Alijonova guljahon ilhomjon qizi


Sxema atamasi ostida sotsiol qo‘llanilishi va moddiy shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lmaga sof shakla sifatida til ifodalanadi. Me’yor


Download 293.1 Kb.
bet7/41
Sana18.06.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1595741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
TUGALLANGAN MDI

Sxema atamasi ostida sotsiol qo‘llanilishi va moddiy shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lmaga sof shakla sifatida til ifodalanadi.
Me’yor atamasi ostida sotsial qo‘llanilishi bilan bog‘liq, lekin moddiy shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan til tushuniladi.
Uzus atamasi ostida til ma’lum bir jamiyat tomonidan qabul qilingan va moddiy shakllanish bilan shartlanganko‘nik,alar yig‘indisi sifatida tushuniladi.
Nutqiy akt so‘zlashish, individual nutqiy jarayonni ifodalaydi.
F.M. Berezin F. de Sossyurning til nutq dixotomiyasida ikki asosiy nuqtaga tayanganini bayon qiladi: a) sotsiallik va individuallil belgisi; b) farqlovchi va farqlanmaslik bekgisi. L.YEmslev esa sotiallik va individuallik belgisini soqit qiladi. U faqat tilni o‘zidagi munosabatlarni o‘rganishga asosiy e’tiborni qaratganligi uchun ikkinchi ziddlanish, farqlovchi va farqlanmaydigan belgilar ziddlanishi asosiy tayanch nuqta hisoblanadi deydi.
Xullas, til-nutq dixotomiyasida tilni ‘ narsa- o‘zida” sifatida uning ichki strukturasini o‘rganishda L. YEmslevning hizmati katta bo‘ldi.
Til va nutq hodisalari umumiylik- xususiylik, mohiyat- hodisa, invariant- variantlilik tushunchalari bilan uzviy bog‘liq. Umumiylik- xususiylik dialektikasi haqida gapirganda, Gegelning bir iborasini eslash o‘rinlidir. Biz gilos, olma, o‘rikni yeymiz hech qachon mevani yiya olamaymiz, yoki V. M. Solnsev ta’kidlaganidek, yilqi ichidagi qaysi otni boshqa otga nisbatan invariant deb hisoblash mumkin.Tabiiyki, hech qaysisini, faqat ularning bittasini “ na’muna”, deb e’tirof etish mumkin.
Bundan shu narsa ma’lumki, bir sinfga mansub moddiy birliklarning hech qaysi biri huddi shuday moddiy birlikka nisbatan invariant bo‘la olmaydi.Har qaysi moddiy birlik bir sinf ( paradigma) doirasida boshqa moddiy birlikka nisbatan variant sanaladi.Huddi shu ma’noda invariant- variant gomogen bo‘lmagan obektdir.Konkret otlar uchun invariant qandaydir mavhum ot- umuman otdir.U moddiy birliklar qatorida turmaydi. Bunday ot aqliy predmetlardir.Uni boqish, minish mumkin emas.Lekin u har biri alohida otda umumiylik- xususiylik dialektikasini namoyon etgan holda umumiylikning belgisi sifatida namoyon bo‘ladi15

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling