Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish. Reja: Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar


Elementlarning va ular birikmalarining xossalari elementlarning atom og'irligini ortib borishiga davriy ravishda bog'fiq


Download 1.02 Mb.
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1610167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ko\'m.docx ASLIDDIN AKRAMOV 20.64-GURUH KO M

Elementlarning va ular birikmalarining xossalari elementlarning atom og'irligini ortib borishiga davriy ravishda bog'fiq.
Davriy qonun va elementIar davriy sistemasini atom tuzilishi va kimyoviy bog'lanish bo'yicha asoslash bu qonunning tabiat qonuni ekanligini ko'rsatib berdi. Mendeleyev davrida qonundan chetga chiqishlarning sababi topildi. Izotoplar hodisasi kashf qilingandan keyin bir elementning har xil atom massada ega bo'lgan atomlari borligi aniqlandi. Lekin har bir elementning izotoplari bir xiI yadro zaryadiga ega. Masalan, vodorod izotoplari yadro zaryadi bir xil bo'lib, zaryadi +1 ga teng: Vodorodning 3 ta izotopi P, D, T. Bu
kashfiyotlar natijasida elementIarning xossasini belgilovchi kattalik uning atom massasi emas, balki yadro zaryadi ekanligi aniqlandi. Shuning uchun davriy qonunning zamonaviy ta'rifi quyidagicha:
Elementlarning va ular birikmalarining xossalari elementlarning yadro zaryadi ortib borishiga davriy ravishda bog'liq bo'ladi.
Shundan so'ng davriy qonun asosida yaratilgan davriy sistemaning tuzilishi tushuntiriladi. D.I. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlarning davriy sistemasini o'qitishda uning tarbiyaviy masalalarini izohlab berish muhim ahamiyatga ega. Bu qonun o'quvchilarning dunyo qarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U tabiatning obyektiv qonuni bo'lganligi uchun u asosida juda ko'p yangi elementlar kashf etildi. Mendeleyev bashorat qilgan, elementlar xossalarining to'g'riligi aniqlandi. Hozirda ham yangi elementlarning kashf qilinishiga asos bo'ladigan narsa davriy qonun va elementlarning davriy sistemasidir.
Bu mavzu o'quvchilar ongini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki elementlarning davriy sistemasi va ularni tuzilishi bilimlari asosida
elementlar orasidagi kimyoviy bog'lanish tabiatini, moddalarning o'ziga xos umumiy xossalarini bilish mumkin. Bu mavzuni o'tishda muammoli vaziyat hosil qilish uchun yetarlicha materiallar mavjud.
D.1. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlarning davriy sistemasi kimyo o'qitish metodikasi fanining nazariy asosi hisoblanadi. Chunki bu mavzu asosida bilimlami sistemali bayon qilish va mantiqiy bog'lanishni amalga oshirish yuzaga chiqadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling