Абдухалилова лайло


Download 1.02 Mb.
bet1/27
Sana12.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1192202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
4 Масалалар туплами, кейс ва лойиха


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI


ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI

QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI




«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


MASALA VA MASHQLAR
TO’PLAMI

ANDIJON-2021
KIRISH

YAshab turgan davrimizning xususiyati har bir sohaning tubdan va sifat jihatidan yangilanish, oldimizga qo’yilgan maqsadga erishishning aniq vazifalarini ifoda etadi. bu esa har birimizdan qilayotgan ishimizni qayta ko’rib chiqishni va yangicha yondoshuvni talab qilmoqda. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab berish bilan birga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan bir davrda yoshlarimizning iqtisodiy bilimga chanqoqligini qondirishdagi asosiy nazriy fandir.


Tadbirkorlik sohasi, boshqaruv tizimi bevosita ishlab chiqarish va biznesda ham chuqur nazariy va amaliy bilimlarsiz harakat qilish tahlikali va samarasizdir. Hozirgi kunda daromadning miqdori ham ishchi kuchining malakasi va tajribasiga bog’liq bo’lib qolmoqda.
SHu borada «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan olgan bilimlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishi va talabni mustaqil ishlashga undash maqsadida quyidagi masalar to’plami taklif qilinmoqda.
Mazkur masalalar va misollar O’zbekiston Respublikasining hamda chet el iqtisodchilarining kitoblaridagi ilmiy nuqtai nazarlarga tayanadi. SHuning, ularni yechishda har bir kishi o’zining hayotiy tajribasiga ham tayanish mumkin.
Ushbu qo’llanma Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari talabalari, kollej va litsey o’quvchilari hamda iqtisodiyot nazariyasi bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Qo’llanma bo’yicha bildirilgan fikr va mulohazalarni mualliflar minatdorchilik bilan qabul qilib, keyingi qo’llanma ustida ishlashda hisobga oladilar.
1-mavzu: «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish uslublari

1. Quyidagilarning qaysi biri iqtisodiyot nazariyasining predmetiga taaluqli emas va nima uchun?


1. Ehtiyojlarning maksimal darajada qondirilishi;
2. CHeksiz resurslar;
3. CHeksiz ehtiyojlar;
4. Resurslardan samarali foydalanish.
2. Mikroekonomika va makroekonomikaga taaluqli fikrlarni aniqlang.
A) davlat narxlarni erkinlashtirish siyosatini amalga oshirmoqda.
B) uzoq davr mobaynida yo\ingarchilikning bo’lmasligi O’zbekistonning bir qancha hududida don ekinlari hosildorligini kamaytirdi.
V) O’zbekistonda minimal ish haqqi 11550 so’mni tashkil etadi.
G) byudjet kamomatning bartaraf etilishi inflyatsiya darajasini pasaytirish vositalaridan biridir.
D) soliq stavkalarining pasaytirlishi mamlaktda ishlab chiqarishfaolligining oshishiga olib keladi.
E) studentning stipendiya miqdori uning oilasining o’rtacha daromadiga yoki o’zining shaxsiy daromadiga bo\liqdir.
J) milliy pul birligining konvertatsiyasini joriy qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish elementlaridan biridir.
3. Quyidagi iqtisodiy oqimlarni ular paydo bo’lishini tarixiy ketma ketlikda joylashtiring:keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantelizm.
4. Quyidagi bog’liqliklarni ko’rib chiqing:
A) daromad va ta’lim olish;
B) past daromad va ko’p bolalilik;
V) ish haqqining o’sishi va mamlakatda narx umumiy darajasining o’sishi;
G) bozorda tovar taklifining o’zgarishi va shu tovar narxining o’zgarishi.
Bu yerda sabab nima va oqibat nima? Sabab va oqibatning o’rni almashsa bo’ladimi?


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling