Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash
Download 36.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona faoliyatidagi vaziyat klassifikatsiyasi (tasnifi).
Ishlab chiqarish vaziyat – bu ishlab chikarish jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, u orqali raxbar ishlab chikarish jarayon va ishlab chiqarish tizimni boshqaradi. Bu ishlab chikarish jarayon, ishlab chiqarish tizimning vaqt oralig’ida to’plangan (konsentratsiya qilingan) ko’rinishidir.
Korxona faoliyatida ishlab chikarish vaziyatning axamiyati juda muhim. Ayniqsa boshqaruvda tajriba ortirishda. Uning ichida ishlab chiqarish jarayon va ishlab chiqarish tizimning qadr-qiymati ham, kamchiliklari ham jamlangan bo’ladi. Ular boshqaruv faoliyatidagi boshqaruvchining tajribaning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Har bir xodim o’z arxivida har hil ishlab chiqarish vaziyatlar yozilgan yozmalari (bloknotda, daftarda, kartochkalarda, fleshkalarda va xokazo) bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu uning kasbiy boyligidir. Ishlab chikarish vaziyatning mohiyati, unda echilishi lozim bo’lgan qaramaqarshiliklar mavjudigidir. Shuning uchun har qanday vaziyat agar unda muammosi bo’lsa o’z yo’lida muammoli vaziyat desa bo’ladi. Ishlab chikarish vaziyat aniq, konkret, oldindan rejalashtirilgan yoki stixiyali ravishda, o’z-o’zidan paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Korxona faoliyatidagi vaziyat klassifikatsiyasi (tasnifi). Faoliyatdagi vaziyat har hil sharoitlarda, turli sabablar asosida paydo bo’lishi mumkin. Ulardan asosiylari: Paydo bo’lish va o’tish joyi bo’yicha (dars paytida, uyda, yotoqxonada, ko’chada, stadionda va hokazo); Qanday paydo bo’lishiga qarab (ataylab o’ylab topilgan, tabiiy tarzda paydo bo’lgan, rejalashtirilgan); Originalligiga qarab (standart, nostandart, original); Boshqaruv darajasiga qarab (boshqariluvchan, boshqarilmaydigan); Qatnashuvchilarga nisbatan (student va student orasida, student bilan o’qituvchi orasida, o’qituvchilar orasida...); Ichidagi qarama-qarshilikka nisbatan (konfliktli, konfliktsiz, tanqidiy); Mazmuni bo’yicha (o’quv maqsadida ataylab yaratilgan, boshqa maqsadlarda yaratilgan); Xarakteri bo’yicha (fan ichidagi, fanlar aro, ilmiy va hokazo). Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling