Adabiyotlar sharhi


Tabobat va Shifo.Bobomning ògitlari


Download 261.05 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi261.05 Kb.
#1638629
1   2   3   4
Bog'liq
adabiyotlar sharhi docx

Tabobat va Shifo.Bobomning ògitlari.
— Ravshanov M
20 Feb 2017

Jiyda bo‘yni o‘stirib, gepatitni davolaydi. Yana… turgan-bitgani foyda! Jiydani, aslida, ta’riflab o‘tirishga hojat yo‘q. Nega deganda, jiydani kattayu kichik biladi. Ammo uning shifobaxsh xususiyatlarini har kim ham bilmasa kerak. Ma’lumki, jiyda daraxtining bo‘yi 4 metrgacha boradi. Tanasi qizg‘ish-kulrang, yosh novdachalari hamda bargi kumush-oq rangda bo‘ladi. Mevasi sariq-qizil, cho‘ziq-dumaloq danakli bo‘lib, kuzda pishib yetiladi. Omilkor ota-bobolarimiz jiyda pishganida, uning hosilini yig‘ib, qish fasliga g‘amlab qo‘yishadi. Tarkibida oz miqdorda suv saqlagani uchun yangi holatda uzoq saqlanadi. Eslaysizmi, yaqin qarindoshlar yoki tanish nuroniylardan xabar olishga borganimizda, do‘ppiga bir hovuch jiyda, turshak, mayiz yoki yong‘oq solib berishar edi… Bu bejiz emas, albatta. Uning nihon xosiyatlari bisyor. Mevasi tarkibida qand, oqsil, yog‘, organik kislotalar, oshlovchi va bo‘yovchi moddalar, kaliy tuzlari va fosfor saqlaydi. Shu bilan birga, darmon-dorilardan V1, V2, RR, Ye kabilar jo bo‘lgan. Bargida esa S darmondorisi (askorbin kislotasi) mavjud. Jiydaning yovvoyi va ekinlashtirilgan bir necha turlari bor. Sharq jiydasi, kumushsimon jiyda, non jiyda, shirin jiyda shular jumlasidandir. Ensiz bargli jiyda navi yovvoyi holda daryo bo‘ylarida, tog‘li tumanlarda, sho‘rxok tuproqli yerlarda o‘sadi. Jiyda yer tanlamaydi. Jiyda mevasi va yog‘ochi uchun ekiladi. Po‘stlog‘i va barglaridan teri oshlashda foydalaniladi. Yelimi ham foydali. Jiyda mevasi xalq tabobatida qadrlanadi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino jiyda borasida shunday bitik qoldirgan: «…Har qanday oqayotgan narsani to‘xtatadi. Kishining ichki a’zolariga quyilayotgan safroni yo‘qotadi… Issiqdan bo‘lgan yo‘talga foydalidir. Qusishni to‘xtatadi. Jiyda ko‘p siyishga qarshi foydalidir…» Jiyda mevasining damlamasi bolalardagi ich ketish, nafas yo‘llari, me’da-ichak kasalliklarida tavsiya etiladi. Mevasida burishtiruvchi va quvvat ato etuvchi, xursandchilik keltiruvchi xosiyati bor. Darvoqe, jiyda daraxtida mevasini ko‘rsangiz yoxud mevasini iste’mol qilsangiz, beixtiyor kishida xursandchilik alomati namoyon bo‘ladi. Bosh og‘rig‘ida jiyda mevasi shifodir. Oshqozon (me’da)ga quvvat beradi, himoya quvvatini oshiradi, mustahkamlaydi. Bu a’zoga zararli hidlarning tushishi va begona moddalar quyilishining oldini oladi. Mabodo mevasi yeyilsa, tananing qaysi joyida bo‘lmasin, rutubatlarning beo‘rin ravon bo‘lishida foyda qiladi. Ichaklarning ichki devorida paydo bo‘lgan yallig‘lanishga yaxshi naf keltiradi. Peshob tomchilashining oldini oladi. Jiyda guli ham shifobaxshligi bilan kishiga huzur bag‘ishlaydi. Jiyda gulini hidlash kishi vujudida tetiklik va g‘ayrat uyg‘otib, miya va yurakka quvvat beradi. Jiyda guli damlamasi nafas olish qiyinligi, o‘pka jarohatida naf beradi. Me’da va jigarning quvvatini oshiradi, tiqilmalarni ochadi. Sariq kasalligida, haroratdan qaltirashni, tortishish dardini daf etadi. Jiyda bargi ham davodir. Uning bargi yaralarga va jarohatlarga qo‘yib bog‘lansa, yiringni tozalab, bitishiga tezlatuvchi ta’sir qiladi. Jiyda barglari radikulit, revmatizm (bod), podagra kabi xastaliklarda ozorlanayotgan joyga qo‘yilsa, em bo‘ladi. Shu bilan birga, jiyda yog‘i ham bo‘g‘im va pay og‘riqlariga davoligi bilan ajralib turadi. Jiyda yog‘ini olish uchun uning bargi to ezilib pishguncha o‘simlik yog‘ida qaynatiladi, so‘ngra suzilib, bargining qoldiqlari olib tashlanadi. Bu jiyda yog‘i yuqoridagi xastaliklarda surtilsa, shifo bag‘ishlaydi. Shunisi qiziqki, jiyda yog‘i soch-ni o‘stiradi. Mevalarida darmon-dorilar ko‘p bo‘lganligi uchun kamqonlikda, bo‘y o‘stirishda, teri qazg‘oqlanishida tavsiya etiladi. Yana bir diqqatga sazovor tomoni, jiyda mevasidan «pshantin» nomli dori vositasi olingan edi. Bu dori yo‘g‘on ichak shamollashida, og‘iz bo‘shlig‘i shamollashida nafli. Bo‘y o‘sishida a’zoi tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, bo‘y o‘sishiga yordam beradigan omil bu jiyda mevasidir. Buning uchun mevasining 500 grammi 4 litr qaynoq suvda 20 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra 3 osh qoshiqdan 3 mahal 2 oy mobaynida takrorlab ichiladi. «Asalning ozi shirin» deganlaridek, jiyda mevasini iste’mol qilishning me’yori bor. Bir kunda jiyda mevasidan bir martalik yeyish miqdori 50 donadan oshmasligi darkor. Shuni yodda tutish kerakki, ba’zi kishilar bilib-bilmasdan jiydani chilonjiyda (annob jiyda) bilan adashtirishadi. Jiyda bilan chilonjiydani bir xil deya o‘ylashadi. Unday emas. Chilonjiyda o‘ziga xos alohida boshqacha meva. Bu borada kelgusida fikr yuritamiz. Zero, bu alohida mavzuda bayon etishni talab etiladi.

JIYDA FOYDALARI HAQIDA. JIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda. (Ye. angysti-fola; yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi (Ye. orientalis), tikanakli jiyda (Ye. pungens), kumushsimon jiyda (Ye. argentea), non jiyda(Ye. cdulls) turlari o‘sadi. Sh a r q jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumush-rang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.

Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati o‘tkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr—oktyabrda pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda60—80 yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi o‘sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. O‘zbekiston o‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan (Qizil J., Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Cho‘li qandak, Kizil qandak va boshqalar). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbekiston, Tojikiston va k o‘ p g i n a mamlakatlarda ayrimtomorqa bog‘larida ekiladi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Jiyda mevasini uzoq muddat saqlash mumkin. Pishib yetilganida terib olingach, bir necha oydan so‘ng ham o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Jiydaning foydali xususiyatlari Jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy moddasi mavjud, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Xushbo‘y moddalar mavjudligi uning biriktiruvchi ta’sirchanligiga asos bo‘ladi.

Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, va g‘azablanish, asabiylashuvning oldini oladi. Jiyda tinchlantirish faolligi bilan birgalikda salomatlikni mustahkamlaydi. Pazandalikda ishlatilishi Uning yangi uzilgan mevasini turli pishiriq-desertlarga qo‘shish mumkin. Bundan tashqari undan murabbo va jemlar tayyorlash mumkin. Jiyda mevasining foydalari va u bilan davolash Jiyda mevasi xalq tabobatida keng ishlatiladi. Darmon dorilar tarkibida uning mevasi bilan bir qatorda guli, barglari va novda po‘stloqlari ham ishlatiladi. Masalan, mevasining damlamasidan ovqat hazm qilish muammolarini hal etishda, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan forig‘ bo‘lish maqsadida g‘arg‘ara qilib og‘izni chayish yo‘li bilan foydalanish mumkin. Barglari revmatizm, podagra va radikulitni davolash jarayonida yaxshi yordam beradi. Barglarini yana jarohat va yaralarga bog‘lab, shamollashni olish va jarohat bitishini tezlashtirishda foydalaniladi. Bundan tashqari jiyda mevasidan bavosirni davolashda foydalaniladi. Novdasi po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama qon ketishini to‘xtatishda yaxshi shifobaxsh vositadir. Mevasining sharbati bezgak va qon bosimini davolash jarayonida iste’mol qilinadi. Mevasining qaynatmasi nafas yo‘llari, bezgak va shamollash kasalliklarini davolashdayordam beradi. Bundan tashqari, bu qaynatmadan yo‘g‘on ichak, oshqozon va ichak yo‘llarini davolashda yaxshi yordam beradi, shuningdek u ichketarda ham yordam beradi. Uning gullari va barglaridan ham shifobaxsh damlama tayyorlash mumkin. Bu damlama qon bosimida va yuqori haroratni tushiruvchi tabiiy vositadir. Shuningdek, u yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kolitdan forig‘ bo‘lishda ijobiy natija beradi. Jiydaning zarari va nojo‘ya ta’siri Homilador va emizikli ayollar uni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari tavsiya etiladi. To‘plovchi: Jaloliddin Nuriddinov. (Guruxga Gulnora kiritdi). #FoydaliMaslaxatlar



JIYDA - NOYOB O‘SIMLIK





Ha, shunday. Negaki, u ham tabiat bioxilma-xilligining uzilmas zanji-rini tashkil etadi va garchand madaniylashmagan bo‘lsa-da, biroq yer osti suvi yaqin mintaqalar va daryo o‘zanlarida uni uchratish mumkin. Jiyda shu tariqa bizda qadimdan karvon yo‘llari atroflari, uvat yoqalarida joylashtirilgan va bunga sabab, u yer tanlamaydi, qumloq, sho‘r yerlarda ham o‘sa oladi, shamol va qumlarni to‘sishda foydalangan. Yana bir jihati shuki, uning mevasi shirin, uzoq saqlanadi va ishlovsiz tanovul qilinadi. Tarkibida 64 foizgacha qand, 10 foiz oqsil va darmondorilar bor. Jiydadan sanoatda bo‘yoq, lak olinadi, qobig‘i va barglarini odatda kiyim-kechaklarga rang berishda foydalanilsa, gulidagi efir moyi parfyumeriyada, mevasi oshqozon-ichak xastaligida, yog‘ochi esa mebel sanoatida qo‘llaniladi va undan qadimdan ta hozirga qadar musiqa asboblarini tayyorlashda ham foydalanilgan va hokazo. 
Jiyda aslida ko‘p yillik daraxt o‘simligi bo‘lib, urug‘i va novdasidan ko‘payadi va o‘tqazganda 3-4 yilda meva hosil qiladi. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan bo‘lib, tuproqni tuga-naklari hisobiga azot moddasi bilan boyitadi. Uning bo‘yi 3-10 metr daraxtsimon o‘simlik, tanasi tik o‘suvchan, yaxshi shoxlaydi. Bargalari ensiz, mayda va kumushsimon rangda, gullari uchtadan barg qo‘ltig‘ida joylashadi. Gullari chiroyli, sariq rangda, efir moyi bois xushbo‘y hid taratib, arilarni o‘ziga rom etadi. Mevasi yumshoq, ovalsimon, mag‘zi kukunsimon, po‘sti esa sariq yoki qizg‘ich rangda bo‘ladi.
Afsuski, jiyda bilan bizda va boshqa yerlarda asosan havaskor o‘stiruvchilargina shug‘ullanishini nazarda tutib, uning tuproq, ozuqa va suvga talabchan emasligi, yer tanlamasligi, oddiy qarov bilan ham bir tupidan 20-35 kg hosil olish mumkin ekanligini eslatish zarur. U novdasi, ildizi, bachkilar va urug‘lari bilan tez ko‘payadi. Odatda 3-4 yilda mevaga kirib, asosan may-iyun oylarida gullaydi, gullari chetdan changlanadi va mevalari sentyabr-oktyabr oylarida pishib yetiladi va so‘ngra ehtiyojga qarab qo‘lda terib olinadi.
Shunday qilib, yuqoridagilar asosida shuni aytish kerakki, agarda hozir jiydadan xalq xo‘jaligida samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilsa bu foydadan holi bo‘lmasdi, albatta.


Xidirali BOTIROV,
qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. 
Download 261.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling