Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

tematologiya nuqtayi nazaridan xamsanavislik 

Ойбек. Танланган асарлар. Тўрт томлик. Биринчи том. Шеърлар, поэмалар. – Тош-
кент: Бадиий адабиёт, 1957. – Б.184.

Гафур Гулям. Айбек, Хамид Алимджан. Стихотворения и поэмы. Большая серия. – Л., 
1980. – С.307.

Исмоилов И.А. Алишер Навоий «Садди Искандарий» достонининг қиёсий таҳлили. 
– Тошкент, 2019.


130
131
doirasida yaratilgan iskandarnomalarning mavzulari ham e’ti­
borga molik. Garchi iskandarnomalarning mavzulari genezisiga 
ko‘ra qahramonlik mavzulariga taalluqli bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi 
bilan mualliflarning originallikka intilishi faqat asar nomining 
emas, mavzuning ham o‘ziga xoslik kasb etishiga olib kelgan. 
Firdavsiyning «Iskandarnoma»si qahramonlik mavzusida, Ni­
zomiy «Iskandarnoma»si ham ko‘proq jangnoma xarakteriga 
ega, lekin unda mavzu tarkibiga lirik, axloqiy-ma’naviy ruh ham 
qo‘shilgan. Xusravning «Oyinayi Iskandariy»si qisman jang­
noma, ko‘proq axloqiy-didaktik yo‘nalishga mansub. Jomiy-
ning «Xiradnomayi Iskandariy»si esa jangnomalik xususiyati­
ni butunlay yo‘qotib, sof didaktik xarakter kasb etgan. Navoiy 
qo‘ygan nom ham asar mavzusini biror predmet yoki motivga 
aloqadordek ko‘rsatsa-da, mazmunan qahramonlik va axloqiy- 
ma’rifiy jihat tenglik kasb etgan. Shu tarzda, nomlardagi turfa­
lik mavzulardagi o‘zgarishlarni aks ettirib borgan. Bunday o‘zi­
ga xoslikni fotiha baytlar misolida ham kuzatish mumkin.
Sharqda yaratilgan iskandarnomalarda baroati istihlol bo-
rasida o‘ziga xos an’ana mavjud, ularning aksariyati deyarli bir 
xil bayt bilan boshlanadi.
Firdavsiyda:
Bar on ofarin, k-o‘ jahon ofarid,
Zamin-u, zamon-u makon ofarid.
Nizomiyda:
Xudoyo, jahonpodshoy turost,
Zi mo xidmat oyad, xudoy turost.
Amir Xusravda: 
Jahonpodshoho, xudoyi turost,
Azal to abad podshoyi turost.
Jomiyda:
Ilohi, kamoli ilohi turost,
Jamoli jahon podshohi turost.
Navoiyda:
Xudoyo, musallam xudoliq sanga,
Birov shahki, da’bi gadoliq sanga.
Abdibek Sheroziyda: Jahonofarino, ilohi turost,
Ba mulki jahon podshohi turost.
Ye.E.Bertels o‘z vaqtida mazkur an’anaga e’tibor qaratib, 
Nizomiy, Xusrav, Jomiy va Navoiy baytlarini o‘zaro qiyoslagan 
va mualliflar o‘rtasidagi farqni ko‘proq ijtimoiy-siyosiy hayot 
bilan bog‘lab asoslashga harakat qilgan edi. 
Faqat xamsanavislik an’anasida yaratilgan iskandarnoma-
larda emas, bu toifaga kirmaydiganlarida ham debocha­
lar an’anaviy xarakterga ega. Nizomiy va Navoiy dostonlari 
an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Epik hamdlar ko‘lamdorlik, 
vaz min ifoda, obrazlar tizimi bilan lirik hamdlardan farqlana­
di. Tavhidning badiiy funksiyasi Nizomiy va Navoiyga qadar 
tayin bo‘lib ulgurgan, shu bois bunday boblar bir maqsadning 
ikki ijodkor tomonidan qanday ifodalanishi, ijodiy individu­
allikni kuzatish uchun juda qulay vaziyat hisoblanadi.
Navoiy dostonidagi munojotda aniq voqeaviylik bo‘lma­
sa-da, biror nazariy fikr yoki asos, uning amaliy isboti kabi 
qismlar, ular o‘rtasida ichki bog‘lanish mavjud. Mana shu 
izchillik, avvalo, ijodkor fikrlarining ta’sirli chiqishiga xizmat 
qilgan. Nizomiy dostonidagi munojotda esa mazkur xususi­
yat u qadar sezilmaydi, uning tasvirlari bir xil ohang va bir 
xil mazmunda. Navoiy kabi fikrga turli asoslar keltirmaydi, u 
birgina «yaxshi yoki yomon bo‘lsam ham, sening taqdiring tu­
fayli» degan asosni ta’kidlaydi. Navoiy esa qo‘shimcha tarzda 
banda gunohlarining kechirilishiga akobirlar fikri, Horun ha­
qidagi rivoyat va boshqa mantiqiy asoslar ko‘rsatadi. Bunga 
sabab umidvorlik tuyg‘usiga urg‘u berish edi, ya’ni Navoiy 
munojotida Nizomiydan farqli o‘laroq umidvorlik ustuvor. 
Navoiy o‘z gunohlarini umumiy qayd etib qolmay, konkret mi­
sollar keltiradi, o‘zini ko‘proq malomat qiladi. U bobdagi bu­


132
133
tun tasvirni Allohning karim sifati atrofida birlashtiradi, hatto 
sarlavhani ham shu nuqtaga tutashtiradi. «Akramul-Akramin» 
iborasining turli ma’nolarini sharhlab, mantiqiy xulosalar 
chiqaradi. Nizomiy munojotida esa hidoyat so‘rash yetakchi. U 
Tangrining biror sifati, masalan, karim yoki rahim sifatlariga 
alohida e’tibor qaratgan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Allohga 
murojaat qilish, uning qudrati haqida so‘zlashga intiladi. Ni­
zomiyda ham oxirgi bayt ikki bobni o‘zaro uyg‘unlashtirishga 
xizmat qilgan.
Qiyoslar payg‘ambar haqiqati borasida Nizomiy va Na­
voiyning dunyoqarashi yaqin ekanini ko‘rsatadi:

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling