Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham EGA


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i


Download 123.16 Kb.
bet12/24
Sana14.10.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1702097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i— daromadi bor shaxslarga davlat tomonidan belgilanadigan majburiy to‘lov. Ushbu daromad solig‘i davlat byudjetining daromadiga tushadi. Bu soliqni to‘lovchilar bo‘lib soliqqa tortilmaydigan minimumdan ortiqcha daromadi bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi
Jurnal-orderlar — sintetik va ko‘p hollarda analitik hisobni xronologik tartibda registratsiya qiladigan hisob registrlari. Ular hisobning jurnal-order shaklida qo‘llaniladi. Ularga yozuvlar hujjatlarning kelib tushishiga qarab yoki jamg‘arma vedomostlardan oy buyicha jami olib yoziladi. Registratsiya kredit belgisi buyicha, ya’ni mazkur schyotning krediti va korrespondentlanuvchi boshqa schyotlarning debeti bo‘yicha olib boriladi. Bunga jurnal-orderning shaxmat shaklidan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Bunda xo‘jalik muomalalarining summasi faqat bir marta yoziladi, lekin debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi. Aksariyat jurnal-order blanklarida yozuvlarni qulaylashtirish uchun korrespondentlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan.
Zararlar —- korxonaga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra unga yetkazilgan zarar. Zararlar mahsulot, ish va xizmatlarni sotish, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, to‘la amortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va boshqalardan bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma korxona, muassasa va tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta byudjetiga to‘lovlari. Bu to‘lanmalarning miqdori hisoblangan ish haqidan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha belgilangan yagona foizda aniqlanadi.
Ikkiyoqlama yozuv — xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registratsiya qilish usuli. Bu usul shundan iboratki, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi — bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga.
Imtiyoz — ma’lum majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Maslan, imtiyozlar soliqlar bo‘yicha belgilanishi mumkin. Chunonchi, jismoniy shaxslarning donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalarga daromad solig‘i solinmaydi. Yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan e’tiboran ikki yil ichida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling