Tarbiyalanganlilik (odoblilik) – shaxsning muayyan jamiyatga xos bo’lgan ijobiy xarakter xislatlariga ega bo’lishdan iborat sifati.
Ta'magirlik – boshqa birovlarning xisobidan manfaat kurishga doimiy intilishdan iborat salbiy xarakter xislati; Ta’magirlik kupincha kishining nutqida ifodalanadi.
Tibbiyot psixologiyasi – tibbiyotning psixikaga bog’liq bo’lgan nazariy hamda amaliy masalalarini, bemorlar psixologiyasining kasallik diagnostikasi, uni davolash va oldini olish vazifalariga daxldor bo’lgan masalalarni o’rganuvchi fan. Tibbiyot psixologiyasi asosan har xil kasalliklarning psixik jihatidan namoyon bo’lishini, kasalliklarning paydo bo’lishiyo, o’tishi va ularning oldini olishda psixikaning rolini, har xil kasalliklarning psixikaga ta'sirini, psixika taraqqiyotining buzilishini, klinikadagi psixologik tadqiqotlarning tamoyil va metodlarini o’rganadi. “..psixiatr, albatta, yo’q deganda, empirik psixolog bo’lishi zarur. Menga qolsa, shunday degan bo’lardim; agar shunday bo’lsa, u bizning empirik psixologiyasiz, faqat shartli reflekslar bilan qurollangan psixiatrlarimizga qaraganda anchagina foydali mavqeda bo’ladi”.
Tabiiy uyqu – turli usullar bilan hosil qilinadigan sun'iy uyqudan farq qiladigan tabiiy uyqu.
Triada – uch kishilik kichik guruh.
Do'stlaringiz bilan baham: |