Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling


Download 24.92 Kb.
bet1/4
Sana17.08.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1667646
  1   2   3   4
Bog'liq
muzallamov muhiddin


1-kazus

Toshkent shahrida yashovchi Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligini bilgan onasi Ashurmatova o'g'lining yoshi 34 ga kirgan bo'lsada uylantirolmayotganligidan tashvishlanib, opasi Bekboeva va singlisi Kuchimovalarga maslahat soladi. Opa-singillar o'zaro maslahatlashib, Ashurmatovni uylantirish uchun Sirdaryo viloyatida yashovchi tanishi Xosilovaga iltimos qilishadi. Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova o'zining ota-onasiz o'sgan jiyani Abidovani kelinlikka tavsiya qiladi. Tomonlar o'zaro kelishib 2019 yilning 25 sentyabr` kuni to'yni o'tkazish to'g'risida kelishib olishadi. Ashurmatov va Abidovalarning nikoh to'yi 2019 yilning 25 sentyabr` kuni Toshkent shahridagi Oq tulpor to'yxonasida bo'lib o'tdi. Biroq, Abidovaning yangi namunadagi biometrik pasporti yo'qligi sababli ular o'rtasida nikoh FHDYO organida qayd etilmaydi. Ashurmatov va Abidova o'zlarining nikohini taxminan 2020 yilning yanvar`-fevral` oylarida o'tkazishga kelishib olishadi.To'ydan keyin, ya'ni 2019 yilning 4 oktyabrida jiyani Abidovadan xabar olgani kelgan Xosilova qo'shnilardan Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligi haqida xabar topadi. Dastlab bu xabarga ishonmaydi, masalaga aniqlik kiritish uchun Ashurmatovning onasiga uchrashib, u bilan gaplashadi. Shu payt Ashurmatovning onasi yig'lab, bo'lgan voqeani so'zlab beradi. Xosilova esa bundan jahli chiqib, nega bu haqda avvaldan aytishmaganini, agar bilganida jiyanini kelinlikka tavsiya qilmasligini bildiradi. Shuningdek, Xosilova bu haqda jiyani Abidovaga ham xabar berib, tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat etishadi.


Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling.Qilmishni sodir etgan shaxslar harakatlarini kvalifikatsiya qiling.
Avvalombor, biz ushbu vaziyatni muhokama qilishda IRAC usulidan (issue, rules, application, conclusion) to’g’ri va oqilona foydalangan holda tizimli tahlil va mantiqiylik metodlarini qo’llab ketma-ketlik asosida muhokama qilamiz hamda ushbu kazus yechimiga o’zimizning xulosaviy yechimimizni tadbiq etamiz. Keysning yechimi aniq va asosli bo’lishi uchun qaysi savollarning mazmun-mohiyatini yoritib berishimiz muhim fundamental faktor vazifasini bajaradi va shu savollarga aniqlik kiritib olamiz. Savollar quydagillar:

  1. OITS bilan kasalangan Ashurmatov, uning onasi Ashurmatova, opasi Bekboeva va singlisi Kuchimovalarning xati-harakatlariga baho berish;

  2. Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova va Obidovaning xati- harakatlariga baho berish;

  3. Ashurmatov va Abidovalarning nikoh to'yi 2019 yilning 25 sentyabr` kuni Toshkent shahridagi Oq tulpor to'yxonasida bo'lib o'tdi. Biroq, Abidovaning yangi namunadagi biometrik pasporti yo'qligi sababli ular o'rtasida nikoh FHDYO organida qayd etilmaydi. Quydagi vaziyat qanday huquqiy asoslarga ega, FHDYO organlarida nikohni qayd etish holatlari qanday ?




Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling