Agroiqtisodiyot va turizm
Download 0.51 Mb.
|
samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lоv tаlаbnоmа
- Mehnatni va unga haq to’lashni hisobga olish, unda qo’llaniladigan hujjatlar bilan tanishish.
- Mehnat shartnomasi.
To‘lоv tоpshiriqnоmаsi – mоl sоtib оluvchi tаshkilоtning o‘z hisоbrаqаmidаn mоl sоtuvchining hisоbrаqаmigа to‘lоvni аmаlgа оshirish to‘g‘risidа bаnkkа bеrgаn tоpshirig‘i hisоblаnаdi. Tоpshiriqnоmаlаr оrqаli sоtilgаn tоvаrlаr, bаjаrilgаn ish, ko‘rsаtilgаn хizmаtlаr vа bоshqа to‘lоvlаr bo‘yichа hisоb-kitоblаr аmаlgа оshirilishi mumkin.
To‘lоv tаlаbnоmа – mоl sоtuvchi tоmоnidаn bеlgilаngаn summаni bаnk оrqаli оlish hаqidаgi tаlаbini o‘z ichigа оlgаn hisоb-kitоb hujjаtidir. Tаlаbnоmаlаr аsоsаn аksеptli vа аksеptsiz bo‘lishi mumkin. To‘lоv tаlаbnоmаsi bilаn hisоb-kitоblаrni аmаlgа оshirish mаblаg‘ni оluvchi vа bеruvchi uchun hаmdа bаnk uchun hаm qo‘shimchа vаqt vа ish jаrаyonini tаlаb etаdi. Shu bоis bo‘lsа kеrаk, hisоb-kitоblаrning mаzkur shаkli аmаliyotdа bоshqа hisоb-kitоb shаkllаrigа nisbаtаn kаmrоq qo‘llаnilаdi. Mehnatni va unga haq to’lashni hisobga olish, unda qo’llaniladigan hujjatlar bilan tanishish. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi), korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Xodim bilan xo’jalik yurituvchi subyekt o’rtasida mehnat munosabatlari xodimning korxona direktori nomiga ishga olish to’g’risida ariza yozadi. So’ng bo’lajak xodim bilan mehnat shartnomasi tuziladi hamda xodimni ishga olish to’g’risida buyruq tayyorlanadi. Mehnat shartnomasi. O‘zR MKning 74-moddasiga asosan ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi xodimni ishga olish vaqtida yozma ravishda tuziladi. Mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida" gi Qarori (2-ilova) da tavsiya etilgan. Ushbu shartnoma doimiy xodimlar (nomuayyan muddatga qabul qilingan) bilan bir qatorda, muayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida qabul qilingan (besh yil muddatgacha, muayyan bir ishni bajarish uchun va hokazo) xodimlar bilan asosiy ish joyida va o‘rindoshlikda, uy mehnatidagi xodimlar va hokazolar bilan ham tuziladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga olish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs imzolari bilan hamda imzo chekilgan sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi. Mansabdor shaxs imzosi, imzoning haqiqiyligi va huquqiy kuchga ega ekanligini ta'kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling