Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Download 293.1 Kb.
bet28/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Atoqli va turdosh otlar.
Bizni qurshab turgan olamdagi aksariyat otlar turdosh otlar hisoblanadi. Tarixiy shaxslar, tarixiy voqealar, afsona va rivoyat qahramonlari, muqaddas qadamjo va aholiy yashash punktlari bundan mustasno. Turdosh otlarning ichidan birini ajratib, alohida nom bilan atab, yangi nom berilishi atoqli ot deyiladi. Insonlarning ichidan birini alohida nom bilan A N V A R deb atalishi atoqli ot sanaladi. Yulduzlardan biriga Zuhro, otlarning biriga Boychibor, G‘irko‘k, itlarning biriga Ajdar., To‘rtko‘z, tog‘larning biriga Tyanshan, Himalay, shaharlardan biriga Buxoro, Toshkent, zilzilalarning biriga Toshkent zilzilasi(1966 yil), qo‘zg‘alonlardan biriga Andijon qo‘zg‘aloni(Dukchi eshon boshchiligida) deb nom qo‘yilishi turdosh otlardan birining atoqli otga aylanishiga sabab bo‘ladi. Atoqli otlar turdosh otlardan ajratib olinadi, bosh harf bilan yoziladi, ular yakkalikni(birlikni) talab qiladi, alohida nom bilan ataladi, agar ko‘plik qo‘shimchasini olsa, turdosh otga aylanadi. Marg‘ilonlik(Kumush) atoqli ot, marg‘ilonliklar(qudalar) turdosh ot hisoblanadi. Agar atoqli ot qo‘plik qo‘shimchasini bir umumiy belgi, xususiyatni umumlashtirib, boshqa shunday belgi, xususiyatli birlik bilan qiyoslab, farqlash uchun xizmat qilsa, bitta umumlashtiruvchi belgi, xususiyat ostidagi atoqli otning muayyan nutqiy vaziyatdagi muayyan turi hisoblanadi. Marg‘ilonlik qudalar, bir necha shaxslardan iborat, bitta umumlashtiruvchi belgi – quda asosida Toshkentlik qudalardan farqlash uchun xizmat qilyapti (Yusufbek hojining uyidagi mehmolarni kutish tadbirida), atoqli ot hisoblanadi. Karimovlar oilasi (Salimovlar oilasi emas) – sport musobaqasida, Toshkenboyevlar sulolasi (Anjanboyevlar sulolasi emas) - Monto Karlo sirk festivalida, Aka- uka Vahobovlar - san’at bayramida...
Atoqli otlar umumiy atoqli otlarga va xususiy atoqli otlarga bo‘linadi: 1.Umumiy atoqli otlar atoqli otning barcha talab, qoidalariga mos keladi, shaxs, hayvon, narsa, shahar, geografik joy va hakazolar umumiy atoqli ot hisoblanadi. Ahmadullo, Tarlon, Bo‘ribosar, Xiva, Qilich mazor...

  1. Xususiy atoqli otlar muayyan til hodisasi sifatida, muayyan nutqiy vaziyat tadbiri qoidalari asosida vujudga keltiriladi. Xususiy atoqli otlar birdan ortiqlikni, yoki bir necha qismlarni birlashtirgan jamlamani bildiradi. Prezident sovg‘asi, Sharq taronalari, Ahmedovlar sulolasi, To‘qqizinchi “B” sinf, 302-guruh...

Umumiy atoqli otlar barcha tillar uchun umumiy bo‘lgan qonun- qoidalarga bo‘yinsunadi, xusususiy atoqli otlar esa muayyan millat tilining o‘zia xos xususiyatlari, mentaliteti, ma’naviyati, qadriyatlari asosida xususiy atoqli otlar hosil qilishi mumkin.
Atoqli otlar mantiqan birlikni, yakkalikni taqazo qiladi, grammatik sonda ham birlik sonda bo‘ladi, agar ko‘plik son(-lar)ni olsa, turdosh otga aylanib qoladi. Zulfiya xonim – zulfiyaxonimlar ...
Turdosh otlar gammatik sonda birlik shaklda bo‘ladi, o‘zida mantiqan turdosh ma’nolarni ifodalash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Kitob, bitta kitob va ayni paytda barcha turdagi kitoblar...



Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling