Abu Mansur al-Moturudiy hayoti va faolyati. Al-Moturudiyning ustoz va shogirdlari haqida ma’lumotlar. Al-Moturudiyning ilmiy merosi


Abu Mansur Moturidiyning ustozlari va shogirdlari haqidagi ma’lumotlar


Download 49.44 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1129722
1   2   3
Bog'liq
sharqshunoslik shokirov

Abu Mansur Moturidiyning ustozlari va shogirdlari haqidagi ma’lumotlar.
Shayx Abu Mansur Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A’zam Abu Hanifa — No‘‘mon ibn Sobitning shogirdlari hamda shogirdlarining shogirdlari bo‘lganlar. Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz:
1. Abu Nasr al-Iyoziy (Ahmad ibn Abbos). Bu zot Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniydan ta’lim olganlar. Shayx Abu Mansur ham fiqh darsida Abu Nasrga sherik bo‘lib, al-Juzjoniyda o‘qiganlar. Al-Iyoziy somoniylar davrida dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan).
2. Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy. Ray shahrining qozisi bo‘lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‘qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‘g‘risida 248 h. va 242 h. yil kabi sanalar ko‘rsatilgan.
3. Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar. Bu zot fiqh ilmi usullari va furu’lari sohasida, shuningdek, anvoi fununda yuqori darajalarga erishganlar. «Al-Furuq vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar.
Abu Bakr al-Juzjoniy Abu Hanifaning yirik shogirdlaridan Muhammad ibn Hasan huzurida dars tinglagan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda.
4. Nasir ibn Yahyo al-Balxiy. Bu zot ham mazkur shayxlari kabi Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Abu Mute’ al-Hakim Abdulloh al-Balxiy va Abu Muqotil Hafs as-Samarqandiydan saboq olgan hanafiy maktabiga mansub fiqh va kalom ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur.
Abu Mansur Moturidiy hazratlari aqida fanidagi sunniy - hanafiy yo‘nalishini davom ettirib, ko‘p izlanishlardan keyin moturidiya maktabiga asos soldilar. Shu asnoda ko‘plab shogirdlarini yetishtirib chiqarganlar. Quyida ulardan ba’zi mashhurlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz:
1. Abul-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Zayd al-Qoziy — al-Hakim as-Samarqandiy (vafoti 335 yoki 342 h. y. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan).
U Shayx Moturidiyning eng yirik shogirdlaridan biri bo‘lib, tasavvuf ilmini Balx mashoyixlaridan, fiqh va kalom ilmini Shayx Abu Mansur hazratlaridan olgan. Uzoq vaqt Samarqandda qozilik vazifasini o‘tagan. Asarlaridan «Savodi a’zam», «Imon» risolasi mashhurdir.
2. Abul-Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy as-Samarqandiy. Hanafiya fiqhi va usuli bo‘yicha shuhrat qozongan. U bilan ustozi Shayx Moturidiy o‘rtasida mujtahid xatosiga oid masalada ixtilof kechgan. «Irshodul-muhtadiy», «Az-zavoid val-favoid», «Al-as’ilatu val-ajviba», «Bayonus-Sunnati val-Jamoa» kabi asarlar muallifidir. Vafoti 350 h./ 961 m.y.
3. Abu Muhammad Abdul-Karim ibn Muso ibn Iso al-Pazdaviy. Nasafdan olti farsax uzoqlikdagi Pazda yoki Pazdava qishlog‘idan. Asosan, fiqh ilmida mashhur bo‘lgan. Uning zurriyotidan yirik moturidiya ulamolari dunyoga kelgan. Masalan, Abul-Yusr al-Pazdaviy (vafoti 493 h./1100 m.y.), Abul-Hasan al-Pazdaviy (vafoti 482 H./1089 m.y.) shular jumlasidandir. O’zi 390 h./999 m. yilda vafot etgan.
4. Abu Ahmad ibn Abi Nasr Ahmad ibn al-Abbos al-Iyoziy. Abu Mansur hazratlarining ustozlari Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Fiqh, nutq, iffat va taqvoda benazir bo‘lgani haqida naql qilinadi.
5. Abu Abdir-Rahmon ibn Abil-Lays al-Buxoriy. Kalom va fiqh ilmlarini Abu Mansur hazratlaridan olgan. U Abul-Qosim al-Hakim as-Samarqandiy bilan ko‘p vaqt birgaliqda tahsili ilmda bo‘lgan.
1. Abul-Hasan Ali ibn Muhammad al-Pazdaviy. Abul-Yusr Muhammad al-Pazdaviyning akasi. Ikkisi ham Shayx Abu Mansurning yaqin shogirdlaridan sanalmish Abdul-Karim al-Pazdaviy avlodidan. Abul Hasan 483 H./1089 m. yilda vafot etgan.
2. Abul-Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abdil-Karim al-Pazdaviy. Al-Krziy as-Sadr degan unvon bilan tanilgan. 421 h. yilda tug‘ilgan. Imom Kindiy kabi faylasuflarning falsafasini va mo‘‘taziliylar yozgan kitoblarni hatto uyda saqlash ham zararli deb bilar edi. Zero, ularni mutolaa qilib ko‘rib, shunday xulosa hosil qilgandi. Hatto, Abul-Hasan Ash’ariy kitoblarini ham xatolarini ajrata olmaydigan kishilar o‘qishi durust emas deb bilar edi. Usul va furu’ bobida ko‘p kitoblar tasnif etgan. Samarqandda qozilik qilgan va hadis ilmidan dars ham bergan. «Usul ad-din», «Al-Murattib», «Al-Voqeot», «Al-Mabsut» kabi asarlari bor.
Shogirdlari Najmiddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Usmon ibn Ali al-Poykandiy, Ahmad ibn Nasr al-Buxoriy, o‘z o‘g‘li Qoziy Abul-Maoliy Ahmad va boshqalar. 493 h. yilda vafot etgan.
3. Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Makhul Abil-Fazl an-Nasafiy. 438 h. da tug‘ilib, 508 h. yilda vafot etgan. Ustozlari noma’lum. Shogirdlari - Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy, Mahmud ibn Ahmad as-Sog‘arjiy, Abdur-Rashid ibn Abi Hanifa al-Valvolijiy. Imom G’azzoliy bilan Boqilloniy ash’ariya aqidasining eng mashhur tashviqotchilari sanalganidek, Abu Mu’in an-Nasafiy moturidiya aqidasining eng yirik namoyandalaridandir. Kitoblaridan «Tabsiratul-adilla», «Bahrul-kalom», «Tamhid», «Manohijul-aimma» va boshqalarni misol keltirish mumkin.
4. Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon Najmiddin an-Nasafiy. Nasafda 461-h. yilda tug‘ilib, 537-h.y.da vafot etgan. U 550 nafar yirik ustozlardan dars tinglagan. Ulardan Abul-Yusr Pazdaviy, Abdulloh ibn Ali ibn Iso an-Nasafiy, Abu Muhammad Hasan ibn Hasan as-Samarqandiy, Ali ibn Hasan al-Moturidiylarni misol keltirish mumkin. Ustoz va shayxlari to‘g‘risida alohida bir kitob ham ta’lif etgan. Shogirdlaridan — o‘z o‘g‘li Abul-Lays Ahmad ibn Umar, Muhammad ibn Ibrohim To‘rpushtiy, Umar ibn Muhammad ibn Umar Aqiliy va boshqalarni zikr etish mumkin. U yuzga yaqin asarlar yozgan. «At-taysir fi tafsiril Qur’on», «Sharhi Sahihi Buxoriy», «Al-akmal al-atval fit-tafsir», «Kitobul-qand fiy ulamoi Samarqand», «Tarixi Buxoro», «Al-aqoid an-nasafiya» risolasi kichik hajmda bo‘lishiga qaramay, hozirgi kungacha aqida fanida eng mashhur qo‘llanma vazifasini bajarib kelayotir.
5. Abul-barakot Hofizuddin Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy. Nasaf shahrida tug‘ilib, 701 h. yilda vafot etgan. Mashhur asarlari — «Madorikut-tanzil» tafsiri, fiqhga doir «Kanzud-daqoiq» kitobi, «Al-Vofiy» va «Al-Kofiy» va boshqalar.
6. Ahmad ibn Abi Bakr Nuriddin as-Sobuniy al-Buxoriy 580 h. yilda vafot etgan va Buxorodagi «Yetti qozi» qabristoniga dafn etilgan. Muhammad ibn Abdis-Sattor al-Kardariy uning shogirdidir. Kitoblaridan «Al-Hidoya fi ilmil-kalom» va uning sharhi diqqatga sazovordir.
7. Muhammad ibn Abdil-Vohid ibn Abdil-Hamid ibn Mas’ud ibn Hamididdin ibn Sa’ididdin (al-Kamol ibn at-Humom) as-Sivosiy al-Iskandariy al-Qohiriy al-Hanafiy. 788 yoki 780 h. yilda tug‘ilib, 861 h. yili Qohirada vafot etgan, islomiy fanlarning aksariyatida imtiyoz hosil qilgan. «Al-Hidoya» kitobini Sirojiddin Umar ibn Ali (Qoril-Hidoya) da o‘qigan. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniydan hadis tinglagan. Aqlu zakovatda ustozlarini ham lol qoldirgan. Asarlari ko‘p. «Al-Hidoya»ga yozgan «Fathal-Qadir» nomli sharhi yirik to‘qqiz jilddan iborat bo‘lib, u Kamol ibn Humomning shoh asari hisoblanadi. «Al-Musoyara» kitobi moturidiya aqidasiga doir bo‘lib, eng muhim manbalardandir.
8. Mullo Ali (Qoriy) ibn Sulton – Muhammad al-Hiraviy al-Makkiy (Abul-Hasan, Nuriddin). 1014 h. yilda Makka shahrida vafot etgan va «Jannatul-Muallo» qabristoniga dafn etilgan. Asarlari juda ko‘p. Mashhurlari - «Mishkot» sharhi - «Mirqot», «Muxtasarul-Viqoya» sharhi, «Fiqhi akbar» sharhi, «Omoliya» sharhi, «Shotibiya» sharhi, «Mavzu hadislar» va hokazo. Husnixat sohibi bo‘lganidan Ali Qoriy har yili bir nusxa Qur’oni karim ko‘chirib, sotib, yil davomida shu daromad bilan kun kechirgan. 9. Ali ibn Usmon ibn Muhammad ibn Sulaymon Abu Muhammad Sirojuddin al-O’shiy al-Farg‘oniy. Ko‘plab asarlar muallifi. Moturidiya aqidasini nazmiy uslubda yozib, uni «Bad’ul-amoliy» deb nomlagan. Vafoti 569 h./1173 m. yilda.
10. Abush-Shakur as-Solimiy (Muhammad ibn Abdulloh as-Sa’id ibn Shu’ayb al-Keshiy).
As-Solimiynint moturidiya aqidasiga oid «At-Tamhid» nomli kitobi ulamolar o‘rtasida mashhur bo‘lib, yozma va bosma nusxalari bizgacha yetib kelgandir.
Moturidiya aqidasiga asoslanib ijod qilgan va bebaho asarlar qoldirgan ulamolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Lekin bu muxtasar risolamizda uning o‘rniga aqidamizga oid boshqa muhimroq ma’lumotlarni taqdim etishni ma’qul topdik.

Download 49.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling