30. Mehr ko’rsatib, muruvvat qil.
M
“Saxiy kishining taomi shifodir”.
(“Hadis”)
ashg’ulot davomida har
bir inson mehr va muruvvatni
nafaqat o’z yaqinlarimiz (ota –
onamiz, qarindosh-urug’imiz)ga,
balki uni xalqimizga, ya’ni mehrga muhtoj, muruvvatga zor odamlarga ham qilishligi lozimligini o’qtirmoq kerak. Xalqimizdagi mehr - oqibatlilik buyuk insoniy sifat ekanligini va uni avaylab - asrash hamda unga amal qilish mustaqil yurtimiz bolalari uchun ham farz, ham qarz ekanligini bolalarga o’qtiraverishimiz kerak. Bunda ota-bobolarimiz o’gitlari ta’sirchan vosita bo’ladi. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
* * *
“Rivoyatlarda aytilishicha, bir kuni Iskandar Arastudan so’rabdi:
-“Dunyoning saodati nimadandir?”
Arastu shunday deb javob qilibdi:
-Mehr – muhabbat, mehr - oqibat, mehr - muruvvatdan. Zero, bu lutflarning zamirida bir so’z yotibdiki, u bularning onasi. Bu – mehr.
-Bu so’zning qudrati nimadan? – yana so’rabdi Iskandar.
-U odamlarga bir umr ruhiy kuch ato etadi. Begonalarni yaqinlashtiradi. Bu dunyoda yaxshilik urug’i unib chiqishiga doyalik qiladi”. [19. 86-87 b.].
* * *
“Mehrli inson bo’lsang, hayot senga kuladi.
Yurtingga xizmat qilsang, Omad senga kuladi.
Savob qilmay, mehr etmay muruvatni izlama.
Ardoqsiz, muhabbatsiz, hayotda sen yashama”. [19. 85-b.].
* * *
“Yer ostida qolgan boylikdan, yashiringgan oltindan va bekitilgan ilmdan foyda yo’q”.
Do'stlaringiz bilan baham: |