Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish. Reja: Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar


Maktab dasturida geteroxalqali birikmalarni o‘qitish metodikasi. Organik moddalar tuzulish nazaryasini o‘qitish metodikasi


Download 1.02 Mb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1610167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ko\'m.docx ASLIDDIN AKRAMOV 20.64-GURUH KO M

Maktab dasturida geteroxalqali birikmalarni o‘qitish metodikasi. Organik moddalar tuzulish nazaryasini o‘qitish metodikasi.
REJA:
1.“Anorganik kimyo” fanining “Organik kimyo” bilan bog‘liqligi.
2. Hozirgi vaqtda organik kimyoni o‘qitish.

Anorganik kimyo” fanining “Organik kimyo” bilan bog‘liqligi


«Anorganik kimyo» fanining «Organik. kimyo» fani bilan o'zaro bog'liqligini o‘tib ko'raylik. Har ikkala fanda ham moddalarning xossalari. atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanishning elektron tabiati kabi tushunchalar bor. Anorganik. kimyoda turli guruh elementlaridan hosil bo'lgan moddalar xossalaridagi farqlar faqat ularning tuzitishi bilan emas, balki ularning turli sifat tarkiblariga ega ekanligidan kelib chiqadi. Organik kimyoda esa turli sifat tarkiblar deyarlik bo'lmaydi. Masalan. uglerod va vodoroddan tashkil topgan birikmalarning nihoyatda ko'pligi va turti-tuman xossalarga ega bo'lishi ularning tuzilish xususiyatlari. Molekulalardagi atomlar yoki atomlar guruhlarining o'zaro ta'siri va elektron siljishlari bilan tushuntiriladi. Anorganik. kimyoda polimer brikmalar amalda o'tilmaydi. Organik kimyoda esa polimerlarni o'rganish hayotiy jarayonlarda qatnashuvchi muhim biologik moddalarni o'rganishga yo'l ochadi. Biologiyaning ilmiy va o'quv fani
sifatida. Rivojianishi maktab «Organik kimyo» kursini yangi bo'limi vujudga kelishiga olib keldi. 1985-yildan boshlab unga geterosildik birikmalar va nuklein kislotalar bo'limi qo'shildi. Bu o'zgarish kirnyo bilan biologiya orasidagi predmetlararo bog'lanishni yanada yuqori pog'onaga ko'tardi. Organik moddalaming o'zaro ta'siri reaksiyalarini o'rganish ham alohida xususiyatlarga ega. Maktab kimyo kursi va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi bosqichlaridagi “Anorganik kimyo” kursida o'rganiladigan reaksiyalar bir zumda sodir bo'lsa, organik reaksiyalarning borishi uchun ma'lum vaqt talab etiladi. Anorganik va organik kimyodagi reaksiyalarning umumiy qonuniyatlari bir xiI, lekin organik
reaksiyalar borishi uchun ma'lum sharoit hosil qilish kerak. Masalan, reaksiya borishi uchun katalizator tanlash, harorat yoki yorug'lik ta'siri kerak bo'ladi. Organik sintezning rivojianishi xilma-xiI xossalarga ega bo'lgan moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi.
Rus olimi A. M.Butlerov tomonidan organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasining yaratilishi organik moddalarni sistemali o'rganish, ular xossalarining xilma-xilligini asoslashda hamda organik kimyoni o'qitishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. uchun katta metodik ahamiyatga ham egadir. Chunki bu nazariya asosida organik kimyo materiallarini ongli holda o'zlashtirish mumkin bo'ladi. Bu nazariya organik moddalarning kimyoviy tuzilishi asosidagi xossalarining xususiyatlarini ko'rsatib beradi. Moddalaming xossalari nafaqat ularning tarkibiga, balki tuzilishiga ham bog'liqligi, molekulani hosil qiluvchi atomlar yoki atom gruppalari bir-biriga ta'sir etishidan, molekulalarning reaksion xususiyatidan kelib chiqadi. Bu ta'limot uzoq vaqt organik kimyoni o'qitishning nazariy konsepsiyasiga aylandi.




Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling