Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Taqqoslash metodi. Bu yangi bilim va tushunchalarni
o‘zlashtirishda keng qo‘llaniladigan ta’lim metodi hisoblanadi. Yangi o‘zlashtiriladigan bilimlarni avvalgilari bilan taqqoslash usu- li, o‘z navbatida, yangi tushunchalarni mustaqil ravishda tadqiq qi- lishning bir ko‘rinishidir. Taqqoslash metodi asosida o‘quvchilarda sinfdoshlarining isbot va dalillariga o‘zlarining mantiqiy qarashla- rini qarshi qo‘yishga intilishlari yotadi. Mavzularni taqqoslash asosida isbotlashning o‘qituvchi to- monidan o‘quv materialini tanlash ham, uning o‘quvchilar tomoni- dan egallanishi ham juda qiyin kechadi. Sababi, bu usuldan hami- sha har xil vaziyatlarda, holatlarda foydalanishga to‘g‘ri keladi. Qiyin mavzularni taqqoslab o‘zlashtirish bilim egallashda uncha- 102 103 lar qiynalmaydigan o‘quvchidan ham anchagina fikriy zo‘riqishni talab qiladi. Adabiyot darslarida bu metoddan foydalanilganda o‘qituvchi o‘quvchilardan matnda mavjud bo‘lgan qarama-qar- shiliklarni taqqoslash bilan isbotlab ko‘rsatishni talab qilishi ham mumkin. O‘qituvchi tomonidan shunday savol yoki masalaning qo‘yilishi, farazlarning ilgari surilishi, ulardan birining to‘g‘riligini isbotlash fikrlar to‘qnashuvi asnosida amalga oshiriladi. Bu metoddan «O‘tgan kunlar» romanidagi Kumushbibi va Zay nab timsollarini, «Muzqaymoq» hikoyasi bosh qahramoni bi- lan «Nido» dostonining bosh qahramoni timsollarini, «Bemor» hikoyasidagi betob ayol bilan «Ming bir jon» hikoyasidagi kasal ayol obrazlarini, «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi shoh bilan Kenja botir hikoyasidagi shoh timsolini, «Mening o‘g‘rigina bo- lam» hikoyasidagi Qora buvi bilan «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasidagi ona timsoli va hokazo qator obrazlarni taqqoslab o‘quvchilarni inson shaxsini o‘rganishga, fazilatlarini ochishga o‘rgatish mumkin bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling