Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Induktiv va deduktiv metodlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fikriy hujum»
Induktiv va deduktiv metodlar. Adabiyot o‘qitishda
ta’limning induktiv, deduktiv metodlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. So‘nggi yillarda deduktiv ta’limga e’tibor kuchaydi. Lekin ta- fakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib ta’limda muvaf- faqiyatga erishish mumkin emas. Induktiv yoki deduktiv metodlarni qo‘llash o‘rganilayotgan o‘quv materialining mantig‘ini ajratishda, ya’ni xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishda ahamiyat kasb etadi. Y. Babanskiy induktiv metodni qo‘llaganda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining quyidagi ikki varianti mavjudligini ko‘rsatadi: birinchi variantda o‘qituvchi avval faktlarni keltiradi, tajribani, ko‘rgazma materialini namoyish etadi, topshiriqlarni baja- rishni tashkil etadi, o‘quvchilarni asta-sekinlik bilan tushunchalar- ni aniqlashga, qonuniyatlarni o‘zlashtirish va fikrlarni umumlashti- rishga olib boradi. O‘quvchilar xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, so‘ngra o‘quv xarakteridagi umumlashma xulosalarni chiqaradilar. Ikkinchi variantda o‘qituvchi o‘quvchilarning oldiga xususiy jihat- lardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy xulosalarga olib keluvchi muammoli masala qo‘yadi 37 . 37 Бабанский Ю. К. Методы обучения современной общеобразовательной школе. – М: «Просвещение», 1985; C. 150 – 153. 103 Bugungi adabiy ta’limda o‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida mustaqil fikrlash va erkin faoliyatga undash yetakchilik qilayotgan ekan, induktiv metodning birinchi varianti yetarli samara bermaydi. Ikkinchi variant, ya’ni o‘qituvchining xususiy jihatlardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy xulosalarga olib keluvchi muammoli masalalarni qo‘yishi va o‘quvchilarning haqiqatlar ustida mustaqil ravishda mulohaza yuritib, xulosalar chiqarib, umumlashmalar qilishi – ko‘proq sa- mara beradi. Induktiv metodning zaif tomonlari shundan iboratki, unda yangi mavzuni o‘zlashtirishda ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bu metod o‘quvchining mavhum tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. Maktab adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish yo‘lida quyi sinflarda induktiv metodidan foydalanib, sinflar yuqo- rilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga o‘tish o‘rinliroq bo‘ladi. Chunki quyi sinflarda narsa, hodisa va bilimlarning ko‘proq xususiy tomonlari o‘rganiladi. Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» darsliklari ham adabiy ta’lim asosini tashkil etgani holda ularda tavsiya etil- gan «Uy hayvonlari», «Qushlar», «Baliqlar» singari mavzularni induktiv metoddan foydalangan holda o‘tish mumkin. Masalan, uy hayvonlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish uchun ularga tay- yor ma’lumotlar berilmay, mavzu va manbalar uy vazifasi sifatida topshiriladi. Darsda darstaxtaga ko‘plab uy hayvonlarining rasmi qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilardan ular to‘plagan bilimlar asosida hayvonlarning har biriga xos individual xususiyatlar so‘raladi. «Ot- ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?» savoli bolalardan ot haqida bilganlarini aytishni talab qiladi. Ma’lumki, biya suti- dan qimiz olinadi, tuyog‘iga taqa qoqiladi, uning go‘shtidan qazi qilinadi, ot kishnaydi, otdan sportda, uloqda, urushlarda foydalani- ladi va hk. «Eshakning faqat o‘ziga xos xususiyatlaridan nimalarni bilasiz?» savoli o‘quvchini eshakni tasavvur qilishga, u haqida o‘qiganlarini aytishga yo‘naltiradi. Boshqa barcha uy hayvonlari- ning shunday individual xususiyatlari o‘quvchilar tomonidan to‘liq ochib bo‘lingach, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jihatlar haqida so‘raladi. O‘quvchilar uy hayvonlarining hammasi odam uchun xizmat qilishini, hammasi tirik tug‘ishi, hammasi odamlar tomonidan bo- 104 105 qilishi, hammasi o‘t-yem bilan oziqlanishi, hammasining oyog‘i to‘rttaligi, hammasining tuyog‘i borligi va hk.larni bilganlaricha sanaydilar. Bu jarayonda bilim bilan xotira birgalikda faoliyat ko‘rsatadi. O‘quvchilar bilimlarni o‘qituvchidan tayyor holda ol- may, o‘zlari bilganlarini namoyish etadilar. Ta’limning deduktiv metodini qo‘llaganda, umuman, o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati quyidagi tarzda bo‘ladi: o‘qituvchi avval qoida yoki qonunning umumiy jihatini so‘raydi, asta-sekinlik bilan uning xususiy tomonlariga o‘tadi, so‘ng birgalik- da ma’lum masalani yechishga kirishiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida avval umumiy holatni o‘zlashtiradilar, so‘ng ulardan kelib chiqadigan xususiy jihatlarni o‘rganadilar. O‘qituvchi adabiy ta’lim maqsadidan kelib chiqib deduk- tiv metodni qo‘llaganda umumiy holatlardan xususiy jihatlarga o‘tadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga yo‘nalish berishi, yo‘l-yo‘riqlarni taqdim etishi adabiy ta’lim maqsadiga ko‘proq muvofiq keladi. Ko‘rsatilgan yo‘ldan o‘quvchilarning o‘zlari umumiylikdan xu- susiy jihatlarni ajratishi, ularni farqlashi, asoslashi va xulosalar chiqarishi lozim bo‘ladi. Deduktiv metod o‘quv materialini nisbatan tez o‘tish imko- nini beradi. O‘quvchini tez fikrlashga o‘rgatadi. Adabiy ta’lim ja- rayonida sharoitdan kelib chiqib, induktiv va deduktiv metodlarni birgalikda qo‘llash ham katta samara beradi. Bir darsning o‘zida bir masala yuzasidan avval xususiyni aniqlab, undan umumiyga o‘tish va ikkinchi bir muammo bo‘yicha avval umumiyni ajratib, so‘ng xususiyga, mayda tafsillarga o‘tish jarayoni ham o‘quvchilar tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi. Bugun milliy pedagogikada keng qo‘llanilayotgan metodlar o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tut- moqda. Qisqa vaqt mobaynida zarur nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qi- lish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni ta- lab qiladi. Bugun qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan «Fikriy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari metodlarning ayrimlaridan adabiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar tahlilida ham foydalanish mumkin. Aslini olganda, bu metodlar ning 105 ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta emas. Ularning barchasi zamirida muammoli metodning unsurlari mavjud. Masalan, «Fikriy hujum» metodining maqsadi o‘quvchilar- ning dars jarayonidagi faolligini oshirish, ularni erkin, mustaqil mulohaza yuritishga undash, hammani bir xil qolipda fikrlashdan qutqarish, ma’lum mavzu yuzasidan har xil fikrlarni to‘plash va masalaga ijodiy yondashuvni ta’minlashdan iborat. Bu metoddan foydalanilganda favqulodda, kutilmagan savol yoki topshiriq- lar bilan o‘quvchilar loqaydlikdan, muvozanatdan chiqariladi va ular bezovta ruhiyat bilan badiiy muammoga, o‘quv topshirig‘iga «hujum» qiladilar. Ya’ni har bir o‘quvchi o‘z bilimi, qobiliyati, iqtidori, dunyoqarashi va imkoniyatlari darajasida uni hal etishga kirishadi. O‘quvchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan muayyan masala bo‘yicha mulohaza yuritadilar. Bu metoddan foydalanilganda o‘qituvchidan masala atrofida ishlayotgan, mulohaza yuritayot- gan har bir o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni qayd etib borish, har bir ishtirokchining erkinligini ta’minlash, aytilgan fikrlarning asosla nishini talab qilish, toki fikrlar tugamaguncha bahsni davom ettirish talab qilinadi. O‘quvchilar tomonidan aytilayotgan fikr- larni alohida baholash, ularni tanqid qilish yoki fikrlardan kulish ta’qiqlanadi. «Fikriy hujum» – o‘quv muammolarini hal qilishda keng qo‘llaniladigan metod. U qatnashchilarning tasavvurlari, bor bilimi va imkoniyatlaridan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Mazkur metod o‘quvchi oldiga qo‘yilgan har qanday muammoli masalaga ko‘p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi. Fikriy hujumdan foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 1. Bu usulni qo‘llash jarayonida baholashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar jarayonning o‘zida g‘oyalar baholanadigan bo‘lsa, qatnash- chilar o‘z fikrlarini himoya qilishga berilib ketib, yangi fikr aytish- dan chalg‘iydilar. 2. Har bir o‘quvchi bitta masala yuzasidan o‘ta xilma-xil mu- lohazalar aytishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘quvchilarda kutilmagan fikr, favqulodda g‘oyalar tug‘ilmasa, qatnashchilar bir-birlarini takror- lashga majbur bo‘ladilar. 3. G‘oya va fikrlarning miqdori rag‘batlantiriladi. Ma’lumki, miqdor odatda o‘sib sifatni keltirib chiqaradi. Qatnashchilarga tasavvurga erk berish imkoniyati yaratilishi kerak. Bu erkinlik nati- jasida betakror va kuchli g‘oyalar tug‘iladi. 106 107 4. Har bir o‘quvchi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Chunki fikrdan fikr tug‘iladi. Oldin tak- lif etilgan g‘oyalarni o‘zgartirish, ko‘pincha, birlamchi fikrdan kuchliroq, yaxshiroq qarashlarni keltirib chiqaradi 38 . «Fikriy hujum» metodidan foydalanish jarayoni quyidagi bos- qichlarda amalga oshiriladi: • o‘quvchilar erkin tartibda joylashtiriladi; • g‘oya va fikrlarni yozish uchun darstaxta yoki varaqlar tay- yorlab qo‘yiladi; • hal etilishi lozim bo‘lgan muammo aniqlanadi; • ish jarayoni belgilab olinadi: a) g‘oyalar baholanmaydi; b) fikrlashga to‘liq erk beriladi; v) fikrlar ko‘p bo‘lishiga (miq- dorga) intilinadi; g) o‘quvchilar faoliyati «ilg‘ab oling», «bilib oling», «g‘oyalarga asoslaning», «qo‘shing», «kengaytiring», «o‘zgartiring» singari chaqiriqlarga asosan uyushtiriladi; • qo‘yilgan muammo yuzasidan fikrlar so‘raladi va yozib bo- riladi; • o‘zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlar va mayna qilishlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi; • varaqlar g‘oya va fikrlar bilan to‘lganda ular ko‘rinarli yerga osib qo‘yiladi; • g‘oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi; • shundan so‘ng yangi, kuchli, asosli va original g‘oyalar o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi, baholanadi 39 . Abdurauf Fitratning 5-sinflar uchun yozilgan «Adabiyot» dars- lik-majmuasidan o‘rin olgan «Yurt qayg‘usi I», «Yurt qayg‘usi II» nomdagi sochma she’rini 40 «Fikriy hujum» metodidan foydalanil- gan holda o‘tish uchun o‘quvchini aqliy muvozanatdan, loqayd- likdan chiqaradigan quyidagi savol-topshiriqlarni berish mumkin: «Nomusini bot kishilarning oyog‘lari ostinda ko‘rub, turklik Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling