O‘quvchi uchun
1.Matnni o‘qing va bo‘sh joylarni foydalanish uchun berilgan so‘zlardan
mosini qo‘yib to‘ldiring. (2ta so‘z ortiqcha berilgan) ( 10 ball)
Kurash sporti
Kurash sport turi, belgilangan
1. ……… muvofiq ikki sportchining yakkama-
yakka olishuvi. Kurashish
2. ……… ko'p xalqlarda qadim zamonlardan buyon
ma'lum. Kurash
3. ……… Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada
musobaqalaridan doimiy
4…….. olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil
ko'rinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg'oniston, Rossiya,
Oʻzbekiston, Gruziya,
5. ………. , Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa
mamlakatlarda mavjud.
Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr
oxiri — XIX
6.………. boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab
chiqildi. 1912-yil Xalqaro
7.………. kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir
unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan a'zo). Xalqaro maydonda
sport
kurashining
8. ………. kurashi, erkin kurash, dzyudo,
9. ……….. va boshqa turlari
keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida
dunyo
10. …….. tan olina boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: