III. AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI
1. Amaliyotning guruh rahbari:
1
1). Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
2). Pedagogik amaliyot bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning
boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o‘tkazadi:
amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda
qatnashadi.
3). Uslubchi o‘qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va
o‘rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo‘yicha taqsimlaydi, talabalarning
individualь (shaxsiy) rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talaba
o‘tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg‘ulotning tahlilini tashkil etib beradi.
4). Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi
va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari bilan
birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo‘yib chiqadi.
5). Amaliyotda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy
ishlarni olib boradi.
6). Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha hisobot tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |