Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana09.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1343442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mamatsoliyeva Risolat 3vBOM kurs KURS ISHI



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT 
PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
BOTANIKA, EKOLOGIYA VA UNI O`QITISH METODIKASI 
KAFEDRASI 
“5140400-Biologiya o`qitish metodikasi” bakalavr ta`lim yo`nalishi 
3-“V” kurs talabasi Mamatsoliyeva Risolatning 
BOTANIKA FANIDAN 
KURS ISHI 
MAVZU: Barg - yashil o`simliklarning muhim organi
 
BAJARDI: R. MAMATSOLIYEVA
ILMIY RAHBAR: F. OTENOVA 
KAFEDRA MUDIRI: R. ESHMURATOV
 
Nukus-2022 


REJA: 
Kirish 
I BOB. Bargning morfologik-anotomik tuzilishi 
1.1 Bargning morfologik-anotomik tuzilishi va xillari 
1.2 Bargning morfologik-anotomik tuzilishi mavzusini o‘qitishning ahahaniyati. 
II BOB. Barg sistemasining shakllanishi, tiplari, tuzilishi va vazifasi
2.1 Barg sistemasi va uning vazifalari 
2.2 Barg sistemasining tiplari 
Xulosa 
 
 
 


KIRISH 
O`simlik hayotida eng muhim funktsiyalardan bo`lgan fotosintez va 
transpiratsiyani barggina bajara oladi. Yuksak yashil o`simliklarda barg 
o`simliklarning eng muhim organlaridan biri bo`lib, ular quyidagi muhim 
vazifalarni bajaradi: 
Barg havodan karbonat angidrid gazini va ildizi orqali tuproqdan suvni so`rib 
olib quyosh energiyasi ta`sirida organik moddalar hosil qiladi - havoga sof 
kislorod ajratib chiqaradi. K. A. Timiryazevning ta`biricha, barg organik moddalar 
hosil qilishda birdanbir tabiiy laboratoriyadir. 
Barg ildiz yordamida suvning so`rilgan tuzli eritmalarini o`simliklarning 
hamma organlariga ko`tarilishiga yordam beradi. 
Barglar toza suvni bug`lantirib transpiratsiya vazifasini bajaradi va yana 
tuproqdan mineral moddalarga boy bo`lgan suvni o`zlashtiradi. Ayniqsa, yozning 
issiq kunlari bug`langan suv o`simliklarni qizib ketishidan saqlaydi. 
Barg o`simliklarning tashqi sharoitga moslashishi organi bo`lib xizmat qiladi. 
Nam tuproqlarda o`sadigan o`simliklarning barglari suvni ko`p bug`lantirishga 
moslashganligi uchun odatda yirik bo`ladi. Qurg`oq mintaqadagi o`simlik barglari 
ancha mayda, qayishsimon, dag`al va qattiq bo`ladi - suvni kam bug`lantiradi. 
Barglar to`kilib o`simlik hayotini saqlab qoladi. Yozning issiq kunlari, 
namgarchilik kam bo`lganda to`kilib, o`simlikni qurib qolishdan saqlaydi, suv 
ortiqcha isrof bo`lmaydi. Qishda esa o`simlik uchun ortiqcha organga aylanadi. 
Endi u erda to`shalib o`simlik ildiz sistemalarini sovuq urishdan asraydi. 
Ayrim o`simliklarda barg o`zida zaxira oziq moddalarni to`plash uchun ham 
maxsus 
joy 
hisoblanadi. 
Piyozbosh, 
aloe, 
boshkaram 
ana 
shunday 
o`simliklardandir. 
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ―Mamlakatimizni 2016-
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruza‖sida 
o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish masalasiga alohida e‘tibor 


qaratdi. Mamlakatimizda chuqur o‗zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni 
demokratik yangilash va modernizatsiyasi yaxshilash jarayonlari jadal sur‘atlar 
bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‗lida 
belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar 
mustahkam zamin yaratmoqda. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling