Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash


Qarorning shakllanishi va amalga oshirilishi


Download 36.32 Kb.
bet3/7
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1721258
1   2   3   4   5   6   7
2. Qarorning shakllanishi va amalga oshirilishi.
Mantiqiylik, ketma-ketlik nuqtai nazaridan har qanday qarorning shakllanishini uchta nisbatan mustaqil harakatlar majmui sifatida ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Ular: muammo (vazifa) va muammoli vaziyatni aniqlash, muammo bo’yicha echim variantlarini ishlab chiqarish, eng to’g’ri echimni tanlash va qarorni qabul qilish.
Ularning har biri bo’yicha alohida to’xtasak:

      1. Muammoni aniqlash, uni o’rganish va muammoli vaziyatni oldindan ayta bilish (prognoz qilish).

Muammoli vaziyat o’zining murakkabligi, to’xtovsizligi, jo’shqinligi, noaniqligi va nizoliligi bilan xarakterlanadi. Vaziyatning murakkabligi uning tarkibini tashkil qiluvchi elementlarining ko’pliligidan. Chunki ularning barchasini inobatga olish kerak. To’xtovsizlik (jo’shqinlik) undagi elementlarning o’zgaruvchanligidan. Muammoli vaziyat natijasida bo’layotgan o’zgarishlarni, qaror shakllanayotganda ham qabul qilina yotganda ham oldindan bilish mumkin emas, bu esa uning noaniqligini ko’rsatadi. Muammo paydo bo’lib uni qanday xal qilish kerak degan fikr tug’ilgandan keyin, qo’shimcha ma’lumot yig’ish zarurligi ma’lum bo’ladi. Bu qo’shimcha ma’lumot muammoli vaziyatdagi noaniqlikni iloji boricha kamaytiradi.
Muammoli vaziyatni anglashda e’tiborga nafaqat bor va bizga ma’lum jixatlar olinadi. Shu bilan birga vaziyat qanday rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadigan jixatlari ham o’rganiladi. Vaziyatni prognozashtirish (oldindan aytib berish) u bo’yicha etmayotgan, lekin kerak bo’lgan ma’lumotlarni aniqlash, va bo’lajak vaziyat modelini qurish bilan xarakterlanadi.

      1. Echim variantlarini ishlab chiqish.

Muammo aniqlanib, muammoli vaziyat o’rganilgandan keyin ushbu muammoni qanday qilib echib bo’ladi, degan savol tug’iladi. Vaziyatning nostandartligi muammoni echishda eski, mavjud tajribani ishlatishni qiyinlashtiradi, xatto yo’qqa chiqaradi. Vaziyat bizdan muammoga yangicha nazar tashlashga, yangi echimini qidirishga, unumli ijodiy fikrlashga majbo’r etadi. Amaliyotda muammo bo’yicha bo’lajak harakatni aniqlashning evristik uslublaridan muammoni dekompozitsiya qilish, paralel vazifalarni ilgari surish, asosiy vazifalarni aniqlash, ilgari surilgan vazifalar orasidagi munosabatlarni o’rganish, analogiya, vaziyatning rivojlanishini oldindan aytish (prognozlashtirish), gipotezalar (bo’lishi mumkinlik) oqibatini aniqlash va hisobga olish kabi usul va uslublar qo’llaniladi.

    1. Muammoni dekompozitsiya qilish, uni majmuaviy yondashuv asosida

kichik vazifalarga bo’lish. Bunda biz muammoning ichidagi muammochalar, ular orasidagi munosabatlarni o’rganamiz, qaysi vazifani oldin, qaysi birini keyin keyin echish kerakligini aniqlaymiz.

    1. Paralel vazifalarni ilgari surish, yani muammoning echimini boshqa, shunga o’xshash vaziyatlarni xal qilishda ishlatsa bo’ladimi degan savolga javob berishimiz lozim. Shu bilan biz kuch va vositalarimizni tejagan bo’lamiz.

    2. Muammoning asosiy vazifalarini aniqlash, muammoning ichida shunday vazifalarni topishni ko’rsatadiki, ularning echimi butun muammoning echimini yaqinlashtiradi.

    3. Ilgari surilgan vazifalar ichidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash, muammo bo’yicha qaror ishlab chiqarishning asosiy uslublaridan biri bo’lib, muammoni xal qilish uchun kerak resurslarni aniqlab beradi. Muammoning echmi uchun qanday kuch va vositalar kerakligini aniqlaydi.

    4. Analogiya - shunga o’xshash muammolarni xal qilish tajribasidan foydalanishni anglatadi. Muammoning o’zi echish jarayoni ilgari o’z echimini topgan muammo bilan solishtirib boriladi. O’xshashliklar topiladi. Lekin xech qachon ikkita bir xil narsa bo’lmagandek va o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini inobatga olib, muammoga yarasha yangi, unga mos echim qidirish esdan chiqmasligi zarur.

    5. Vaziyat rivojini prognoz qilish (oldindan aytib berish) qabul

qilinadigan qaror qanday bo’lishidan qat’iy nazar, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni inobatga olish kerakligini ko’rsatadi. Gipotezalar qancha ko’p bo’lsa, ularni tekshirishga qaratilgan harakatlar ham shuncha ko’p bo’ladi. Demak xato ham shuncha ko’p bo’lishi mumkin.

    1. Harakatlarimizning bo’lajak natijasi bo’yicha gipoteza qilish, harakatlarimiz nimaga, qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan aniqlash degani.

Shunday qilib, keltirilgan barcha usullar echim variantlarini ishlab chiqarishga o’z xissasini qo’shaldi.
3. Qarorning eng yaxshi variantini tanlash va qabul qilish.
Qarorning eng yaxshi variantini tanlash o’rganilayotgan jarayonning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bunda barcha variantlar bir-biri bilan bog’liq bir necha mezonlar asosida baxolanadi. Mezonlar har xil bo’lishlari mumkin, ular muammoning mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, agar muammoni qandaydir muxlatgacha echish, xal qilish kerak bo’lsa, shu muxlatga chidamagan barcha variantlar kerak emasligi tufayli turganishdan olib tashlanadi.
Mezonlarga foydalaniladigan kuch va vositalar ham kiradi. Bunda ularning xajmi, tayyorligi, sarflanadigan harajatlar va xokazo va xokazolar hisoblanadi.
Yana bir mezon – xavf-xatar darajasi, kutilayotgan salbiy oqibat. Bu erda inobatga olinishi kerak bo’lgan omillar - salbiy oqibatning xarakteri va uning bo’lish bo’lmasligi. Qaror qabul qilish jarayonida mana shu ikki savolga ham javob berilishi lozim.
Albatta har qanday muammo o’rganilib, u bo’yicha qaror qabul qilinayotganda bir emas, bir necha mezonlarni inobatga olish kerak bo’ladi
(masalan vaqt bo’yicha, salbiy oqibatlar bo’yicha, natijalar bo’yicha va xokazo).
Variantlar orasidan tanlab, bir echimga kelish uchun qaror qabul qiluvchiga aql, zakovat, bilim va ko’nikmalardan tashqari kuchli iroda ham kerak bo’ladi. Qaror qabul qiluvchi bir necha echim variantlari orasidan eng yaxshisini tanlab olishda, uning irodasi tebranish, shubhalanish, jur’atsizlik kabi inson psixologiyasiga xos qo’rquvlarni engishga yordam beradi.
Qaror qabul qilish jarayonida tanlangan variantning qismlari, qaror qanday shaklda qabul qilinishigi, uning chegaralari aniqlanadi. Qaror qabul qilayotib, sub’ekt uni ijrochilarga qanday etkazishni, uning amalga oshirilishi qanday tarzda bo’lishini va nixoyat qanday tarzda nazorat qilinishi lozimligini o’ylashi lozim.

Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling