Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling


Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova va Obidovaning xati- harakatlariga baho beradigan bo`lsak


Download 24.92 Kb.
bet3/4
Sana17.08.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1667646
1   2   3   4
Bog'liq
muzallamov muhiddin

2. Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova va Obidovaning xati- harakatlariga baho beradigan bo`lsak, Xosilovaning ro’li mutlaqo jinoyatda ishtirokchilikga aloqador emas. Sababi Xosilova bundan behabar bo’lgan. Voqeadan habar topganidan keyingi harakatlari fikrimizni tasdiqlaydi. Abidova esa, kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganligidan qati nazar jabrlanuvchi hisoblanadi va jabrlanuvchi sifatida keyingi jarayonlarda ishtirok etadi.
3. Ashurmatov va Abidovalarning nikoh to'yi 2019 yilning 25 sentyabr` kuni Toshkent shahridagi Oq tulpor to'yxonasida bo'lib o'tdi. Biroq, Abidovaning yangi namunadagi biometrik pasporti yo'qligi sababli ular o'rtasida nikoh FHDYO organida qayd etilmaydi. Quydagi vaziyat qanday huquqiy asoslarga ega, FHDYO organlarida nikohni qayd etish holatlari haqida to`xtladigan bo`lsak, Prezidentning «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» muvofiq FHDYO organlariga quyidagi vazifalar topshirilgan:

  • fuqarolik holati dalolatnomalari (tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim)ni qayd etadi, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish harakatlarini amalga oshirish;

  • nikohni, shu jumladan nikoh uylarida va tug‘ilganlikni tantanali ravishda qayd etish (fuqarolarning xohishiga ko‘ra);

  • tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga nikoh munosabatlari bo‘yicha dalolatnomalarni qayd etish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarni oldini olish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etish.

Nizomga muvofiq, oila qurishni istagida bo’lgan shaxslar, nikoh kunidan bir oy oldin FHDYO organiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak edi. E’tiborli tomoni shundaki bir oy davomida nikoh qurmoqchi bo’lgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o’tish sharti qo’yilganligidadir. Agarda, kazusdagi nikoh holati FHDYO organi tomonidan qonuniy amalga oshirilgan bo’lganida, tibbiy tekshiruv jarayonida Ashurmatovning yoki Abidovaning sog’ligi bo’yicha barcha ma’lumotlar aniqlangan bo’lar edi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Ashurmatov va uning qarindoshlari qonun oldida javob berishlari kerak, ularning xati-harakatlari qonunga xilof ekanligini yuqorida ko`rib o`tdik, shu o`rinda fikrlarimizga qo`shimcha tarzda shuni ham yozib o`tishni o`rinli deb topdik, OITS(SPID) kasalligi haqida juda ko‘p eshitamiz. Darhaqiqat, targ‘ibot ishlari kuchidan ushbu bedavo xastalikka chalinish sabablari va uning oqibatlari borasida deyarli barcha kishilar boshlang‘ich tushunchaga ega. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, kasallangan insonlar soni kamayib qolayotgani yo‘q. Demak, jamiyatimizda kasallikni oldini olish bo‘yicha hali ko‘p harakat qilishimiz zarur. Lekin, ko‘pchilik kishilar aynan shu kasallikdan atrofidagi insonlar aziyat chekkanidagina xulosa chiqarmoqda. Shu o‘rinda aytilaverib, ta'sir kuchini deyarli yo‘qotayotgan iboraga to‘xtalamiz: “Kasallikni davolashdan ko‘ra, oldini olgan ma'qul”. Kazusimizdagi holat ham Xosilova kuyovni yaxshilab surishtirmay jiyanini uzatib yuborganligiga guhov bo`lishimiz mumkin. Yangi yangi qonunlar joriy qilish, sanksiyalarni kuchaytirish bilan bu holatni kamaytirish qiyin, fuqorolarimizni huquqiy savodxonligini oshirishimiz, hushyorlikka davat qilishimiz kerak. Shunda yuqoridagiga o`xshash holatlar kamayishi mumkin.


Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling