A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet70/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Siyosiy tarqoqlik
XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketgan. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos. Xo'jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O'ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o'zlarini hokimi mutlaq deb e'lon qiladilar.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo'g'uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo'g'uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Mana shunday o'zaro ichki urushlar qizigan, mo'g'ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Amir Temurning yoshlik davri
Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xojailg'or qishlog'i (Yakkabog' rumani)da 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li beka (bek og'o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o'z rnulklariga ega bo'lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to'lgach, otasi uni o'qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo'lgan. U yoshlik chog'laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q uzish. ot choptirib turli mashq va har­biy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga boialikdagi do'stlari va maktabdoshlari to'planishib, birgalikda mashq qilar, mu-sobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo'lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo'lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo'shinida lashkarboshilik darajasigacha ko'tarilganlar.
O'zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ular-ning o'zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong'i butun Qashqadaryo vohasi. xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og'oga uylantiradi. 1355-yilda Amir Temur Qazog'onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'oni o'z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Babe hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq yuzaga keladi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling