Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash


Download 36.32 Kb.
bet1/7
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1721258
  1   2   3   4   5   6   7

Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash


Reja:




  1. Muammo, muammoli vaziyat, ishlab chiqarish vaziyatning mazmun-mohiyati.

  2. Qarorning shakllanishi va amalga oshirilishi.

  3. Qaror qabul qilishda tizimli ketma-ketlik dan foydalanish.

1. Muammo, muammoli vaziyat, ishlab chikarish vaziyatning mazmunmohiyati.
Muammo deganda keng ma’noda murakkab nazariy yoki amaliy, o’rganilishi yoki echilishi zarur bo’lgan savol tushuniladi. Ilmda esa bu- echilishi zarur bo’lgan bir-biriga zid, qarama qarshi xodisa, voqea. Hayotda muammo odamlarga ma’lum bo’lgan “nima?” va “qanday?”, yoki “nimaligini bilaman, lekin qanday qilishni bilmayman?” degan savollarga javob beradigan vaziyatlarda uchraydi. Biz ushbu predmet jarayonida “muammo” tushunchasiga quyidagicha izoh beramiz: “Muammo bu - javobi bevosita mavjud bilimda bo’lmagan va echish usuli noma’lum bo’lgan savol”.
Inson uchun har qanday muammoning mazmuni, uni aniqlash, tahlil qilish, baholash, echimini qidirib topish va amaliyotda tasdiqlash bilan ifodalanadi. Muammo deganda odatda yuqorida aytganimizdek xali echimga ega bo’lmagan noaniq savol tushuniladi. Shu noaniqlik muammoni vazifadan ajratib turadi.
O’rganilayotgan bir ob’ekt ichidagi bir-biri bilan bog’liq savollar birlashmasi – problematika, yoki muammolar majmui deb ataladi.
Odatdagi xizmat ko’rsatish faoliyatda muammo ikki yo’l bilan paydo bo’ladi.
Birinchidan, u tashqaridan beriladi. Masalan, korxona, boshqarma yoki vazirlikdan ijro uchun biror qaror, ko’rsatma yoki buyruq kelganda (uni bajarish uchun siz o’z o’rningizda konkret chora-tadbirlar qabul qilasiz);

  • sizdan pastki pog’onadagi tashkilot, guruh yoki shaxs biror bir amaliy masalani ko’tarib chiqqanda (misol uchun xodimlar ko’tarib chiqsa);

  • har-hil qo’shni tashkilotlardan muammolar ko’tarilgan murojatlar kelganda.

Bunday va shunga o’xshash xollarda ularni to’g’ri qabul qilish, muammolik joyini aniqlash, o’zingizdagi shunga o’xshash muammo bilan (agarda sizda shunga o’xshash muammo mavjud bo’lsa) taqqoslash lozim. Ayrim paytlarda muammo o’z echimi bilan berilishi mumkin.
Ikkinchidan, muammo xodimning mehnat faoliyatida uchraydigan turli xil ma’lumotlarni tahlil qilishi natijasida paydo bo’lishi mumkin. Mutaxassis o’z mehnat faoliyatida yangi-yangi ma’lumotlar bilan tanishadi. Har xil sharoitlarga duch keladi. Agar u olgan ma’lumotda yoki duch kelgan vaziyatda mavjud holat bilan qarama-qarshilik bo’lsa yoki boshqacha qilib aytganda yangi kelgan ma’lumot orqali pedagogning mehnat faoliyatiga yoki shaxsiy hayotiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan hodisa, voqea yoki holat yuz berishi mumkin bo’lsa, agar uni qoniqtirmasa, o’shanda muammo paydo bo’ldi deyishimiz mumkin. Balkim ular birdaniga emas, asta-sekin paydo bo’lar.
Muammoni anglab etgandan so’ng, muammoli vaziyat shakllanadi. Muammoli vaziyat deganda, kerakli qaror ishlab chiqarish va qabul qilishga ta’sir etishi mumkin bo’lgan jixatlar yig’indisi tushuniladi. Yoki bu mavjud bilim va ko’nikmalar orqali echib bo’lmaydigan, yangi bilimga zaruriyat uyg’otadigan vaziyatdir.
Ilmiy sohada muammoli vaziyat deb ilmiy bilimlar taraqqiyotida tadqiqotchilar duch kelganshunday yangi hodisadirki, ularni mavjud ilmiy nazariya asosida tushuntirib bo’lmaydi, ularni tushuntirish uchun yangi nazariyalar hali ishlab chiqarilmagan.Ishlab chiqarish faoliyatda ularni ishlab chiqarish vaziyati deb ham aytiladi.

Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling