Zehnli bola


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1724215
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Original BSB II O zbek tili UM 5-11-sinflar 1



5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili) 
II BSB O‘qib tushunish (25 ball) 
 
O‘qituvchi uchun 
 
ZEHNLI BOLA 
(Mo‘g ‘ul ertagi) 
Burungi zamonlarda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan
ekan. Ularning bitta oti, uchta ozg‘in qora echkisi bor ekan. Ular xaroba uyda 
yashar ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a yetar ekan. Uning 
o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib 
o‘sayotgan ekan. 
Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi. U bir kechaga 
boshpana so‘rabdi. U odam pastkash va badjahl ekan. Hamma undan qo'rqar ekan. 
U o'tovga kirganida bola katta kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi tushishi 
bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi. 
- Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! Tovoq emas, haqiqiy g‘o‘la. Bola qimiz ichishdan 
to'xtab, hayron bo‘lib mehmonga:
- Hurmatli janob. Nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsa. Uni mana 
shu ,,g‘o‘la“ bilan sug'orish mumkin bo‘lsa? - deb so'rabdi. 
Amaldor qizarib-bo'zaribdi. Javob qaytarishga so‘z ham topa olmabdi. 
Ertalab u yo‘lga chiqishga tayyorlanibdi. Kechasi bilan echkilar otining 
qorinbog'ini chaynab qo'yganini sezib qolibdi. Amaldor qattiq jahli chiqib, cholga: 
- Keltirgan ziyonni to‘la, bo'lmasa yomon qilaman! - debdi. 
Bolakay otasini himoya qilib: 
- Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog'ini echkilar chaynagan. To'lovni 
echkilardan undirib oling, - debdi. 
Bu gaplardan keyin amaldor indamay otiga minib, jo‘nab qolibdi. Lekin sal 
nariga borganda, otning oldingi oyog‘I yumronqoziq iniga tushib, ot munkib 
ketibdi. Amaldor yerga uchib tushibdi. Amaldorning jahli chiqibdi. Otni qamchi 
bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi. 
Buni tomosha qilib turgan bolakay xaxolab kula boshlabdi. 
- Ahmoq bola, nimaga kulasan? - deb so'rabdi amaldor. 
- Nimaga kulmay? Xalqning gapi to‘g‘ri ekan. Yolg'on ishlatganning oti 
yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg'onchi ekansiz! 
Amaldor uyalganidan bolaga javob ham qaytara olmabdi. U otining 
jilovidan tutgancha boshini xam qilib, qorasini o'chiribdi. 
Dili egrining tili qisqa bo'ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak 


1. Matndan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring ( har bir to‘g‘ri 
javob uchun 1 ball, husnixatiga 1 ball, jami 15 ball) 
Shaxs otlari
O‘rin-joy
Narsa buyum otlari 
Chol 
Uy 
Qozon 
Kampir 
O‘g‘il 
Yer 
Kosa 
Tovoq 
Bola 
Qorinbog‘ 
Amaldor 
Jilov 
Odam 
Mehmon 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling