Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
8. Ko‘rgazma darsi. Bunday darslarda o‘quvchilar ilgaridan
berilgan vazifalar bo‘yicha albom, referat yoki o‘zlari tayyorlagan mahsulot, materiallardan ko‘rgazmalar tayyorlaydilar. Ko‘rgazma materiallaridan foydalangan holda o‘tilgan mavzu mazmuni yoritila- di. Ko‘rgazma darsi o‘quvchilarda o‘z mehnatini namoyish qilish, hikoya qila bilish va emotsional holatlarini boshqarish ko‘nikmasini shakllantiradi. 9. Ma’ruza darsi. O‘qituvchi ma’ruza tayyorlash uchun bir necha mavzuni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o‘rinlarni ko‘chirma qilish, kerak joylarga ko‘rgazmalar, kartochkalar tay- yorlashni topshiradi. Tayyor bo‘lgan o‘quvchi o‘z mavzusi yuza- sidan ma’ruza qiladi. Qolgan o‘quvchilar ma’ruzachiga savollar berishadi. Ma’ruza darslarida o‘quvchi hajmi katta materialni qisqa muddatda o‘rganish, o‘zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkam- lash ko‘nikmasini egallab boradi. 10. Muxbirlar darsi. Bunday darslarda mavzuni o‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘lab o‘tish yaxshi samara beradi. O‘quvchi- muxbir uy vazifalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga o‘zining mavzusiga mos savollar berib, javob oladi hamda muxbir sifatida javoblarni sinfdoshlari bilan birgalikda tahlil qilib, yutuq-kam- chiliklarini ko‘rsatadi. Bunday vazifalar jurnalist bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilarga topshirilsa, u bor mahoratini ishga soladi. Bu kabi darslarda o‘quvchida ijodkorlik, tashabbuskorlik xislatlari uyg‘onadi. Matbuot konferensiyasi darslari uchun bir hafta-o‘n kun avval o‘quvchilar ikki guruhga taqsimlanadi. Ularning taxminan 30 foyizi adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, ya’ni so‘z bilan ish- laydigan mutaxassislar, qolganlari esa respublika miqyosida chop etiladigan gazeta va jurnallarning muxbirlari etib tayinlanishi mum- kin. Albatta, bu jarayonda barcha soha «mutaxassis»lari o‘z kasb- larini o‘zlari tanlaydilar. Muxbirlar o‘z nashrlarining yo‘nalishini ham yaxshi o‘zlashtirib olishlari taqozo etiladi. Har qaysi gazeta yoki jurnal muxbirining matbuot konferensiyasida beradigan savollari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Tayyorlana- digan savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi lozimligi nazarda tutiladi. Barcha sohalarning mu- taxassislari o‘zi tanlagan sohaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib chiqishi lozim ekanligi tayinlanadi. Ya’ni adabiyotshunoslar o‘z 316 317 sohasidagi muammolarni, yozuvchi, shoirlar ijod jarayoni va uning o‘ziga xos tomonlarini, har bir gazeta yoki jurnalning muxbi- ri o‘z nashri talablarini o‘zlashtirib olishi ta’kidlanadi. Bu jarayon o‘qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Adabiyotshunoslar ham, yozuvchi, shoirlar ham, muxbirlar ham o‘z rollari, savollari va javoblarini bir-birlariga bildirmagan holda o‘qituvchi bilan muhokama qiladilar. Har ikkala taraf ham mutaxassislar bilan muloqotga kirishish uchun yetarli darajaga erishganlaridan so‘ng matbuot darsi amalga oshiriladi. Qatnashchi- larning savollari va javoblarning mantig‘iga, pishiqligi va asoslan- ganligiga qarab bilimlar baholanadi. 11. Ssenariyli dars. Ta’lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars turi ham o‘quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatli- dir. O‘rganilgan asarlar matni yuzasidan ssenariy tuzish − o‘ziga xos ijod jarayoni. O‘qituvchi avval o‘quvchilarga asar mazmuni yuzasidan ssenariy tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Keyingi darsda o‘quvchilar tomonidan tuzilgan ssenariylarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilish- ga yo‘naltiriladilar. 12. Multimediya darslari. Bunday saboqlar asosan kompyuter- lar yordamida amalga oshiriladi. O‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir materiallarni internet orqali topishlari ham mumkin. Yoki ma’lum mavzu, timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umu- miy va farqli jihatlari bo‘yicha jadvallar, sayohatnomalarning xari- talarini tuzishlari, ruknlarning modullarini yaratishlari mumkin va hk. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqishlariga hamo- hang bo‘lganidan ular topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling