoliyat olib borish maqsadida zamonaviy terminologik manbalardan 
unumli foydalanish;

leksikografiya 
va 
terminologiya 
sohalarida 
voqelanayotgan 
yangi 
tendensiyalarni tushunish;
- zamonaviy terminologiyada kechayotgan jarayonlarni farqlash ko‘nikmalarini 
shakllantirish; 
- yangi xorijiy va milliy adabiyotlar asosida yangi terminologiyalarni 
o‘zlashtirish; 
- mazkur yo‘nalish doirasida talabalarning mustaqil amaliy faoliyatini tashkil 
etish, nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish, fanning istiqboli, dolzarb masalalariga 
doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib borish malakalarini egallashini ta’minlash. 
Qo‘llanmada innovatsion pedagogik texnologiyalar va PIZA testidan 
foydalanilgan holda mashg‘ulot o‘tkazish uslubiyatini har bir pedagog o‘z o‘qitayotgan 
fani va predmetining mazmuni, maqsadi, mavjud sharoiti, o‘quvchilarning imkoniyati va 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi yoki shu texnologiyalar asosida 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 

o‘zlarining texnologiyalarini yaratishi va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida 
foydalanishlari mumkin.
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari pedagoglari, terminologiya fanini o‘qitish muammolari bilan 
qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling