Аbrazion va akkumul relʼef shakllari
Dengiz akkumulyatsiyasi va akkumulyativ qirgʼoqlar
Download 51.06 Kb.
|
Mustaqil ish geomorfologiya
Dengiz akkumulyatsiyasi va akkumulyativ qirgʼoqlar
Doimiy dengiz yotqiziqlari bilan toʼldirilib turiladigan hududlarni akkumulyativ qirgʼoqlar deb ataladi. Bu joylar dengizning regressiv xolatida xosil boʼlib asosan past qirgʼoqlar bilan belgilanadi va koʼpincha shelʼf yoki sohillarni egallab turadi. Sohil oʼpirildisi asosan qirgʼoqlarda muzliklar, shamol, dengiz suvlari orqali olib keltirilgan qum-tosh, chigʼanoq va vulqon qumlarining yotqiziqlardir. Toʼlqinning qirgʼoq boʼylab dumalashida dengiz ostidagi qum plyaj maydoniga olib chiqib yotqiziladi va qirgʼoq chetida qirgʼoq vallari xosil boʼladi. Bu relЪef koʼrinishi oʼz rivojlanishini qirgʼoqning tik boʼlishigacha boradi. Qirgʼoq vallari qirgʼoq sohillaridan uzoqda joylashib asosan shtorm (kuchli toʼlqinda) vaqtida xosil boʼladilar. Uzoq davr ichida, dengiz oʼz chiqindilarini plyaj maydoniga olib chiqib yotqiziqlaridan soʼng u sekin asta qirgʼoqning ichkari qismiga yoyilib boradi va oʼsimliklar bilan qoplanadi. Dengiz ostida qirgʼoq boʼylab mayda qum doʼngliklar xosil boʼladi. Bularning balandligi 1-4 m.dan bir necha metrga bordi, ularning uzunligi esa bir necha metrdan – bir qancha kilometrlarni tashkil qiladilar.
Vallarni qirgʼoqqa yaqinlashgani dengiz suvlarining xarakati ilgarilab boradi va tezliklari 1 soatga 2 km teng boʼladi. Dengiz qirgʼoqlarining burilma, boʼrtib chiqqan tuzilmalarida koʼpincha qum yogʼilmalari kosa-kokillarni uchratamiz. Bu kosa tuzilmalari assimetrik koʼrinishda boʼlib, ularning qiya tomonlari tik boʼlib (dengiz tomoni) va sohil qismi esa qiyali boʼladi. Kosaning boʼylama “oʼsib” borishi natijasida u qirgʼoq tomoniga yaqinlashishga intiladi. Xozirgi gelogik izlanishda shelʼfni tuzilishi va uning neft-gaz zahiralarni saqlanishi oʼta ahamiyatga egadir. Bu hududlarda baliq-malyuska xoʼjaligini rivojlantirish va suv oʼsimliklarini parvarish qilish ishlari olib boriladi. Shelʼf – dengizning suv sathiga toʼgʼri kelib qirgʼoq chegarasidan boshlanib to uning keskin chuqurlanib boradigan joyigacha hududni oʼz ichiga oladi, yaʼni meterikaning qirgʼogʼiga toʼgʼri keladi. Shelʼf qitʼa qismiga kiradi va uning kengligi 1500 km boradi (Oxota, Bereng dengizlari).Dengiz qirgʼoqlari litologik tuzilishiga qarab loyqa, qumli, toshli, shagʼalli, karalli, muzlikli, qoyali. Download 51.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling