Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Savol va topshiriqlar:
1. Suhbat metodiga xos bo‘lgan zamonaviy talab va tal qinni ajratib yozing. Ularni avvalgi xususiyatlari bilan taqqoslang. O‘xshash va farli tomonlarini ko‘rsating. 2. Suhbat metodining asosiy ashyosi bo‘lgan savollar haqida aytilgan: «Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan» singari sifatlarning har birini alohida tahlilga torting. Badiiy asarlar misolida ularni ifodalab beradigan savol-topshiriqlar tuzing. Yaratiqlaringizni kursdoshlar bilan ba- ham ko‘ring. 3. Jaloliddin Rumiy hazratlarining: «Yaxshi savol yarim bi- limdir», – degan hikmatini sharhlang. Yaxshi savolning bilimga qanday ahamiyati bor deb o‘ylaysiz? 4. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi: «Asar ustida ishlash jarayonida bo‘ladigan suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki ovoz chiqarib his etish hamdir», degan fikrga diqqat qi ling. O‘ylab ko‘ringchi, «ovoz chiqarib his etish»ni qanday tu shunish mumkin, Sizningcha? 5. Matndan suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi qo‘llaydigan amallarni ajratib yozing. Ularning har birini izohlang. 113 6. Suhbat metodidan foydalanganda o‘qituvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan jihatlarni ajratib yozing. Ularning nima uchun ta’qiqlanganligi sabablarini aniqlang, izohlashga urinib ko‘ring. 7. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi fikrga e’tibor qi- ling: «Savolning berilish ohangi ba’zan o‘quvchiga javobning yo‘nalishini belgilashga ko‘maklashishi mumkin». Sizningcha, bu nima degani? Uni qanday tushundingiz? Fikringizni izohlang. 8. Suhbat metodidan foydalanib o‘tishga tavsiya etilgan «Uch og‘a-ini botirlar» ertagi mazmuni yuzasidan berilgan savol- topshiriqlarga o‘zingiz javob berishga urinib ko‘ring. Nima deb o‘ylaysiz, 5-sinf o‘quvchilari bu savol va topshiriqlarga javob bera oladimi? Bu savolga javob berishdan oldin mazkur o‘quv qo‘llanma mualliflarining yetakchi g‘oyalarini eslang. 9. Evristik metodning suhbat metodidan farq qiladigan asosiy jihatlarini topib ajratib yozing. Bu farqlarni qanday anglaganin- gizni biror badiiy asar misolida savol-topshiriqlar tuzib tushintirib bering. 10. O‘. Hoshimov qalamiga mansub «Urushning so‘nggi qur- boni» hikosi tahliliga qaratilgan savol va topshiriqlar orasidan qaysi biri evristik metod talablariga monand ekanini aniqlab, fikringizni ayting, qarashlaringizni asoslang. 11. Mazkur hikoyaning mohiyatiga kirishga qaratilgan savol va topshiriqlarga javob berishga urinib ko‘ring. Javoblaringizni asardan misollar keltirgan holda asoslang. 12. Tadqiqot va evristik metodlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlang. Metodlarga xos bo‘lgan umumiylik va xu- susiylikni bittama-bitta izohlang. Xulosalaringizni biror asar mi- solida asoslay bilsangiz, go‘zal ish bo‘lardi. 13. Avval O. Yoqubov ijodining mahsuli «Muzqaymoq» hikoyasini o‘zingiz o‘qing. So‘ngra mazkur savol va topshiriqlarga javob berishga astoydil urinib ko‘ring. Ish asnosida ruhiyatingiz- ni nazorat qiling, ko‘nglingizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling. Shuuringizda kechayotgan hislarga nom topishga harakat qiling. Shunda ish faoliyatingizda o‘quvchilaringizni his qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 14. Matnda: «Har qanday inson oldiga savol qo‘yilganda hech o‘ylab o‘tirmay, ichdan beriladigan ilk javob ko‘ngildan chiqqan rost bo‘ladi. Keyin bu jarayonga aql aralashadi. Yoki bu fikr rad 114 115 etilib boshqa javob tashqariga chiqadi yoki shu fikr ovoz chiqarib aytiladi. Ya’ni jarayonga aql aralashadi. Aql manfaatlarni taftish qiladi, bilimni ishga soladi va munosabatni shakllantiradi, asos- laydi», tarzidagi qanoat bor. Bu xulosaga munosabat bildiring. Fik- ringizni asoslang. 15. Taqqoslash metodi xususiyatlari bilan bog‘liq qarashlarni «O‘tgan kunlar»dagi Kumushbibi va Zaynabni, «Muzqaymoq» bilan «Nido»dagi bolalarni, «Bemor» bilan «Ming bir jon»dagi kasal ayollarni, «Uch og‘a-ini botirlar»dagi va Kenja botir hikoya- sidagi shohlarni, «Mening o‘g‘rigina bolam»dagi Qora buvi bilan «Urushning so‘nggi qurboni»dagi ona timsollari misolida o‘zingiz taqqoslab ko‘ring. Xulosalaringizni birgalashib muhokama qiling. O‘zingizni o‘qituvchilikka tayyorlang. 16. Istalgan bir badiiy asar misolida induktiv va deduktiv metodlarning xususiyatlarini butun kurs birgalikda aniqlashga urinib ko‘ring. Bu sizning pedagogik amaliyotingizga zamin tay- yorlaydi. 17. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish namunasi sifa- tida taqdim etilgan «Yurt qayg‘usi» sochma she’ri tahlili bilan shug‘ullaning. Undagi yetakchi g‘oyalarni, ya’ni «hujum» qilinishi kerak bo‘lgan muhimlarni ajrating. Har bir savol va topshiriqqa o‘z munosabatingizni bildiring. 18. Sizga taqdim etilayotgan «6x6x6» metodi har ikkala vari- antining afzalliklari va kamchiliklari haqida o‘ylab ko‘ring. 19. Ssenariy yaratish adabiy ta’limdagi salmoqli ishlardan biri ekanini anglagan holda bu kabi topshiriqni o‘quvchilarga berish- dan oldin o‘zingiz uni tuzish talablariga to‘liq amal qilgan holda biror badiiy asar yuzasidan ssenariy yarating. Yaratig‘ingizni kurs- doshlaringiz va domlangiz bilan bo‘lishing. Yutuq va kamchilikla- rini birgalashib o‘rganing. 20. Ta’lim metodlari va usullari orasidagi tafovutni ajratib yozing. Ta’lim usullarining o‘qitish metodlaridagi o‘rni va ahami- yatini aniq bir metod timsolida sanab bering. Qarashlaringizni bir asar misolida asoslang. 21. Alisher Navoiyning istalgan bir g‘azalini, qo‘lingizdan kelganicha tahlilga torting. Yozma ishingizni har biringiz o‘rtoqlaringizga o‘qib berib mulohazalarini eshiting. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling