Adabiyot 9-sinf


Download 124.03 Kb.
bet17/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

ALEKSANDR PUSHKIN
1. Pushkin qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1799yil 6iyunda Moskva shahrining Nemislar ko‘chasida
2. Pushkinning onasi kim edi?
J: Nadejda Pyotr I ning tutingan o‘g‘li habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi
3. Pushkinning amakisi kim bo’lgan?
J: Vasiliy Lvovich havaskor shoir bo‘lgan
4. Pushkinning tarbiyasida kim yetakchi rol o’ynagan?
J: Enagasi Arina Radionovna Yakovleva
5. Pushkinning 1she’ri qachon chop etilgan?
J: 1814yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabar lari» jurnalida
6. Qaysi shoir Pushkin litseyda o‘qib yurganidayoq uning sheYini eshitgach, buyuk shoir bo’lajagini bashorat qiladi? J: Derjavin
7. «Erkinlik» she’ri 1817yilda yozildi
8. «Ruslan va Ludmila», «Mis chavandoz» dostonlari 1820yilda yozildi
9. Pushkinning «Ruslan va Ludmila» dostoni qo‘l yozmasi bilan tanishgan qaysi shoir unga «G‘olib shogird ga mag‘lub ustozdan», degan yozuv bilan o‘z portretini sovg‘a qilgan? J: Jukovskiy
10. Pushkin qachon janubga surgun qilindi?
J: 1820yilda
11. Pushkin quvg‘inda necha yil bo‘ldi? J: To‘rt yil
12. Pushkin 1824 1826yillarda qayerga surgun qilin di? J: Otasiga tegishli mulk bo‘lmish Mixaylovskoye qishloglga
13. Nikolay I Pushkinni qachon qabul qiladi?
J: 1826yilda
14. Nikolay I Pushkinga qanday marhamat ko‘rsatdi?
J: Peterburgdan boshqa istagan joyga borish va
yashash imkonini berdi, Pushkinning ijodini senzura dan tamomila ozod qilib, uning asarlariga faqat o‘zi senzorlik qilishni bildirdi
15. Pushkin qachon Peterburgda yashashga ijozat oldi? J: 1827yilda
16. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» sheYiy romani ne cha yil ichida yozildi va u qachon tugallandi?
J: 10 yil ishladi va 1830yilda tugalladi
17. Pushkinning 30yillarda nashr etilgan nasriy asar lari qaysilar?
J: «Belkin qissalari», «Toppon xonim», «Dubrovs kiy»
18. Pushkinning «Kapitan qizi» asari qachon tugallan di? J: 1836yil
19. Pushkinning qaysi asarida turli personajlar taqdi ri misolida inson hayotini rejalashtirib bo’lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi g‘oyat ta’sirli aks ettirilgan? J: «Kapitan qizi»da
20. Pushkin kim bilan qachon duelga chiqdi va qattiq yaralanib, ikki kundan so‘ng vafot etdi?
J: Gollandiya elchisining tutingan o‘g‘li Dantes bi lan 1937yil 27yanvarda
21. Pushkin ijodini o‘zbek tiliga tarjima qilgan shoirlar ni toping. J: Cho‘lpon, G‘.G‘ulom, Oybek, E.Vohidov, A.Oripov, Muhammad Ali, A.Suyun, H.Xudoyberdiyeva, U.Azim, M.Kenjabek
22. Tatyana kimning qizi?
J: Vafot etib ketgan aslzoda Larinning qizi
23. Yevgeniy kim?
J: Qishloqqa amakisining mulkiga egalik qlish uchun Peterburgdan kelgan o‘qimishli va aqlli yigit
24. «Boshqasi!.. Yo‘q, hech kim dunyoda Ololmasdi ko‘nglimni mening. Hukm o‘qilgan arshi a’loda, Falak amri: men sening, sening». Ushbu fikrlar kimning maktubidan?
J: Tatyananing Oneginga maktubidan
25. Tatyana oqsochining ismi? J: Filipevna
26. Tatyana oqsochiga qanday murojagt qiladi?
J: Bibijon deb
27. Tatyana Oneginga maktubini kim orqali jo‘natadi?
J: Oqsochining nabirasi orqali
28. Onegin Tatyanadan maktub olganda umrining gul faslidan necha yil o’tganini esga oladi? J: Sakkiz yil
29. «Bo‘lsaydi ilk xayolu havas, Jami go‘zalliklarga evaz Faqat sizni tanlardim, xolos. Siz g‘amimga yor bo’lib ul vaqt, men Bearmon bo’lardim xushbaxt». Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Oneginga
30. «Ammo baxtga mening qalbim yot; Yaralmabman halovat uchun. Behudadir sizning kamolot Arzimayman men unga butun. Siz ishoning, vijdonim kafil, Turmush biz ga g‘am bo’lur, axir. Sizni qancha sevmayin o’zim, Ko‘nik dimmi soviyman shu zum». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
J: Oneginga
31. Onegin Tatyanani necha yildan so‘ng uchratadi?
J: Ikki yildan so‘ng
32. Tatyana kimga turmushga chiqadi?
J: Oneginning qarindoshi knyaz N.ga
33. «Yo’qdir biron soxta jilvasi, Yo‘q taqlidiy biron ifoda, Bonu tamom sokin va sodda». Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida? J: Tatyana haqida
34. «Bilsaydingiz, naqadar dahshat Muhabbatga zorlik jahbnda. Yonmoq aql ila har soat, Tug‘yonlarni so‘ndirmoq qonda». Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Oneginga
35. «Qarshingizda qotmoq g‘ussada, bo’zarmoq va so‘nmoq... rohat bu!» Ushbu fikrlar kimga tegishli?
J: Oneginga 
36. «0‘yladimki erk, orom tanho Baxtga evaz bo’lur,
O, xudo! Qanday xato, bu qanday jazo!..» Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Oneginga
37. Onegin Tatyanaga necha marta maktub jo‘natadi?
J: Uch marta
38. «Shoir bo’ldi na u dunyoda, na o‘ldi, na aqldan ozdi» misralari qaysi qahramon haqida?
J: Onegin haqida
39. «Men sharmsor bo’layin, faqat Bu gap sizga keltir sin shuhrat?!» Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Tatyanaga
40. «Yolg‘on nechun? Sevaman sizni, Nasib etdim boshqaga faqat; Unga sodiq qolurman abad». Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Tatyanaga
41. Rus adabiyotiga birinchi sheYiy roman qaysi?
J: Pushkinning «Yevgeniy Onegin» romani
42. Pushkin «Yevgeniy Onegin» romanini yozishda kimning asaridan ilhomlangan?
J: Bayronning «Don Juan» she’riy romanidan
43. Onegin nima uchun Tatyananing eng munosib umr yo’ldoshi bo‘lishini bilgani holda uning sevgisini rad etadi?
J: 0(zining qizga ioyiq emasiigini sezgani uchun
44. Onegin duelda kimni otib o‘ldiradi?
J: Sodda shoir yigit Lenskiyni
45. Qaysi asarda kuchi, g‘ayrati, aqlini sarflash mumkin bo‘lgan ezgu mo‘ljalning yo‘qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan?
J: Pushkinning «Yevgeniy Onegin» romanida
1. Dastlabki she’riy romanlar qanday bo‘lgan?
J: Jamiyat axloqining buzilishi sababli ma’naviyati nuqsonli, baxti kemtik bolib qolgan iste’dodli shaxslar taqdirini ko‘rsatishga bagMshlangan
2. She’riy romanlar odatdagi romanlardan qanday farq qiladi? J: Epik va lirik xususiyatlarning aralash holda kelishi bilan
3. She’riy romanlardagi epik jihatlar qaysi?
J: Sujetning ko‘ptarmoqli, bayonning xolis ekanligi
4. She’riy romanlardagi lirik jihatlar qaysi?
J: Tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o‘z tuyg‘ularini erkin ifoda etaverishi
5. o’zbek adabiyotidagi 1she’riy roman qaysi?
J: Mirmuhsinning «Ziyod va Adiba» asari
6. 0‘zbek adabiyotida yaratilgan she’riy romanlarni toping. J: Mirmuhsinning «Ziyod va Adiba», Muhammad Alining «Boqiy dunyo», H.Sharipovning «Bir savol» romanlari

Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling