Aniq va tabiiy fanlar


amaliy mashg‘ulot: PLAGIAT XAQIDA TUSHUNCHA, ANTIPLAGIAT XAQIDA XUQUQIY VA ME’YORIY XUJJATLAR


Download 4.28 Mb.
bet85/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

amaliy mashg‘ulot: PLAGIAT XAQIDA TUSHUNCHA, ANTIPLAGIAT XAQIDA XUQUQIY VA ME’YORIY XUJJATLAR.


MUALLIFLIK XUQUQI. HAMMUALLIFLIK XAQIDA TUSHUNCHA. ANTIPLAGIAT DASTURLARI: LOKAL VA GLOBAL (XORIJIY VA RESPUBLIKA). PLAGIAT UCHUN JAVOBGARLIK. (2 soat)
Kerakli jixozlar va asbob-uskunalar: O‘quv qurollari, konspekt daftar va electron gadjetlar (uyali telefon, planshet, nootbook va b.)
Ishning maqsadi: Talabalarda plagiat haqida tushuncha berish, Mualiflik huquiqi uning himoyalovchi hujjatlar haqida amaliy ko‘nikma hosil qiliash.

Plagiat, izohli lug‘atlarda qayd etilishicha, lotincha (plagio) so‘z bo‘lib,


«o‘g‘irlayman» degan ma’noni bildiradi. Bu biror badiiy, ilmiy asar yoki kashfiyot muallifi huquqlarini buzib, u yaratgan narsa, g‘oyalarni noqonuniy ravishda boshqalar tomonidan o‘zlashtirilishi — «o‘ziniki» qilib olinishi. Plagiat so‘zini ko‘chirmachilik va shunga yo‘l qo‘ygan kishi — plagiatorni ko‘chirmachi decak ham bo‘laveradi. Ko‘chirmachilar boshqa birovlarning aqli, shuuri, ilhomi samarasi bo‘lmish ilmiy g‘oyalar, proektlar, badiiy matnlar, musiqiy asarlarga «egalik» da’vo qiladilar, ularni o‘z nomlaridan chiqaradilar.
Ba’zilar buni taqlid deb, o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ladilar.To‘g‘ri, taqlid — ko‘chirmachilik emas, o‘rganish, izlanishning bir bosqichi. Ammo san’at olamida, xususan, badiiy adabiyotda bir umr salaflari va zamondoshlariga taqlid yo‘lida ijod qilganlar plagiatordan uncha uzoq ketolmaydi. Nari borsa, ustozi asarlarining nusxasini yaratadi, xolos. Ilmda ham xuddi shunday. San’atda, turidan qat’i nazar, ijodkorning o‘zligi yaqqol namoyon bo‘lishi lozim. Shunda u yaratuvchi, ijodkor nomiga musharraf bo‘ladi.
Plagiatning ko‘rinishlari. Plagiatorlik “faoliyati” tarjima adabiyotida ham uchrab turadi. Bir zamonlar boshqa kishilar yaratgan badiiy, ilmiy tarjimalarni sal tahrir va tadbil qilganday bo‘lib, o‘z nomidan chop ettirish plagiat hisoblanmaydimi? Bunga tarjima tarixidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Shuni o‘ziga ep ko‘rgan kishilar ko‘nglini og‘ritib, misollar keltirib o‘tirmay deb o‘ylagandim, bo‘lmadi. “A” degandan keyin “Be”ni ham aytish kerak ekan.
Gazetada bir hikoya o‘qidim. Uning sarlavhasi ostida “falonchiev tayyorladi”, deyilgan ekan. “Jahon adabiyoti durdonalari”. — Bu rubrika e’tiborimni tortdi. Hikoyaning muallifi yo‘q, negadir qayd etilmagan. Yo materialni tayyorlagan kishining o‘zi jahon adabiyotiga daxldor shaxsmikin, deb o‘yladim. Lekin o‘zim bilgan mualliflar orasida bunday ismni uchratmadim. Xotiramga o‘qiganlarim kelaverdi. Oxiri esimga tushdi: gazetadagi material Paustovskiyning “Keksa oshpaz” (“Starыy povar”) hikoyasining na tarjimasi, na tadbili edi: o‘zbekcha matnda uning sarlavhasi, badiiy detallari, Motsartdan boshqa qahramonlarning nomi o‘zgartirilgandi (o‘lim to‘shagida yotgan cholning qizi Mariya — Almudena, rahmatlik xotini Marta — Rosita deb berilgan). Bu na taqlid, na tarjima, na sharh, na tadbil edi. Agar bu plagiat bo‘lmasa, hikoyani nashrga tayyorlagan qalamkash jahon adabiyotini milliy tilda o‘zlashtirishning yangi usulini yaratdimikin?
Ba’zan “falon oliygoh o‘qituvchisi tayyorladi” yozuvi bilan mashhur mutafakkirlarning bitiklari, boshqalarning qalamiga mansub maqolalar ham chiqib qoladi. Lekin ularning nomi berilmaydi. O‘qiysiz, eslaysiz, o‘ylaysiz: bu narsa shu “olim”ga nimaga kerak bo‘ldi ekan? Uning yil oxirida hisoboti, ball to‘plashi uchunmi? Bu narsalarga ko‘zi tushgan uning shogirdlari “biz ham u-bu joylardan ko‘chirib gazetalarda chiqaversak bo‘lar ekan-ku” degan xayolga bormaydimi? Plagiat va yoshlarni unga o‘rgatish shu nuqtadan boshlanmaydimi?
Bir vaqtlar S.Yesenin maktublarini o‘qiganimda, shunday jumlaga ko‘zim tushgandi: o‘zgalarning bir so‘zi yoki so‘z birikmasidan foydalanish — ijodiy o‘zlashtirish, jumlasini, fikrlarini havolasiz ko‘chirish esa plagiat.
Birovning matni (janri, turidan qat’i nazar) to‘liq ko‘chirilib, “xususiylashtirib” olinsa-chi? Buni nima desa bo‘ladi? Bu ham plagiat. Manbani ko‘rsatmay, iqtibos olish qoidalarini buzib bir jumla ko‘chirding nima-yu to‘liq matnni ko‘chirding nima… Baribir — o‘g‘irlik. Madaniy emas, madaniyat sohasidagi o‘g‘irlik, muallif huquqlarini nazar-pisand qilmaslik, kuppa-kunduzgi qaroqchilik, desak ham yanglishmaymiz.
Bundan tashqari, “ilmiy-amaliy konferentsiyalar materiallari” nomi ostida chop etilgan ba’zi kitoblarni varaqlarkansiz, “u yoq-bu yoq”dan yulqib olingan “maqolalar”ga ko‘zingiz tushgach, hafsalangiz pir bo‘ladi. Bu narsalar “ball” yig‘ish niyatida yozilganiga shubha qilmaysiz. O‘qituvchining mahorati, “ball”i asosan uning darslariga talabalar bergan baho bilan belgilanmaydimi?
Bir ilmiy konferentsiya materiallari kitobini o‘qib, tanish muallimdan so‘radim:

  • Nega dissertatsiyangiz mavzusidan emas, boshqa maqola berdingiz?

  • Shu mavzuda tezroq yozish imkoni bo‘ldi…

  1. Qiyoslang: “Kak uje bыlo otmecheno, dvuyazыchie, ili bilingvizm, — odno iz vajnыx lingvisticheskix ponyatiy, svyazannыx s yazыkovыm kontaktom. Yavlenie, izvestnoe kak bilingvizm, predstavlyaet isklyuchitelnыy interes ne tolko s tochki zreniya lingvistiki, no i s pozitsiy filosofii, psixologii, sotsiologii i daje fiziologii (https://studopedia.ru/10_289868_bilingvizm-ili-dvuyazichie.html). Mazkur matn bir ilmiy amaliy konferentsiya to‘plamida: “Kak uje bыlo otmecheno, dvuyazыchie, ili bilingvizm, — odno iz vajnыx lingvisticheskix ponyatiy, svyazannыx s yazыkovыm kontaktom. Yavlenie, izvestnoe kak bilingvizm, predstavlyaet isklyuchitelnыy interes ne tolko s tochki zreniya lingvistiki, no i s pozitsiy filosofii, psixologii, sotsiologii i daje fiziologii” (1918, s. 13);

  2. Qiyoslang: “Dvuyazыchie — chastnыy sluchay mnogoyazыchiya, no poskolku dvuyazыchnыe situatsii predstavlyayut soboy naibolee tipichnыy sluchay mnogoyazыchiya, termin «dvuyazыchie» bolee upotrebitelen, chem «mnogoyazыchie», i chasto ispolzuetsya vmesto poslednego. V russkoy lingvisticheskoy traditsii naryadu s nimi shiroko ispolzuyutsya terminы «bilingvizm» i «multilingvizm». (https://core.ac.uk/download/pdf/151225558.pdf). To‘plamdagi o‘sha maqolaning davomi: “Dvuyazыchie — chastnыy sluchay mnogoyazыchiya, no poskolku dvuyazыchnыe situatsii…” va h.

Mushtariylar ma’zur tutgaylar. O‘zlariga xulosa chiqarsin, deb turli saytlardan havolasiz ko‘chirib maqola yozgan hamkasbimizning nomini va to‘plamning sarlavhasini atayin ko‘rsatmadim, zero, maqoladan maqsad ham birovni tanqid qilish emas.
Ba’zan hatto ko‘p yillik tarjibaga ega tadqiqotchilar ham monografiyalarida avval o‘zga ilmiy ishidan bir iqtibosni “qoida”ga amal qilib oladilar-da, keyin besh-o‘n sahifagacha tap tortmay ko‘chiradilar. Go‘yo “tirnoq” ichidagisi kitob muallifiniki-yu qolganlari esa ko‘chirgan janob qalamiga mansubday. Hech bo‘lmasa, ora-sirada manba va uning sahifasi ko‘rsatilsa ham mayli edi. Shunday matnlarga duch kelgan bir olim
do‘stimiz: “Iqtibos olishning ham me’yori bormi o‘zi?” — deganini eslayman. U haq. Me’yori bo‘lishi kerak. Buni har kimning vijdoni belgilaydi.
Plagiat, qaerda uchramasin — ilmdami, badiiyatdami, ta’lim tizimidami — yuqumli kasallikdek kishilarga ziyonyetkazadi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling