Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish. Reja: Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar


Download 1.02 Mb.
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1610167
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ko\'m.docx ASLIDDIN AKRAMOV 20.64-GURUH KO M


Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish.
REJA:
1. Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar.
2. Mashg‘ulot shakillari.
Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'ziga xosligi bilan, ya'ni uning
o'zining maqsadi va mazmuni, shakli va usullari jihatidan sinf mashg'ulotlaridan farq qiladi. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotlarga o'quvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Bu mashg'ulotlar o'quvchilarning ehtiyojidan va ijodiy ishga bo'lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarda kimyo faniga bo'lgan havas hosil qilinadi va chuqurlashtiriladi. O'quvchilar kimyo bilan tanisha boshlagan vaqtlarida asosan kimyoviy hodisalaming tashqi-qiziqarli tamoyillariga, moddalarning o'z-o'zidan o't olishiga, moddalar tusining o'zgarishiga va boshqalarga qiziqadilar. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar sinfda o'rgatiladigan dastur materialini to'ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda yirik kimyogar olimlar va ishlab chiqarish xodimlarining ma'ruzalarini tashkil qilish, ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar o'tkazish katta ahamiyatga ega.
Yirik olimlar va mutaxassislarning ma'ruzalari, sayohatlar o'tkazish o'quvchilarning kimyoga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, bilim va tafakkurilli kengaytiradi. O'quvchilar o'qituvchining bevosita rahbarligi asosida qanchalik ko'p o'rgansalar, mashg'ulotlar samarali va har tomonlama qiziqarli bo'lib o'tadi. O'qituvchi sinfdan tashqari mashg'ulotlar vaqtida o'quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilib turadi. O'qituvchi kimyoviy eksperimental bajarishga qanday kirishish kerakligi, ishlaydigau modelni qanday yasash ma'qulroq ekanligi va shu kabilar to'g'risida maslahatlar beradi, adabiyotlar tavsiya etadi. Kimyoviy tajriba o'tkazish texnikasining eng qiyin va o'quvchilarga ma'lum bo'lmagan usullarini ko'rsatib beradi.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o'tkaziladi. O'quvchilar turli xil narsalarni bilishga qiziqadi. Kuzatishlardan ma'lumki, o'quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruhga bo'lish mumkin:
O'quvchilarni (asosan 7-sinf) moddalarni o'zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va ajratib olish, kristallar hosil qilish va cho‘ktrish; oddiy moddalar va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko'proq qiziqtiradi.
2. O'quvchilarni (asosan 8-9-sinf) moddalarning murakkab o'zgarishlari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan bajariladigan tajribalar, kimyoviy jarayonlarni, jumladan, eng muhim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarini ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan asboblar va ishlaydigan modellar yasash, eksperimental masalalarni mustaqil holdayechishqiziqtiradi.
3. O'quvchilarni (o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi) ancha qiyin nazariy va eksperimental masalalarni yechish, kimyoviy analiz, hozirgi zamon kimyosi va kimyo sanoati muammolari, vatanimiz kimyogarlarining ilmiy faoliyati qiziqtiradi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling