Mashg'ulot shakllari.
Guruh bo'lib ishlash - kimyo to'garagi o'rta maktabda sinfdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotiarning asosiy shakli hisoblanadi. Kimyo to'garagi saviyasi va kimyodan tayyorgarligi taxminan bir xil bo'lgan 15-20 o'quvchidan iborat guruhni o'z ichiga oladi. Bir to'garakka har xil sinf o'quvchilarini birlashtirish ishga xalaqit beradi. Ayrim hollarda kimyo to'garagiga 8 va 9-sinf o'quvchilarini jalb etish mumkin. 7-sinf o'quvchilarini boshqa sinflar o'quvchilari bilan bir to'garakka birlashtirish ma’qul emas. Faqat bir sinf o'quvchilaridan iborat to'garak samarali faoliyat yuritadi. O'rta maktabda sinfdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotlarning boshqa turlari: kinofilmlardan ko'rsatish, kimyo kechalari o'tkazish kimyoviy sayohatlar, o'quv kinoseanslari, ijodiy kechalar ijodi.
Kimyo o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kimyoviy elementlar guruhlarini o‘qitishda qo‘llash.
REJA:
1. Innovatsion texnalogiya.
2. Tarmoqlar. Klasster usuli.
3. Metoddan foydalanishga kirishish.
Innovatsion texnalogiyasi
Innovatsiya inglizcha (innovation) so'z bo'lib, yangilik kiritish degan ma'noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo'lib fikrlash, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning o'ziga xosligi
shundaki, jarayon faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: o'quvchini dars davomida befarq bo'lmasligiga, mustaqil fIkrlash va izlanishga majbur etadi; - o'quvchilarni o'quv jarayonida bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini ta'minlaydi;- o'quvchining bilim olishga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda, har bir masalaga ijodiy yondashishini kuchaytiradi; pedagog va o'quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishga yordam beradi. Quyida innovatsion texnalogiyani dars o'tish jarayoniga tatbig‘ etilganda samarali natijalar bergan usullarni ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |