Kassa muomalalari hisobi, hisobda qo’llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to’ldirishni o’rganish.
Xo’jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va xarajat qilish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deyiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar kassa muomlalarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” ga muvofiq olib boriladi.
Kassa kirim orderi (6-rasm)
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi. Kassa kirim orderi kassaga pul mablag’larini kirim qilishni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. U bir nusxada buxgalteriya xodimi tomonidan to’ldiriladi, kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnaliga ro’yxatga olinadi. Kassa kirim orderining kvitansiya qismi pul topshiruvchiga beriladi, order esa kassada qoladi.
Kassa chiqim orderi (7-rasm)
Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to’lov qaydnomai, pul berish to’g’risida ariza, schyotlar va b.) bo’yicha beriladi. Ushbu hujjat kassadan pul mablag’larini berish uchun qo’llaniladi. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada bir nusxada tuzilib, kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnaliga ro’yxatga olinadi.
6-rasm. Kassa kirim orderi
7-rasm. Kassa chiqim orderi
Hisob-kitob, valyuta va maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalar hisobi, hisobda qo‘llaniladigan hujjatlar bilan tanishish
Xo’jalik yurituvchi subyektlar pul bilan bog’liq bo’lgan muomalalarini naqdsiz ko’rinishda amalga oshirishi sababli o’z pul mablag’larini tijorat banklarida ochilgan hisob raqamlarda saqlaydilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |