Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Milliy g’urur - ma’naviy komillik mezoni


Download 1.46 Mb.
bet81/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

29. Milliy g’urur - ma’naviy komillik mezoni.

M


Qayga bormay boshda to’ppim,

Shuhratim, qadrim buyuk.

Olam uzra nomi kеtgan,

O’zbеkiston, o’zbеgim”.

Erkin Vohidov


ashg’ulotingizni salom –

alikdan keyin quyidagicha

boshlayversangiz bo’ladi:

Milliy g’urur xalqning qadr –

qimmati, boy tarixi va an’analari,

madaniyati va ma’naviyati, tili va

dini, dunyoga mashhur buyuk siymolar, tabiati, uning yer osti va yer usti boyliklari va shu kabilari bilan faxrlanish hissidir. Bu har kimga ham nasib qilavermaydi. E’tibor bering-a mahallangizdan bir buyuk siymo elga tanilgan bo’lsa, uni odamlar o’ziga yaqin olib bizga qarindosh (vaholangki u begona bo’lsa ham) bo’ladi deydi va aksincha mahallangizdan bir kishi yomon otli bo’lsa, u sizga qarindosh bo’lsa ham uni tanimaslikka olasiz.

Vatanimiz ham tarixan, ham zamonaviy jihatdan boy ma’naviy va moddiy merosga ega. Shu sababli bolalarni quyidagidek so’zlar bilan ardoqlab tarbiyalash kerak:



  • sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan (bungga bolalarga mos qilib ma’lumotlar keltirib yuborish kerak);

  • sen ulug’ mutafakkirlar, allomai zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarimiz avlodisan;

  • sen “buyuk ipak yo’li”da joylashgan xalqlar davomchisisan;

  • sening yurting yer osti va yer usti boyliklari bo’yicha ham boy, sen unga munosib bo’lishing kerak va sen bularni yanada boyitishga mas’uldirsan;

  • o’zbek xalqi boy ma’naviyatli va vatanparvar xalq va sen unga sodiq bo’ladigan farzandsan;

  • o’zbek xalqi vatangga sadoqatli xalq, u har qanday bo’ronlaru – to’fonlardan eson - omon o’tib kelayotgan xalq, sen unga munosib bo’lishing kerak;

  • o’zbek xalqi imoni butun, vatangga sadoqatli va mehmondo’st xalq, sen unga xos va mos bag’rikeng bo’lib shakllanishing kerak;

  • o’zbek halqi odamiylik dini birla, toza imonli xalq, sen uning davomchisi bo’lishing uchun bag’ring keng, imoning butun, xalq farovonligini va yurt tinchligiga qayg’uruvchi inson bo’lishing kerak;

  • sen istiqlol farzandisan, endi uni mustahkamlash sening vatan oldidagi burching;

  • bugungi o’zbek xalqi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab, ular orqali jahongga yuz tutishni o’ylagan ezgu niyatli xalq, seni ko’klarga ko’tarishni xohlagan xalq, sen bungga nima deysan? Sen bungga bor imkoniyating va vujuding bilan labbay deb javob berishing kerak. Bu sening Ona vatan oldidagi farzandlik burching va bu burch insoniylik nuqtai nazaridan ham, vatanparvarlik nuqtai nazaridan ham muqaddasdir.

Mana shular emasmi barkamollikni belgilovchi omillar, ular salmog’i ila ma’naviy kamolotni aniqlash mumkin. Shu sababli ham ularni ma’naviy kamolot mezoni, deb atadik.

Biz o’ylaymizki, mashg’ulotga oid didaktik materiallar xohlagancha topiladi. Bu mashg’ulotda yuqorida bolalarga qarata qilingan chaqiriqlarning o’zi yetarli bo’ladi.

Mashg’ulotingizda bolalarga jannatmakon yurt, o’zbek halqi bag’rikeng va mehnatkash xalq, yigitlari tanti va qizlari dilbar, xullas o’zbek xalqi yer yuzidan boshlab samogacha ma’lum va mashhur (Samoda allomalarimiz nomlari yulduzlarga qo’yilgan) xalq ekanligini singdirgan bo’lsangiz, siz bitta katta xayrli ishni amalga oshirdingiz.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling