A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
II. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
4146-Текст статьи-14369-1-10-20201031 (2)
II. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA
O‘TKAZISH 1.
Talabalarni 4-kursdagi
pedagogik amaliyoti barcha tipdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinflarida, pedagogik kollejlarida, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida va talabaning yo‘nalishiga bog‘lik bo‘lgan boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarida o‘tkaziladi. 2. Amaliyot boshlanishidan oldin uning vazifalariga oid kollokvium va daslabki tushuntirish anjumanlari o‘tkaziladi. 3. Amaliyotning birinchi haftasida talabalarni maktab, sinf va o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan tanishtirishga, darslarni tahlil qilishga ajratiladi. 4. Amaliyotchi unga biriktirilgan sinfda barcha o‘qituvchilarning darslariga kiradi, sinfdan tashqari bajariladigan ishlari bilan tanishadi va birinchi hafta ohirida butun amaliyot davri uchun o‘z rejalarini tuzadi. 5. Keyingi xaftalarda talabalar maktabdagi pedagogik amaliyotning umumiy rejasi hamda guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan shaxsiy reja bo‘yicha ish olib boradilar. 6. Amaliyot davri mobaynida amaliyotchi-talabalar kamida 10-15 ta o‘rganuvchi (shundan 3-5 ta sinov) darsi o‘tishi zarur. 7. Tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun, qoidaga muvofiq, talabalar har bir sinfga bittadan biriktirib qo‘yiladi. Ular oldin sinf rahbariga yordamchi bo‘lib ishlaydi, keyin esa sinf rahbarining barcha vazifalarini bajarishadi. Bundan tashqari amaliyotchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar ham olib borishadi. 8. Pedagogik amaliyotda talabalar maktab gigienasi bo‘yicha topshiriqni bajarishadi. Amaliyotchilar ishiga shu fanlarni o‘tayotgan o‘qituvchilar rahbarlik qilishadi. 9. Pedagogik amaliyot mobaynida talabalar psixologiya kafedrasidan biriktirilgan o‘qituvchilardan psixologiya bo‘yicha maxsus topshiriqlarni bajaradi. 10. Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilaridan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus topshiriqlarni bajaradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling