Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash


Qaror qabul qilishdagi tizimli ketma-ketlikdan foydalanish


Download 36.32 Kb.
bet4/7
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1721258
1   2   3   4   5   6   7
3.Qaror qabul qilishdagi tizimli ketma-ketlikdan foydalanish.
Qaror qabul qilishning asosiy bosqichlari va ularda ishlatiladigan uslubiyat haqida alohida to’xtab o’tamiz.
1-bosqich. Muammoli vaziyatni aniqlash va ifoda qilish.
Muammoni aniq ifoda qilish shu muammoni xal qilishning eng muhim pog’onasi hisoblanadi, chunki noto’g’ri ifodalangan muammoli vaziyatga berilgan to’g’ri javob ham vaziyatni chalkashtirib noto’g’ri qarorga olib kelishi mumkin. Odatda muammoni ifodalash jaryoni murakkab vazifa hisoblanadi. Buning asosiy sabablari muammoning ob’ektiv jixatdan murakkabligi, tashkiliy jixatdan ko’p aloqaligi, yomon strukturalashtirilganligi (tuzilmaliligi), o’zgaruvchan elementlarini o’lchash qiyinligi va boshqa sabablarga ko’ra. Bularning barchasi muammoni ifodalash jarayoniga ijodiy jarayon sifatida qarashni talab etadi.
Muammo istalgan va mavjud holatlar o’rtasidagi nomunosiblik (to’g’ri kelmaslik) sifatida aniqlanishini inobatga olsak, unda muammoli vaziyatni ifodalash, unga baxo berish uchun prognozlashtirish, ekspert baxolash va tizimli tahlil metodlarini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Umuman olgand 1-bosqich quyidagi savollarga javob berishi kerak:

  • Qanday muammoni, qanday sharoitda xal qilish kerak?

  • Muammo qachon xal etilishi kerak?

  • Qanday kuch va vositalar orqali muammo xal etilishi kerak?

2-bosqich. Boshqarish tizimidagi maqsadning shakllanishi.
Muammo, muammoli vaziyatni aniqlab bo’lganimizdan keyin, uni echish maqsadi oldinga qo’yiladi. Agarda maqsad qanchalik aniq ifoda etilsa, uni echish jarayoni ham shuncha engil kechadi. Bu bosqichda biz bor muammoni echish uchun nima qilishimiz kerakligini aniqlab olishimiz kerak bo’ladi. (hali echganimiz yo’q, faqat qanday echishni xal qilish kerak). 1-bosqichda biz muammo nimada ekanligini aniqlab olgan edik (albatta bu nisbatan oson vazifa), 2-bosqichda esa biz o’sha muammoni yo’q qilish uchun nima qilish zarur degan savolga javob qidiramiz. Albatta bu nisbatan qiyinroq.
Maqsadni aniqlashning metodologik asosi bo’lib aqliy hujum, ekspertlar bahosi kabi metodlardan foydalanadigan tizimli tahlil hizmat qiladi.

Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling