A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Kudungar - matoga ohor beruvchi


Download 397 Kb.
bet27/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Kudungar - matoga ohor beruvchi
* Muqanna - niqobli kishi
* Sarxang - kichik lashkarboshi
* Mazdak ibn Hamdodon (470-529-yy.) - Eronning bos i kohini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'lgan va buni zo'rlik yo'li bilan amalga oshirishni yoqlab chiqqan
Qo'zg'olonning boshlanishi
Muqanna Movarounnahrga yo'l oladi va o'z yaqinlari bilan Amudaryoning o'ng qirg'og'iga o'tib, Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog' tepasiga bino qilingan Som qal'asini o'z qarorgohiga aylantiradi. Ko'pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar unga ergashadilar. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi «Oq kiyimlilar» qo'liga o'tadi. Natijada «Oq kiyimlilar» harakati kengayib, katta xalq qo'zg'oloniga aylanadi. U ayniqsa Movarounnahming markazi Sug'dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o'zining ta'sirini o'tkazadi. Qo'zg'olonda turli tabaqalar qatnashadi.
Qo'zg'olonning borishi
«Oq kiyimlilar» qo'zg'oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775-yilda Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. Ammo Jabroil qo'zg'olonchilardan yengiladi. U katta talafotlar berib, zo'rg'a Samarqanddagi arab qo'shinlariga kelib qo'shiladi. Qo'zg'olonchilar Termiz yaqinida qo'shimcha yordamga kelayotgan arab qo'shinlariga to'satdan hujum qilib, ularni tor-mor qiladilar. Naxshab va Chag'oniyon vohalari qo'zg'olonchilar qo'liga o'tadi. Qo'zg'olon 776-yildan boshlab Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal'asi qo'zg'olonchilarning qo'rg'oniga aylantirilib, unda «Oq kiyimlilar»ning kattagina qismi to'plangan edi. To'rt oy davom etgan kurashdan so'ng qo'z­g'olonchilar mag'lubiyatga uchraydi. «Oq kiyimlilar» va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nihoyat qo'zg'olonchilar yengilib, Samarqand taslim bo'ladi.
«Oq kiyimlilar»ning yengilishi
Narshax va Samarqandda «Oq kiyimlilar» yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo'lib o'tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal'asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so'ng kurashdan tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo'ladilar. Istilochilarga taslim bo'lishni istamagan Muqanna o'zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo'ladi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling