Alibek Rustamov Alibek Rustamov
Tashrif — sharaflash, yuksaltirish degani
Download 0.64 Mb.
|
Alibek Rustamov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soxta ibora
Tashrif — sharaflash, yuksaltirish degani
Ba’zan «tashrif» so’zi ham suiste’mol qilinadi. «Tashrif» so’zining lug’aviy ma’nosi sharaflash, yuksaltirishdir. Shunga binoan ulug’ kichikning uyiga kelsa, shu bilan kichikning sharafi ortdi, obro’yi yuksaldi, degan ma’noda bu kelishni «tashrif» deb ataydilar. Kichikning ulug’nikiga borishini esa «ziyorat», «xizmatida bo’lmoq» deydilar. Murojaat vaqtida esa ulug’ ham odob yuzasidan o’zining borishiga nisbatan tashrif so’zini ishlatmaydi. Ammo o’zgaga nisbatan mazkur so’zni o’zi undan ulug’ bo’lsa ham iste’mol qiladi. Masalan, biznikiga tashrif buyuring yoki tez-tez tashrif buyurib turing, deydi. Binobarin, ba’zan badiiy asarlarda mansabi yuksak kishi huzuriga quyi mansabdagi kishi kirmoqchi bo’lganda «falonchi tashrif buyuradilar» deb yuqori mansabdagi kishiga arz etilishi to’g’ri emas. Bu holda «tashrif buyuradilar» emas, «izn so’raydilar» deb arz qilish to’g’ri bo’ladi. Soxta iboraKeyingi yillarda «qomusiy olim» degan ibora paydo bo’ldi. Bu soxta iboralardan bo’lib, ruscha «uchyoniy-entsiklopedist» degan iboraning noto’g’ri tarjimasidir. «Entsiklopediya» so’zi lug’aviy jihatdan «ma’rifat doirasida» deganidir. Urfiy jihatdan esa «doiratu-l-maorif» degani. «Entsiklopediya» deganda ilmu fanning hamma sohasiga oid ma’lumotlar berilgan kitob tushuniladi. Kitobdagi ma’lumotlar sohalar bo’yicha berilgan bo’lishi ham mumkin, lug’at tarzida ham berilishi mumkin. Lug’at tarzida berilganini «qomus» deb ataydilar. Rus tilida ko’p sohadan ma’lumoti bor kishini entsiklopediyaga o’xshatib «jivaya entsiklopediya» va «entsiklopedist» ham deyiladi. «Entsiklopedist» so’zi dastlab XVIII asrda Frantsiyada nashr etilgan entsiklopediyada qatnashgan mashhur mutafakkirlarga nisbatan ishlatilgan. Shunga binoan ilmu fanning ko’p sohasini egallagan olimni hozir ruschada «uchyony-entsiklopedist» deyiladi. Bunday kishi o’zbek tilida «alloma» deyiladi. «Qomusiy olim»dan esa bu ma’no chiqmaydi. Bundan ma’no chiqaraman deb harakat qilinsa, «lug’atchi olim» degan ma’noni chiqarish mumkin xolos. «Uchyoniy-entsiklopedist»ni o’zbekchada o’rni bilan «alloma» yoki «entsiklopedik olim» deyilsa, to’g’ri bo’ladi. «Qomusiy olim» iborasi esa soxtaligi tufayli nutq odobiga javob bermaydi.
Download 0.64 Mb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling