Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’t hosil bo’lishi va chiqarilishi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana21.08.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1668983
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
 
O’t hosil bo’lishi va chiqarilishi. 
 
O‟n ikki barmoqli ichak bo‟shlig‟iga me‟da osti bezining shirasidan tashqari 
jigar hujayralaridan ishlanib chiqadigan o‟t suyuqligi ham tushadi. Jigar 
hujayralarida doimo ishlanib turadigan bu suyuqliq mayda-mayda kapilliarlarga 
o‟tib, ulardan jigarning bolmalari orasidagi o‟t yo‟llariga so‟ngra umumiy o‟t 
yo‟liga tushadi va oxiri o‟n ikki barmoqli ichakka quyiladi. O‟t tarkibida 
organizmning boshqa suyuqlik va shiralari tarkibida ham uchraydigan bir qancha 
maxsus bo‟lmagan moddalardan tashqari o‟t suyuqligining o‟zi uchungina xos 
bo‟lgan, maxsus bo‟lmagan organik moddalar, ya‟ni o‟t pigmentlari va o‟t 
kislotalari ham bor. O‟t kislotasi xolat kislota deb ataladi, glikoxol bilan birikib 
glikoxolat kislotani va taurin bilan birikib, tauraxolat kislotalarini hosil qiladi. 
Hazm jarayonlarining ko‟pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog‟liq. Jumladan, 
o‟t kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog‟larning yuza tarangligini pasaytirib, 
yog‟larni emulsiyalanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‟ donachalari bir-
biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu kislotalar lipaza va kamroq 
darajada bo‟lsa ham amolitik va proteolitik fermentlarni faollashtiradi, ichak 
motorikasini tezlashtiradi. O‟t kislotalari, yog‟ va yog‟ kislotalarining ichaklar 
devori orqali limfa va qonga so‟rilishida katta ahamiyatga egadir. Chunki yog‟ 
kislotalari faqat o‟t kislotalari bilan birikib, suvda eriydigan kompleks birikmalar 
hosil qilganidan keyingina so‟riladigan holga keladi. O‟t pigmentlari ikki xil 
bo‟ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil bo‟ladigan biliverdin. Bu 
pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan hosil bo‟ladigan mahsulotdir. Bu 
pigmentlar o‟t suyuqligiga oziga xos rangni beradi. Jumladan, bilirubin o‟tga sariq 
tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. O‟t suyuqligida pigmentlarning ko‟proq 
bo‟lishiga qarab turli hayvonlar o‟tining rangi o‟zaro tafovut qilinadi. O‟txur 
hayvonlar otining rangi qoramtir yashil bo‟lsa, etxur hayvonlar otining rangi 


qizg‟ish sariqdir. Chunki utxo‟r hayvonlarning o‟tida biliverdin doimo bir muncha 
ko‟p bo‟ladi. O‟tning nospetsifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan 
xolesterin, fosfatidlar, erkin va sovinlashgan yog‟lar, oqsillarning parchalanishi 
tufayli hosil bo‟lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, 
shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling