soxalarida yotoq yaralar hosil bo‘ladi. Badan terisida
yotoq yaralar odatda kurak, bel
soxasiga, tirsaklar, dumgaza,
son va
boldir soxasida paydo bo‘lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning buzilishi
sabab bo‘ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va
epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo‘ladi. To‘qimalar
yumshoq to‘qimalar, xatto tog‘ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo‘shilib
ketishi ba‘zan sepsisga olib keladi. Og‘ir axvolda yotgan bemorlarning terisini
parvarishlash va yotoq yaralarning oldini olish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha
malakalarini oshirish, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar
: Sochiq, dezinfeksiyalovchi eritma, (spirt, kamfora spirti), stakan, qaychi,
tog‘ora, iliq suv solingan idish, rezina chambar fantom ko‘g‘irchoq.
Ishni bajarish tartibi.
1. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan biri yoki iliq suv olinadi. Eritma
solingan shishachani
iliq dezinfeksiyalovchi eritma yoki suvga xo‘llanadi, oz-moz siqiladi va bemor bo‘ynini,
qo‘loq orasini, ko‘krak qafasini oldingi yuzasini, qo‘ltiq ostlari artib chiqiladi. Ayollarda
sut bezlarining tagidagi burmalarni artishga aloxida e‘tibor beriladi. So‘ngra teri sochiq
bilan quriguncha artiladi. Bemorni oyoqlarini to‘shagi ustida tog‘orachani qo‘yib, yuvib
olinadi, tirnoqlari kalta qilib qirqiladi.
2. Yotoq yaralarning oldini olish profilaktikasi uchun quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: a)
bemorlarning o‘rindagi xolati o‘zgartiriladi (yonbosh qilib yotqizish); b) choyshablarda
ushoqlar bo‘lmasligi uchun qoqib tashlanadi; v) choyshablar
va ich kiyimlarda burmalar
bo‘lsa va yamoqlar bor bo‘lsa ular
almashtiriladi; g) bemorning dumg‘azasi tagiga
ichiga havo puflangan, jild kiydirilgan
rezina
chambar quyib quyiladi; d) terini kamfora spirti bilan xo‘llangan sochiq bilan
ishqalab quruq qilib artiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: