Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
digan murojaat; o‘rganiladigan, muhokama qilinadigan predmet,
yechimini talab qiladigan masala» 44 deb ko‘rsatilgan. «Muammo» ilmiy savol bo‘lib, u bir necha yechimga egaligi bilan savoldan farqlanadi. Yechimlarning har biri salmoqli asosga ega bo‘ladi. Savolda ifodalangan bilmaslik ilmiy izlanish natijasida ma’lumga, o‘rganilgan narsaga aylansa, bunday savol muammo bo‘lolmaydi. Agar savol yangi qonuniyatlarni kashf etish imkoniyatlari haqidagi tahminlar bilan uyg‘unlashib ketsa, uni muammo deyish mumkin. Ko‘p muammolarni qisqalik maqsadidan kelib chiqib savol yoki topshiriq tariqasida qo‘yish ham mumkin. Polyak pedagogi V. Okon muammoli ta’limga xos vaziyatni muammoni biror masala yuzasidan tashkil qilish, uni shakllantirish bilan birga hal etish jarayonida o‘quvchilarga zarur ko‘mak be rish, bu jarayonning izchilligini ta’minlash va boshqarish, olingan nati- jalarni tekshirish hamda bilimlarni mustahkamlash kabi faoliyatlar 43 Махмутов М. Теория и практика проблемного обучения. – Казан: ТКИ, 1972. С. 191. 44 www.ziyo.comkutubxonasi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – S.pdf (SECURED) 407-bet. 123 yig‘indisi sifatida baholaydi 45 . I. A. Ilnitskaya muammoli ta’limni o‘quvchilarning maktab ta’lim-tarbiya maqsadlariga mos muammo- larni o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ilmiy- amaliy bir tizimda hal etishda ishtirok qilishidan iborat faoliyati, deb hisoblaydi 46 . T. Kudryavsev muammoli ta’limning mohiyatini o‘quvchining oldiga didaktik muammo qo‘yish, o‘quvchilar ularni yechish asnosida bilimlarini umumlashtirishi va muammoli masa- lalarni hal qilish tamoyillarini o‘zlashtirishida, deb hisoblaydi 47 . A. Matyushkinning fikricha esa muammoli ta’lim – o‘qitishning bi limlarni qiziqarli yo‘llar bilan berishga tayanadigan turi 48 . Muammoli ta’lim masalasi bilan maxsus shug‘ullangan rus pedagogi M. Maxmutovning fikricha, muammoli ta’lim bilim- larni ijodiy o‘zlashtirish va faoliyatning maxsus qonuniyatlariga asoslangan, ilmiy izlanishning asosiy jihatlarini o‘zida jamlagan, o‘qitish hamda o‘qish metodlari, usullarini uyg‘unlikda qamrab ol- gan didaktik tizimni o‘zida aks ettiradi. U bilimlar asosini chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydi, o‘quvchining bilim olishdagi mustaqil- ligini, ijodiy qobiliyatini oshiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, kengaytiradi 49 . Olimlarning fikriga qo‘shimcha qilib yana shuni aytish mum- kinki, muammoli ta’lim o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobili- yatini o‘stirish bilan birga ularda shaxslik sifatlarining shakllani- shiga, ma’naviyatining boyishiga ham sharoit yaratadi. Muammoli ta’lim o‘quvchi faoliyatining bilimlarni o‘zlashtirish va muammoli vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan hal qiluvchi faoliyat turlarida, muammoli vaziyatlar tashkil qilish hamda ulardan chiqishda o‘z takliflari, asoslari, isbotlari, farazlarini ilgari surish bilan bog‘liq alohida tizimdir. Bu aqliy faoliyat bilimlarni, yangi tushunchalarni o‘qituvchi rahbarligida, ongli ravishda o‘zlashtirish, tafakkur mus- 45 Оконь В. Основы проблемного обучения. – Москва: «Просвещение», 1968. 46 Ильницкая И. А. Проблемные ситуации и пути их создания на уроке. – Москва: «Знание», 1985. 47 Кудрявцев В. Т. Внедрение принципа проблемности в обучении. – Москва: «Высшая школа», 1968. 48 Матюшкин А. М. Проблемные ситуации в мышлении и обучении. – Мос - ква: «Педагогика», 1972. 49 Махмутов М. Теория и практика проблемного обучения. – Казан: ТКИ, 1972. 124 125 taqilligini ta’minlash va faollashtirishga, shaxs shakllantirishga xizmat qiladi. Muammoning, muammoli vaziyatning vujudga kelganini o‘quvchi hodisa bilan u haqdagi avvalgi tasavvuri orasida qarama- qarshilik paydo bo‘lganda his qiladi. Bu qarama-qarshilikni barta- raf qilish uchun unga avvalgi bilim va tajribaning o‘zi kamlik qila- di. Olimlar muammoni anglab yetishning o‘zi har qanday fikrlash jarayonining boshlanishi deb hisoblaydilar. Ta’limda oddiy savoldan muammoli savolning farq qiladigan jihati shundaki, savolda, odatda, javob uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Savol uni so‘rayotgan odam javobini biladigan, soddaroq fikrlashni talab qiladigan, butun vazi- yatning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lgan hodisa. Buni o‘quvchi savolni tushunib, unga javob berish uchun kerak bo‘ladigan faktlar orasida shunday aloqa o‘rnatadi, deb tu- shunish mumkin. Ba’zan savolga javob berish uchun qandaydir bir faktni eslashning o‘zi kifoya. O‘quvchi yo‘naltirilgan fikrlash usullari, odatda, avvallari foydalanilgan bo‘ladi va u shu andaza bo‘yicha harakat qiladi. Muammoda esa uning yechimi uchun tayyor javob yoki ma’lumot yo‘q. Уng avvalo, muammoni hal eta oladigan darajada tiniqlashtirish uchun fikrlash jarayoni yordamida unga mos keladi- gan ma’lumotlarni topish talab qilinadi. Muammoni yechmoqchi bo‘lgan odam, avval unda nimalar yetishmayotganini aniqlashi va o‘sha faktlarni qanday topishni belgilab olishi kerak bo‘ladi. Shunday ekan, muammoda yechim to‘liq shakllantirilmaydi. O‘qituvchining vazifasi ma’lum muammoli vaziyatni tashkil etish ekan, buning uchun u, avvalo, o‘quvchiga muammo nimadan ibo- rat ekanini to‘g‘ri anglatishi, unda shu masalani hal etishga xohish- qiziqish paydo qilishi, ichki ehtiyoj uyg‘otishi zarur hisoblanadi. Qo‘yilgan masalaning muammolilik darajasi uni hal etish uchun qanday fikriy operatsiyalar amalga oshirilishi bilan o‘lchanadi. Bu, o‘z navbatida, har bir o‘quvchining tayyorlik darajasi, bilimi va umumiy rivojlanishi bilan ham bog‘liq. Muammoli masalalarni yechish jarayoni, ayrim holatlarda, o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga masalani hal etish uchun zarur tavsiyalar berish, 125 ularni bilim olishga yo‘naltirish, masalani mustaqil yechishiga, bunga ijodiy yondashishiga turtki berib turishdan iborat. Muammoli ta’limda dastlabki holat o‘quvchida ma’lum na- zariy yoki amaliy muammoni yechishga omil bo‘ladigan muammoli vaziyatni tashkil qilishdan iborat. O‘quvchi muammoga shunchaki o‘zlashtirish lozim bo‘lgan o‘quv materiali deb emas, uning uchun qiziqarli va ahamiyatli bo‘lgan, har xil qarashlarni solishtirish, tah- lillash, aniqlash asosida o‘z nuqtai nazari bo‘lishini talab qiladigan, uni yechish bo‘yicha rejalar tuzishni taqozo etadigan, to‘g‘ri hal etish uchun yetishmaydigan bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan zarur masalaga yondashganday munosabatda bo‘lishi kerak. Bu yerda gap o‘quvchiga yetkazilishi lozim bo‘lgan shunchaki top- shiriq yoki o‘quv materiali haqida ketayotgani yo‘q. Gap shundaki, muammo bilan qiziqib qolgan bola maqsad sari o‘zi yo‘l qidiradi. O‘quvchini borliq hodisalariga yondashishga o‘rgatishda ularning ichki qiziqishini uyg‘otish o‘qituvchining asosiy vazifasi bo‘ladi. Bunday holat birdaniga, bir yoki bir necha dars davomida shakllan- tirilmaydi. Unga asta-sekinlik bilan, ba’zida yillar osha erishiladi. Muammoli vaziyatni tashkil etish butun ta’lim jarayonini boshqa- rish bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘quv materialining dastlabki tahlili, mavzular orasidagi aloqadorlik, ta’limga muammoli masalalarni olib kirish shartlari va ularni muvaffaqiyatli hal etish yo‘llarini aniq lashni talab qiladi. O‘quvchilarda mavjud tajribalarni inobatga olish, ularning uyda o‘qishlari uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha adabiyotlar ajratish, zarur didaktik materiallarni tayyorlash kabi zaruriyatlar nazarda tutiladi. Muammoli ta’limdagi keyingi masala bevosita muammo- ning yechilishidan iboratdir. Bu jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muammoning tahlili va asoslovini ilgari surish. Muammo ma’lum qiyinchiliklar bor joyda paydo bo‘ladi va uning yechimi uchun o‘quvchida mavjud bo‘lgan bilimlarning o‘zi yetarli bo‘lmay qoladi. 2. Masalaning yechimini qidirish va uni hal etish. Muammo- ni tekshirishda uning yangi aloqalari va ilgari ma’lum bo‘lmagan sifatlari aniqlanadi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan obyektga doir yangi bilim to‘planadi. Har safar uning yangi jihatlari va xususi- 126 127 yatlari ochila boradi. Bu bosqichni masalani hal etish yuzasidan farazlarning shakllanish bosqichi deb atash mumkin. Unda urinish- lar va xatolar, avvalgi tajribalarga tayanish, yechimning taxminiy yo‘llarini belgilash, yechish tamoyillarining isboti va fikrlarni asos lash ishlari amalga oshiriladi. 3. Yechish yo‘llarining to‘g‘riligini tekshirish va olingan nati- jani baholash 50 . Har bir bosqich ma’lum umumiy jihatlar, o‘quvchining muammoni yechish yo‘llarini qidirishi va topishidan iborat faoliyati bilan xarakterlanadi. O‘quvchi xato qilishdan cho‘chimay, o‘z izlanishlari asosida masalani hal etishning rejasini tuzadi. Bu jara yonda muqobil yo‘llarni ham ko‘zda tutadi. Masalani anglash bilan uning yechimigacha bo‘lgan yo‘l qiyin va uzoq bo‘lishi ham mumkin. Masalaning hal etilishida o‘quvchi uchun eng muhim jihat uning yechimi haqida o‘z tasavvuriga ega bo‘lishdir. Bu tasavvurga asta-sekinlik bilan samarasiz urinishlardan keyin, kutilmaganda erishish ham mumkin. Murakkab muammoli masalani hal etishda qo‘llaniladigan fikr- lash jarayoniga, odatda, aqlning taqqoslash, tahlillash va umum- lashtirish kabi ishlari kiradi. Bu o‘rinda gap faqat fikriy jarayonni muqoyasa qilish haqida ketayotgani yo‘q. Eng avvalo, masalani hal etishda inson aqliy faoliyatining yo‘nalishi nazarda tutilyapti. Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quvchi ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo ular ma’lum izchillikdagi aqliy faoliyat yordamida yechilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy xarakterdagi qiyinchiliklar- dir. O‘quvchi mana shu izchillikni, yechish algoritmini topguncha izlanadi, mustaqil, mahsuldor fikrlashni amalga oshiradi. O‘quvchi masalani hal qilish yo‘lini o‘zlashtirishi bilan uning fikrlashi oddiy fikrlashga aylanadi. Muammoli masalani hal etishda avval o‘quvchilar masala yoki matnning dastlabki shartlarini tahlil qi- lishga o‘rgatiladi. Aynan shular o‘quvchiga muammoli vaziyatda mo‘ljalga olish va uning muhim jihatlarini topishga imkon beradi. Berilgan masalaning shartlari va talablarini tahlil qilishda dastlab noto‘g‘ri yo‘l belgilanishi yechimni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, qiyinlikning darajasi muammoli topshiriqda qo‘yilgan savol bilan unga beriladigan javob o‘rtasidagi masofa, 50 Скалкова Я. От теории к практике обучения в средней общеобразователь- ной школе. – Москва: «Педагогика», 1983. C. 49 – 50. 127 ya’ni yechimga olib boradigan oraliqdagi ishlar soni va murakkablik darajasiga ham bog‘liq. Muammoli topshiriqning qiyinligini uning yechimida keltiriladigan xulosalar sonidan ham aniqlash mumkin. Odatda, muammoli masalalarni mustaqil ravishda hal etishda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘lning to‘g‘riligini isbotlashlari uchun qator dalillarni keltirishda, ularni asoslash uchun zarur bilimlarga ega bo‘lsalar ham, qiyinchilik sezadilar. Bu shundan dalolat beradiki, ularning tafakkuri tezkorlik sifatiga ega emas. Fikrning tezkorligi mahsuldor aqliy jarayonning muhim jihatidir. Topshiriqlarni asta-sekinlik bilan qiyinlashtira borish orqali o‘quvchilarni bilganlarini kutilmagan sharoitlarda qo‘llay olishga o‘rgatish mumkin. Masalaning obyektiv qiyinlik jihatlari bilan birga o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ularning intellektual va umumiy rivojlanishlari bilan bog‘liq subyektiv xarakterdagi qiyinchiliklarni ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Masalaning o‘quvchi uchun qiyinligi uning shakllantirilganlik darajasiga ham bog‘liq. Shuning uchun muammo matni aniq ifodalanishi lozim. O‘quvchi katta hajmdagi umumlashmalarni talab qiladigan muammolarni yechishga qiynaladi. Muammoli ta’limda har bir yangi topshiriq o‘quvchi qator aqliy xatti-harakatlardan foydalanib hal etishi lozim bo‘lgan o‘quv- biluv masalasi sifatida taqdim etiladi. Didaktikada ta’lim masa- lalariga yoki muammoga doir umumiy talablar ishlab chiqilgan. U olam va odam rivoji mantig‘idan kelib chiqishini; o‘rganiladigan obyektning o‘zigagina xos qarama-qarshiliklarga bog‘liq ma’lum qiyinchilikni aks ettirgan bo‘lishini; qismlarga bo‘lish, savollar- ga aylantirish imkoniyati mavjudligini o‘z ichiga oladi, ularning har biri o‘z o‘rnida masalaning yechimi sari bir bosqich bo‘ladi. Bundan tashqari, bu talablar o‘quvchilarni uning yechimi uchun zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltirishi, ularni faol izlanishga un- daydigan hamda o‘quvchilarning yosh va tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi lozim. Muammoli ta’limni tashkil etishda eng muhim jihat bilim va ko‘nikmalarning ongli o‘zlashtirilishiga erishishdir. Muammoli ta’lim vazifalariga o‘quvchilarning muammoni hal etishga qaratilgan tadqiqot ishlari, turli ma’naviy qadriyat- larni tuyishlari, intellektual bilish va amaliy faoliyati ham kiradi. O‘qitishning bu jihati o‘quvchilarning imkoniyatlaridan maksimal 128 129 foydalangan holda borliqni butun turfaligi bilan bilish va qayta kashf etishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi. To‘g‘ri qo‘yilgan muammo kishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar undagi qiyinlik bartaraf etilsa, individ- ga xos qandaydir ehtiyoj qondiriladi va masalani hal etish istagi paydo bo‘ladi. Muammoni yechish bilan tugaydigan ma’lum in- tekllektual zo‘riqish sodir bo‘ladi. Mustaqil mulohaza yuritishga o‘rgatilmagan, aqlan dangasa kishilar bunday zo‘riqishlar va unga bog‘liq bezovtalikdan o‘zini tortadi. Ammo muammoni hal qilishning mazasini totgan kishilar bu faoliyatdan zavq oladilar. Muammoni hal etish uchun mavjud bilimlarning qayta ishlanishi va to‘ldirilishi yechimni osonlashtiradi. Yetarli material jamlan- gach, qayta ishlanib, to‘ldirilgan fikr masala yechimining faraziga aylanadi. Farazning shakllanishi va uning tekshirilishi maxsus ta- fakkur usullari yordamida amalga oshiriladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling